К содержанию
РецензированоUZ2026

ALISHER NAVOIYNING DINIY-GUMANISTIK QARASHLARI

Hoshimxonov Mo‘min

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

ushbu ilmiy maqolada o‘zbek shoiri va mutafakkiri, turkiy she’riyatning ulkan yalovbardori va dahosi, she’riyat sultoni, naqshbandiya tariqatining targ‘ibotchisi bo‘lgan Alisher Navoiyning diniy-gumanistik qarashlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: xojagon, naqshbandiya, timsol, olam, tarix, ma’rifat, gavhar, sulton, maqbara, Ismoil Safaviy, Hirot, mumtoz, Navoiy, Foniy, devon, nazira, munojot, sunniy, shia, temuriy, xalifa, shayx, imom, musulmon, quyosh, Masih, Alloh, rivoyat, afsona, hikmat, Qur’on. Inglizcha: Mazkur ilmiy maqolada Navoiyning salafi, ustoz va piri Abdurahmon Jomiy va alloma mutafakkir shoir Navoiy haqidagi falsafiy fikrlari tahlili berilgan. Xoja Bahouddin Naqshband (1318 - 1389) hayoti va faoliyati, xojagon- naqshbandiya ta’limoti tarixi, g‘oyalari targ‘ibi, bu tariqat vakillari hayoti va faoliyati bo‘yicha turkiy tilda ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri asarlaridan ko‘ra boyroq va mukammalroq boshqa biron manba yo‘q. Shuning uchun Naqshband va Navoiy masalasi faqat adabiyotshunoslikkina emas, amalda dinshunoslik, tasavvufshunoslik, falsafashunoslik, tarixshunoslik, ma’naviyatshunoslik, mafkurashunoslik va fanning yana ko‘plab sohalari izchil shug‘ullanishi lozim bo‘lgan mavzu hisoblanadi. Binobarin, hozirgacha bu borada bir qadar ilmiy ishlar dunyoga keldi va ilgari yaratilgan ayrim kitoblar ham chop etildi. Navoiy asarlarida Xoja Bahouddin Naqshband ta’rifi masalasini yoritish uchun, avvalo, ulug‘ mutafakkir merosida ana shu buyuk avliyoga, umuman, naqshbandiya tariqatiga munosabat, shuningdek, shoir ijodida bu ta’limot g‘oyalari targ‘ibining ko‘rinishlari va yo‘nalishlarini aniqlab olish lozim. Masalaga shu jihatdan yondashsak, quyidagi manzara namoyon bo‘ladi: 1. Xoja Bahouddin Naqshband hayoti va faoliyatini yoritish (“Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim al- futuvvat ”). 2. Xojagon-naqshbandiya tariqati vakillari hayoti va faoliyatini yoritish (“Nasoyim ul- muhabbat min shamoyim al-futuvvat”, “Xamsat ul-mutahayyirin ”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher ”, “Holoti Paxlavon Muhammad ", “ Majolis un- nafois ”, “Siroj ul-muslimin ”, “Muhokamat ul- lug‘atayn ”, “Tarixi anbiyo va hukamo ”, “Arba’in ”. 125 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference 3. Naqshband va naqshbandiylar badiiy timsollarini yaratish (“Hayrat ul-abror”, "Lison ut- tayr ”). 4. Badiiy asarlarda naqshbandiya ta’limoti g‘oyalarini targ‘ib etish ("Xazoyin ul-maoniy ", “Devoni Foniy”, “Hayrat ul-abror", “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun", “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”, “Lison ut-tayr ”, “Mahbub ul-qulub “Siroj ul-muslimin ”). Bir yilgacha olam ahliga umuman va Xuroson va Hirot ahliga xususan motam erdi. Yil bo‘lg‘ondin so‘ngra Hazrati sultoni sohibqiron alarning yil oshin base e’zoz va ehtirom bilan podshohona berib, muxlislaridin ba’zi ul hazratning mutahhar marqadi boshida oliy imorat solib, xuffoz va imom va muqri va xuddom ta’yin qildi. (Bu ishlarni Navoiyning o‘zi qil- gan) Va nazm ahli ko‘p tarixlar aytib o‘qudilar. Ul jumladin, xuruf roqimi bu marsif bila tarixni aytib, yil oshi tortarda sultoni sohibqiron oliy majlislarida o‘tkardi va hukm bo‘ldikim, mavlono Husayn voiz minbar ustida uqudi: Gavhari koni haqiqat, durri bahri ma’rifat, Ku baxaq vosil shudu dar dil nabudash mosivox- Koshifi sirri ilohiy bud beshak z-on sabab, Gasht tarixi vafotash «kashfi asrori Iloh». (Haqiqat konidin gavhar, ma’rifat dengizidin dur, Haqiqat birla tinch erdi, dili ham bir haqiqatgoh- Ul Iloh sirrin ochuvchi erdi, beshak shul sabab, bo‘ldi tarix vafoti «kashfi» asrori Iloh».) Jomiy vafoti haqida yana bir ta’rix juda keng tarqalgan, unda: «Dud az Xuroson bar omad!» ya’ni «Xurosondan tutun chiqib ketdi!» deyiladi. Jomiy o‘limiga Xuroson xalqlarining qayg‘usini ifoda etgan bu jumladagi Xuroson (ya’ni abjad hisobi bilan 912)dan tutun (ya’ni 14) chiqarib yuborilsa (912—14-898), Jomiy vafot etgan yil kelib chiqadi. Shunday qilib, xalqning sevimli shoiri, sultonlar nasihatgo‘yi, ilm, san’at ahlining maslahatchisi, ma’rifat homiysi Abduraxmon Jomiy 1492 yil 8 noyabrda olamdan ko‘z yumdi. Butun Hirot uning motamida bo‘lib, bir yilgacha aza tutdi. Bir yildan so‘ng uning sadoqatli do‘sti Alisher Navoiy yil oshi qilib berdi. Jomiyiing mozori Hirotda, unda maqbara ham qurilgan, ammo bu maqbarada ulug‘ shoirning jasadi bor-yo‘qligi noma’lum. Buning tarixi quyidagicha: 1510 yilda shoh Ismoil Safaviy Hirotni bosib oladi. O‘taketgan mustabid shia ulamolari Jomiyni o‘zlarining ashaddiy dushmanlari hisoblar edilar. Jomiy maqbarasini buzib, shoir tanasini undan chiqarib tashlashga buyruq bo‘ladi. 126 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Ammo Jomiyning o‘g‘li Ziyovuddin Yusuf bu falokatning oldini olib, otasining muborak jasadini yashirincha boshqa yerga ko‘chirgan edi. Vahshiylar mozordan shoir jasadini topolmadilar. Rivoyatlarga ko‘ra, Jomiy jasadi keyinchalik qaytadan o‘z mozoriga qo‘yilgan, ammo buning qanchalik haqiqatga

Доказательный фрагмент

«ushbu ilmiy maqolada o‘zbek shoiri va mutafakkiri, turkiy she’riyatning ulkan yalovbardori va dahosi, she’riyat sultoni, naqshbandiya tariqatining targ‘ibotchisi bo‘lgan Alisher Navoiyning diniy-gumanistik qarashlari…»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu ilmiy maqolada o‘zbek shoiri va mutafakkiri, turkiy she’riyatning ulkan yalovbardori va dahosi, she’riyat sultoni, naqshbandiya tariqatining targ‘ibotchisi bo‘lgan Alisher Navoiyning diniy-gumanistik qarashlari… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
devon, musulmon, rivoyat, shia, munojot, Qur’on., shayx, Alloh, sunniy, Masih, mumtoz, hikmat, xojagon, Hirot, Foniy, xalifa, Navoiy, afsona, sulton, naqshbandiya, Ismoil Safaviy, temuriy, imom, tarix, quyosh, timsol, olam, gavhar, nazira, maqbara, ma’rifat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники