Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI O’ZBEK SHE’RIYATIDA KOINOT RAMZLARI
Baxshulloyeva Sabina Dilshod qizi
Современная наука и исследования · 1 · 49-51 · 2025
Аннотация
In this article, celestial bodies (sun, moon, stars, milky way, etc.) are widely used as a symbolic poetic image in new Uzbek poetry, and they are important in describing topics such as human inner experiences, philosophy of life, love and dreams. holds rin. In Abdulla Oripov's poem "Soul", the image of the rainbow is used to express the high and constant essence of the soul, and in Mirtemir's poem "Bulut", the flawless beauty of nature and the fantasy world of man are 236 Fevral, 2025-Yil described through the image of a cloud. White clouds are compared to swans, snow-capped peaks or white velvet, emphasizing the purity and tranquility of autumn nature. Key words: new Uzbek poetry, heavenly bodies, poetic image, sun, moon, stars, rainbow, philosophical image, soul, beauty of nature, Abdulla Oripov, Mirtemir, inner experiences, philosophy of life, love, dreams, cloud image. Yangi o‘zbek she’riyatida osmon jismlari (quyosh, oy, yulduzlar, somon yo‘li va boshqalar) poetik obraz sifatida keng qo‘llaniladi. Ushbu timsollar orqali shoirlar insonning ichki kechinmalari, hayot falsafasi, muhabbat, ayriliq va orzular kabi mavzularni ifoda etadilar. Quyida yangi o‘zbek she’riyatida osmon jismlari haqida qisqacha izoh va misollar keltiriladi: Quyosh - yangi o‘zbek she’riyatida energiya, ilhom va hayotning boshlanishi timsoli sifatida ishlatiladi. Ko‘pincha u shoirlar tomonidan insoniy iroda va yorqin orzularni ifodalashda qo‘llaniladi. Oy - inson kechinmalari, yolg‘izlik va romantik his-tuyg‘ularni ifodalovchi obraz sifatida ko‘p uchraydi. U kechaning sukunati, sokin muhabbat va ichki iztirobni aks ettiradi. Ba’zan oy insonning orzulari yoki sevgilisining go‘zalligini tasvirlashda ishlatiladi. Yulduzlar - yangi o‘zbek she’riyatida orzular, umidlar va ba’zan o‘tmishni eslash timsoli bo‘lib xizmat qiladi. Shoirlar yulduzlarni insonning qalbi yoki orzulariga yo‘l ko‘rsatuvchi chiroq sifatida tasvirlaydilar. Somon yo‘li - yangi she’riyatda cheksizlik, ulug‘vorlik va insonning koinot oldidagi ojizligini ifodalaydi. Shoirlar uni insonning ichki olami va olam bilan bo‘lgan falsafiy bog‘liqligini tasvirlashda qo‘llaydilar. Kamalak va quyosh botishi yangi she’riyatda umid va kelajakning yorqin manzarasi sifatida talqin etiladi. Ayniqsa, kamalak – baxt va orzular amalga oshishining ramzi. Osmon yangi she’riyatda cheksizlik, erkinlik va insonning o‘zligini izlash jarayoni sifatida talqin etiladi. Shoirlar osmonni falsafiy manba sifatida ishlatib, inson va koinot o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasvirlaydilar. Yangi o‘zbek she’riyatida osmon jismlari shoirlarning ijodiy ilhomi uchun boy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ular orqali shoirlar inson qalbidagi chuqur kechinmalarni tasvirlashga, hayotning turli ma’nolarini izohlashga muvaffaq bo‘ladilar. Bu obrazlar she’riyatga nafislik va chuqur mazmun bag‘ishlaydi. 237 Fevral, 2025-Yil Tadqiqot obyektlar va qo’llangan metodlar. Yangi o‘zbek she’riyatida osmon jismlari (quyosh, oy, yulduzlar, somon yo‘li, kamalak, bulut va boshqa obrazlar) tasvirlangan asarlar. Abdulla Oripovning "Ruhim" she’ri. Mirtemirning "Bulut" she’ri. Tahlil metodi: She’rlardagi osmon jismlarining poetik tasviri, ularning ramziy ma’nolari va ifoda vositalari tahlil qilindi. Semantik tahlil: Obrazlarning ma’noviy qatlamlari va ular orqali ifodalangan falsafiy xulosalar ochib berildi. Tadqiqot predmeti sifatida yangi o‘zbek she’riyatida osmon jismlarining (quyosh, oy, yulduzlar, somon yo‘li, kamalak, bulut va boshqalar) poetik obraz sifatida qo‘llanilishi va ularning inson kechinmalari, hayot falsafasi, muhabbat, orzular hamda tabiat tasvirida tutgan o‘rni. Tadqiqot maqsadi sifatida yangi o‘zbek she’riyatida osmon jismlarining poetik obraz sifatida ishlatilishini o‘rganish, ular orqali ifodalangan falsafiy va estetik mazmunni tahlil qilish, shuningdek, bu obrazlarning inson kechinmalari, hayot falsafasi va tabiat tasviridagi ahamiyatini ochib berish. Olingan natijalar va ularning tahlili. Samoviy jismlarning holatlarini ochishdagi ramziy talqinlari Abdulla Oripov ("Ruhim"), Mirtemir ("Bulut"), kabi ijodkorlarning misolida tahlil qilindi. Abdulla Oripovning "Ruhim" she’ridagi kamalak obrazi ko’zga tashlanadi. [1,1971.85-b] Vujud deganlari asli nimadir? Dayr dengizda yurgan kemadir. Bir kun bir qoyaga urulgay kema, Ruhim, sen vujudning g'amini yema. Yuksak fazolarda aylagil parvoz, Senda na ohang bor va na ovoz. Senga na bo'ronlar kor qilaolur, Seni na yoqotib, bor qilaolur. Sen misli kamalak — yuksak va so'lmas, Kamalakni esa parchalab bo'lmas. 1969 Bu misralar insonning vujudiga va uning ruhi bilan bog‘liq chuqur falsafiy mulohazalarini ifodalaydi. "Kamalak" (yoki kamalak tasviri) ruhni o‘zgarmas va go‘zal sifatda ta’riflash uchun ishlatilgan. Kamalakning bo‘linmasligi, uni patchalab bo‘lmasligi ruhning to‘liqligi va izchiligi bilan solishtirilgan. Bu qatorda ruhning yuksak va to‘liq sifatlari ko‘rsatiladi. Umuman, she’rda vujud va ruh o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, tashqi dunyo va uning cheklovlaridan xoli bo‘lgan ruhning
Доказательный фрагмент
«In this article, celestial bodies (sun, moon, stars, milky way, etc.) are widely used as a symbolic poetic image in new Uzbek poetry, and they are important in describing topics such as human inner experiences, philos…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, celestial bodies (sun, moon, stars, milky way, etc.) are widely used as a symbolic poetic image in new Uzbek poetry, and they are important in describing topics such as human inner experiences, philos… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- new Uzbek poetry, heavenly bodies, poetic image, sun, moon, stars, rainbow, poetik obraz, osmon jismlari, muhabbat, falsafiy tasvir, orzular, yulduzlar, ruh, tabiat go‘zalligi, hayot falsafasi, Abdulla Oripov, Mirtemir, oy, yangi o‘zbek she’riyati, kamalak, ichki kechinmalar, bulut obrazi., quyosh
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026