К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘LMAS UMARBEKOV HIKOYALARIDA OBRAZLAR TABIATINING POETIK XUSUSIYATLARI

Bahromova Sorogul Maxmudjonovna

Современная наука и исследования · 1 · 49-51 · 2025

Аннотация

In this article, the character of Abdullah in the novel "It's Hard to Be a Man" by Olmas Umarbekov, the character of Zuhra, one of the main characters of the novel "Fatima and Zuhra", in "Autumn Air" and Solihabibi in "Yer Yonganda" are in the plot of the story. The analysis of the female image of the unique character and emotional experiences of a person is given. Key words: Olmas Umarbekov, plot, image, character, type, evolution, female image, human psychology, artistic tool, character, detective novel, artistic idea, interpretation of images. Аннотация. В данной статье рассмотрен персонаж Абдуллы в романе Олмаса Умарбекова «Трудно быть мужчиной», персонаж Зухры, одного из главных героев романа «Фатима и Зухра», в «Осенний воздух» и Солихабиби в «Йер Йонганда» находятся в сюжете повести. Дан анализ женского образа неповторимого характера и душевных переживаний человека. Ключевые слова: Олмас Умарбеков, сюжет, образ, персонаж, тип, эволюция, женский образ, психология человека, художественный инструмент, персонаж, детективный роман, художественная идея, интерпретация образов. O‘zbek xalqining yetuk yozuvchi va ijodkori bo‘lmish O‘lmas Umarbekov o‘zining yaratgan hikoyalari va yozgan romanlari bilan o‘quvchi qalbining tub tubidan o‘rin olgan ijodkorlardan biri sanaladi.O‘lmas Umarbekov o‘z kasbini jurnalistlikdan boshlagan bo‘lishiga qaramay, o‘zbek nasriga o‘tgan asrning 60-yillarida hikoya janrida salmoqli ijod namunalarini yaratib o‘z zamondoshlari va ustozlari e'tirofiga tushib ulgurgandi. 226 Fevral, 2025-Yil O‘zbek hikoyachiligida yozuvchining o‘z uslubiga egaligi 60-yillar hikoyachiligimizning e’tboriga tushgani yaqqol fikrimizni dalillaydi.Adibning “Yulduzlar”, “Oltin yaproqlar”, “Charos”, “Yo‘lda”, “Ko‘prik”, “Qiyomat qarz” kabi o‘nlab hikoyalari va boshqa asarlarda insonning yuksak oliyjanob fazilatlarini qalb dramalarini ochib berishga intiladi. Bu xususiyat uning asarlarida yetakchi g‘oyaviy-estetik prinsip darajasiga ko‘tariladi. Xullas, yozuvchi odamlardagi muhim ma'naviy-axloqiy xislatlarni gavdalantirish, turli xarakterlarni tadqiq etish orqali keng ma'noda inson taqdiri, vijdoni, kelajak va zamon oldidagi burch mas'uliyati va e'tiqodi masalarini yoritishga erishadi. Yozuvchining, “Kuz havosi” dagi Sarvi xola, “Yer yonganda"dagi Solihabibi, “Fotima va Zuhra” Zuhra, “Odam bo‘lish qiyin”dagi Abdulla kabi obrazlar hikoya va roman syujetida o‘ziga xos xarakter va insonning qalb kechinmalari, tuyg‘ulari girdobidagi rang-baranglikni gavdalantirib kitobxonni o‘yga to‘ldirib hikoya va roman qahramonlarining o‘ziga xos xislatlarini tushunishga imkon yaratadi.O‘lmas Umarbekov hikoyalarida sotsialistik voqealar obrazlarning o‘ziga xos xarakterida o‘z ifodasini ko‘rsatgan. “Yer yonganda” hikoyada jamiyatdagi ijtimoiy voqealar zamirida Solihabibining o‘g‘li pora olib qamalganligi bunga onasi ishonmay tuhmat deb hisoblaydi. Solihabibi va nevarasi o‘rtasidagi suhbatda bu jarayon ko‘rinadi, ular shaharga jiyani oldida yordamga ketishayotgandi: - Oyi, adamlarniyam ko‘ramizmi? - Ko‘rsatsa, - dedi Solihabibi. - Ko‘rsatmasa, opang bilan tushganingda ko‘rasan. -Oyi, To‘laganniyam dadasi poraxo‘rmi? - o‘tadi Tursun. -Qaydam? Ikkilanib javob qildi Solihabibi. - Pora olganmi, pora berganmi, bilmayman. Ikkalaviyam bir go‘r. Gunoh.To‘xta! - hushyor tortdi birdan u, -To‘laganniyam adasi deganing nimasi? Adangni poraxo‘r deb o‘ylaysanmi?" Hikoyaning so‘nggida esa Solihabibi ovqat qilmoqchi bo‘lib supaning burchagida turgan xumlarni kelganda kanop bilan o‘ralgan sellofonni topib oladi. O‘ramda Nikolay podshoning suvrati tushilgan o‘n dona tilla tangalar chiqadi: "Turg‘unboy bolam nima qilib qo‘yding? Nega qari onangga rahming kelmadi”. Solihabibi bunga chidolmay, o‘ziga o‘t qo‘yib joniga qasd qiladi. Solihabibi obrazida or- nomus ustunlik qiladi, jamiyatning qurboniga o‘g‘li emas, balki o‘zi qurbon bo‘ladi. Syujetda tasvirlanayotgan voqelik yozuchining hayot haqiqatidagi bir inson kechmishida psixolgik vaziyatning ustuvor kelishini ham ko‘rsatadi. Vaziyatdan chiqib ketishda hech qanday yo‘l qidirmay osongina yo‘lni tanlaydi. Hikoya qahramonidagi bu evrilishlar uning ong ta'siri kuchliroq ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa obrazning yana bir ko‘rinishini talqin qiladi. 227 Fevral, 2025-Yil “Nomus” hikoyasi qahramoni Zumrad orqali obrazlarning serqirra jilolarini ko‘rishimiz mumkin. Adabiyotshunos, tanqidchi Umarali Normatov ham ushbu hikoya haqida quyidagilarni yozadi: "Nomus"da hikoya qilinishicha, Komil degan yigit Zumrad ismli qiz bilan uchrashadi-yu, orada samimiy sevgi muloqotlari boshlanadi. Biroq bu sevgining oqibati yo‘q bo‘lib chiqadi: yigit ona ra'yiga ko‘ra boshqa qizga uylanadi, lekin ilk sevgidan ko‘ngil uzolmaydi: Zumrad bilan yana uchrashadi, lekin bu uchrashuv qimmatga tushadi, Komil xuddi o‘tgan uchrashuv to‘y bergan tasodifda nohaq ayblanib qamoqqa tushadi, yigit avval asl haqiqatni sir tutadi, so‘ng advokatga yuragini ochadi advokat esa qiz huzuriga borib vaziyatning mushkulligini aytadi. "Uni faqat siz qut

Доказательный фрагмент

«In this article, the character of Abdullah in the novel "It's Hard to Be a Man" by Olmas Umarbekov, the character of Zuhra, one of the main characters of the novel "Fatima and Zuhra", in "Autumn Air" and Solihabibi in…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the character of Abdullah in the novel "It's Hard to Be a Man" by Olmas Umarbekov, the character of Zuhra, one of the main characters of the novel "Fatima and Zuhra", in "Autumn Air" and Solihabibi in… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Olmas Umarbekov, plot, image, character, type, evolution, female image, tip, syujat, xarakter, O‘lmas Umarbekov, personaj, ayol obrazi, detektiv roman, obrazlar talqini., evrilish, badiiy g‘oya, obraz, badiiy vosita, inson psixologiyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники