К содержанию
РецензированоUZ2026

MOLIYAVIY TAHLILNI TASHKIL ETISH VA UNI O‘TKAZISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH

TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH · Boltaev Abror Sayitmuradovich

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Mazkur tezisda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy tahlilni tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi iqtisodchi olimlarning yondashuvlari asosida tadqiq qilib o‘rganilgan. Moliyaviy tahlilni o‘tkazish bosqichlari taklif etilgan va shu asosda xulosa shakllantirilgan. Kalit so‘zlar: moliyaviy tahlil, ichki moliyaviy tahlil, tashqi moliyaviy tahlil, moliyaviy tahlil rejasi va dasturi, ma’lumotlar bazasi. Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning barqaror faoliyat yuritishi oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishni taqozo etadi. Buning uchun sub’ekt rahbariyati ichki va tashqi axborotlardan unumli foydalanishlari lozim. Bu esa, ulardan xo‘jalik sub’ektining moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini to‘liq tahlil qilib o‘rganishni va shu asosda kerakli axborotlarni shakllantirishni talab etadi. Chunki, tahlil natijalari asosida asosiy xo‘jalik jarayonlarini boshqarish, talab va taklifni o‘rganish, pul muomalasi, raqobat muhitiga moslashish borasida asosli xulosalarni shakllantirib, mavjud ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish borasida tegishli qarorlarni qabul qilish imkonini beradi. Bu esa, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yuritishi va rivojlanishini ta’minlaydi. Bugungi kunda moliyaviy tahlilni tashkil etish borasida rasmiy tartib- tamoyillar belgilanmaganligi sababli, uni tashkil etishda an’aniviy yo‘nalishlardan foydalanish mumkin. Moliyaviy tahlil tashkil etish shakli bo‘yicha iqtisodchi olim M.Yu.Raximovning1 fikriga ko‘ra ichki moliyaviy tahlil va tashqi moliyaviy tahlilni tashkil etish bo‘yicha tarkiblanishi maqsadga muvofiq (rasm). Молиявий таҳлилни ташкил этиш шакли Ички молиявий таҳлил Ташқи молиявий таҳлил Rasm. Moliyaviy tahlilni tashkil etish shakli bo‘yicha tarkiblanishi. 179 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Ichki moliyaviy tahlil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari tomonidan o‘tkazilib, o‘rganiladigan masalalar va foydalaniladigan axborot bazasining ko‘lami kengligi bilan tashqi moliyaviy tahlildan farqlanadi. Chunki, uning axborot bazasiga tasdiqlangan moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan tashqari moliyaviy hisobning barcha manbalarini kiritish mumkin. Shu bilan birga, uning quyidagi o‘ziga xos jihatlarini keltirish mumkin: - ichki moliyaviy tahlil maqsadi va vazifalari ichki talablarga muvofiq belgilanganligi; - oqilono boshqaruv qarorlarini tayyorlash borasida tahlilni o‘tkazish imkoniyatining kengligi; - xo‘jalik sub’ekti rahbariyati talablaridan kelib chiqqan holda analitik ishni tashkil etish; - ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlarining yuqoriligi; - moliyaviy tahlil natijalari asosida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini nazorat qilish imkonining mavjudligi. Ichki moliyaviy tahlildan farqli ravishda tashqi moliyaviy tahlil vakolatli davlat organlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladi. Tashqi moliyaviy tahlil faqat moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy holatini o‘rganishni harakterlaydi. Ya’ni, xo‘jalik sub’ektining aktivlari, o‘z mablag‘lari manbalari va majburiyatlarining o‘zgarishiga, moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va rentabellik darajasiga, pul mablag‘lari harakati va xususiy kapitalning o‘zgarishiga, moliyaviy va iqtisodiy salohiyatini aniqlashga qaratiladi. Uning ahamiyatli jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - axborotdan foydalanuvchilar va tahlil o‘tkazish sub’ektlarining ko‘pligi; - tahlil qilib o‘rganuvchi sub’ektlar maqsadining turli-tumanligi; - tahlil faqat tasdiqlangan moliyaviy hisobot shakllari ma’lumotlariga asoslanishi sababli, o‘rganiladigan masalalarning chegaralanganligi; - axborotdan foydalanuvchilar uchun tahlil natijalaridan foydalanishning ochiqligi. Umuman xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy tahlilni tashkil etish tartib va qoidalari iqtisodchi olimlar N.A.Solovyeva2, K.A.Pugina3, N.V.Klimova4, M.Q.Pardayev5, E.A.Akramov6, R.D.Dusmuratov7, M.Yu.Raximov8, A.S.Boltayev9 180 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference va boshqalarning asarlarida keltirib o‘tilgan. Jumladan, iqtisodchi olim M.Q.Pardaev10 tomonidan moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlari quyidagicha tarkiblanadi: - tahlil maqsadini aniqlash va unga yondashish yo‘llarini belgilash bosqichi; - tahlil uchun taqdim qilinadigan axborotlar sifatiga baho berish; - tahlil usullaridan foydalangan holda tahlil o‘tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish bosqichi. Mazkur moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlari iqtisodchi olim tomonidan umumlashtirilgan holda tarkiblanib ifoda etilgan. Iqtisodchi olim E.A.Akromov11 tomonidan esa moliyaviy tahlilni tayyorlash va o‘tkazish bosqichlari quyidagilardan iborat deb belgilangan: - moliyaviy tahlilni o‘tkazishning ishchi dasturini tuzish. Dasturda tahlilning maqsadi va vazifalari aniqlanadi; - tahlilni o‘tkazuvchilarni

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy tahlilni tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi iqtisodchi olimlarning yondashuvlari asosida tadqiq qilib o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy tahlilni tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi iqtisodchi olimlarning yondashuvlari asosida tadqiq qilib o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ichki moliyaviy tahlil, tashqi moliyaviy tahlil, moliyaviy tahlil rejasi va dasturi, ma’lumotlar bazasi., moliyaviy tahlil
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники