Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“NAVODIR UL-NIHOYA” ALISHER NAVOIY G‘AZALIYOTINING NODIR XAZINASI
Abdulxamidova Moxlaroyim Merojiddin qizi
Современная наука и исследования · 1 · 6-13 · 2025
Аннотация
This article reveals the subtle aspects of the human psyche in Alisher Navoi's "Navodir un-nihoya" book, with its ideological depth, pictorial means, and artistic means of expression. In the second divan of Hazrat Alisher Navoi, "Navodir un-nihoya", the eternal values such as love, manners, truth and loyalty are sung. The article examines the content of "Navodir un-nihoya" ghazals. Key words: "Navodir un-nihoya", "Zihi zuhuri jamaling is like the sun appears", "Iloho, the seven strings of your command are excellent", "Olam ichra menga ul huri malaksiyma bas", divan, ghazals, Navoi, content- essence. Alisher Navoiy (1441–1501) buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi, turkiy adabiyotning yorqin yulduzi va asoschisi sifatida tanilgan. 208 Fevral, 2025-Yil Uning ijodi o‘z davrining ijtimoiy, madaniy va adabiy hayotini chuqur aks ettirib, butun turkiy xalqlar adabiyotiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Alisher Navoiy Hirotda tavallud topgan. Yoshligidan bilim olishga intilib, arab va fors tillarini puxta o‘rgangan. U diniy va dunyoviy fanlarni mukammal o‘zlashtirib, Hirot madaniy hayotining markazida bo‘lgan. Shoirning ijodiy faoliyati ikki asosiy qismga bo‘linadi: forsiy va turkiy tillardagi asarlar. Fors tilida “Foniyning devoni” nomi bilan tanilgan to‘plam yaratgan bo‘lsa, turkiy tildagi asarlari Navoiy ijodining cho‘qqisini tashkil etadi. Navoiyning g‘azallari va ruboiylari chuqur falsafiy mazmuni, nafosati va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularning barchasi “Hazoin ul-maoniy” devoniga to‘plangan. Bu devon to‘rt qismdan iborat: 1. "G‘aroyib us-sig‘ar" 2. "Navodir ush-shabob" 3. "Badoyi’ ul-vasat" 4. "Favoyid ul-kibar" Alisher Navoiy “Xazoyin ul-maoniy” ga qadar “Ilk devon”, “Badoye’ ul-bidoya”, “Navodir un-nihoya” devonlarini tuzgan. “Xazoyin ul-maoniy” ana shu 3 devonga kirgan hamda “Navodir ul-nihoya” tuzilgandan keyin yozilgan she’rlar asosida yuzaga kelgan".[2] Hozirga qadar “Navodir un-nihoya”ning to‘rt qo‘lyozmasi bizga ma’lum. Ulardan uchtasi haqida M.Rashidova [3] va Tojikistondagi bir nusxa to‘g‘risida B.Maqsudov yozgan. Alisher Navoiy turkiy adabiyotni yangi bosqichga olib chiqgan. U o‘z asarlarida insoniyat qadri, adolat, axloqiylik va mehr-oqibatni yuksak darajada tarannum etdi. Uning ijodi nafaqat o‘z davrida, balki bugungi kunda ham adabiyot, madaniyat va ma’naviyatni boyitishda davom etmoqda.Alisher Navoiy o‘z zamonasining buyuk siymosi sifatida milliy o‘zlikni anglash va turkiy xalqlar madaniy merosini shakllantirishda muhim rol o‘ynagan. Shu sababli, uning ijodi har doim o‘rganishga va qadrlashga arziydi. Alisher Navoiy nafaqat shoir, balki davlat arbobi va ma’rifatparvar sifatida ham o‘z davrining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning ijodiy merosi bugungi kunda ham insoniyat ma’naviy boyligini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Navoiy ijodi o‘zbek xalqi madaniyatining faxri va dunyo adabiyotining nodir durdonalaridan biridir. Alisher Navoiy o‘zining betakror ijodi bilan o‘zbek adabiyotining eng yuksak cho‘qqilaridan birini egallagan. Hazrat Alisher Navoiyning ikkinchi devoni “Navodir un-nihoya” (“Nihoyasiz hodirliklar”) 1485- 1486-yillarda yaratilgan bo'lib 862 ta g'azaldan iborat. Ulardan 5 tasi Navoiyning boshqa devonlarida uchramasligi bilan ahamiyatli. Devonning yana bir o'ziga xos xususiyati u faqatgina 209 Fevral, 2025-Yil g'azallardan iboratligidadir.[2]Tadqiqot obyekti va qo’llanilgan metodlar. Alisher Navoiy ijodi, xususan, “Navodir un-nihoya” devoni – ushbu devonning tuzilishi, o‘ziga xosligi va mazmuni. Navoiy g‘azallari – ularning poetik mazmuni, ramzlari va ma’naviy-falsafiy ahamiyati. G‘azalning estetik tahlili – g‘azalning mazmun-mohiyati va ramziy ma’nolari. Tadqiqot predmeti sifatida “Navodir un-nihoya” devonining tarkibi va o‘ziga xos xususiyatlari – devonning faqat g‘azallardan iboratligi va boshqa devonlar bilan aloqasi. Navoiy g‘azallarida sevgi, ishq va ma’shuqaning go‘zalligi tasviri g‘azallarda ishqiy mavzuning poetik talqini. "Navodir un-nihoya" qo‘lyozmalarining ahamiyati. Tadqiqot maqsadi Alisher Navoiy "Navodir un-nihoya" devonidagi g‘azallarning poetik va ma’naviy mazmunini tahlil qilish, ularning estetik, diniy va falsafiy jihatlarini aniqlashdir. Tadqiqotda Navoiyning sevgi, ishq, ma’shuqaning go‘zalligi va ma’naviy yuksalish kabi mavzularni o‘rganib, uning asarlaridagi ramzlar, obrazlar va uslublarni tahlil qilish orqali Navoiy ijodining turkiy adabiyotdagi o‘rnini va uning yuksak ma’naviy ahamiyatini ochib berish maqsad qilinadi. Tadqiqot metodlari sifatida mavzuga oid manbalarni o’rganish, poetik tahlil, falsafiy tahlil, semantik tahlil – so‘z va iboralarning ma’nosini tahlil qilish. Olingan natijalar va ularning tahlili. "Navodir un-nihoya" devonidan joy olgan "Zihi zuhuri jamoling quyosh kibi paydo" misrasi bilan boshlanuvchi yetti baytli bu g’azalning mazmun- mohiyatini quyidagi ko’rinishda ko’ramiz: Zihi zuhuri jamoling quyosh kibi paydo, Yuzung quyoshig‘a zarroti kavn o‘lub shaydo. Yuzung ziyosidin ar subh ayni ichra bayoz, Soching qarosid
Доказательный фрагмент
«This article reveals the subtle aspects of the human psyche in Alisher Navoi's "Navodir un-nihoya" book, with its ideological depth, pictorial means, and artistic means of expression.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article reveals the subtle aspects of the human psyche in Alisher Navoi's "Navodir un-nihoya" book, with its ideological depth, pictorial means, and artistic means of expression. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- "Navodir un-nihoya", "Zihi zuhuri jamaling is like the sun appears", "Iloho
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024