К содержанию
РецензированоUZ1918

FITRAT – ARUZSHUNOS

FITRAT – ARUZSHUNOS · To'xtamishova Gulnora Mels qizi · Kalit so'zlar: Jadidchilik

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 1918

Аннотация

Abdurauf Fitrat, haqida ma'lumotlar aytilgan. Kalit so'zlar: Jadidchilik, Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston, Abdurauf Fitrat dramaturg, filolog, tarjimon, professori, milliy, adabiyoti, ma'rifatparvarlik. Abdurauf Fitrat 1886-yili Buxoroda ziyoli oilasida tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni Buxoro, Istambul madrasalari va dorilfununlarida oldi. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o‘zlashtirdi. Adibning otasi savdo ishlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, 1918-yilgacha Qashqarda turib qolgan. U asosan, onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bo‘lib, u tufayli Bedil, Navoiy, Fuzuliy, Zebuniso, Uvaysiy kabi ulkan shoirlarning g‘azallaridan xabardor bo‘ldi. Faoliyati Fitrat 1909-yili Turkiyaga o‘qishga borib, 1913-yilgacha Istambul dorilfununida tahsil ko‘rdi. Turkiyada tashkil topgan “Buxoro ta’limi maorifi” uyushmasida faollik ko‘rsatdi. Uning ilk to‘plami 1911-yilda “Sayha” (“Chorlov”) nomi bilan chop etildi. “Sayyohi hindi”, “Munozara” kabi asarlari ham shu yillarda Turkiyada nashr etildi. Fitrat 1917-yili fevral inqilobidan keyin “Hurriyat” gazetasini tashkil etdi, unda xalqni istiqlol uchun kurashga da’vat etuvchi she’r va maqolalarini e’lon qildi. Uning “Hurriyat” gazetasida bosilgan “Yurt qayg‘usi” nomli she’r va sochmalarida Turkistonning hurligi uchun kurashga bel bog‘lagan lirik qaxramonning “Men sen uchun tug‘ildim, sen uchun yasharman, sening uchun o‘larman, ey turkning muqaddas o‘chog‘i!” degan da’vati baralla eshitiladi. Uning “Qon”, “Begijon”, “Temur sag‘anasi”, “O‘g‘izg‘on”, “Abo Muslim”, “Hind ixtilochilari”, “Chin sevish” kabi dramalarida milliy mustaqillik uchun kurash mavzuyi tabiiy ifodasini topdi. 1922 yili nashr etilgan “O‘zbek yosh shoirlari” to‘plamida Cho‘lpon, Elbek she’rlari bilan birga Fitratning she’riy asarlari ham ilk bor o‘zbek o‘quvchisiga havola etildi. U mazkur to‘plamga kirgan “Mirrix yulduziga”, “Behbudiyning sag‘anasini izlab”, “Sharq”, “Shoir” kabi she’rlarida millatparvar va vatanparvarlik pozitsiyasiga qat’iy turganini yana bir bor namoyish etadi. 56 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference ...Bilasanmi, shoir ishqning eng nozli, Erka, injiq yovdusidir, turolmas – Ma’shuqidan ko‘rmagancha kulushli, Marhamatli, chin sezguli bir ko‘mak, Mana shudir uning uchun bor tilak. Shoir Tabiatdan sirli, teran ma’nolar, Tiriklik-chun ochiq, to‘g‘ri, chin yo‘llar Izlar, topar, o‘zi uchun saqlamas Unlarni, Yoz gulining yaprog‘idan to‘qulg‘on So‘zlar bilan o‘rab bizga topshurar. Fitrat yirik olim, adabiyotshunos sifatida ham bir qancha asarlar yaratdi. Jumladan, “Adabiyot qoidalari”, “Eski o‘zbek adabiyoti namunalari”, “Aruz haqida” kabi ilmiy kuzatuvlari o‘zbek adabiyotshunoslik fanining shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Shuningdek, uning Umar Xayyom, Firdavsiy, Navoiy, Bedil haqidagi tadqiqotlari adabiyot tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat etdi. U Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy kabi o‘ndan ortiq mumtoz adabiyot vakillari haqida ham maqolalar yozdi. Fitrat ayni paytda tashkilotchilik faoliyati bilan ham shug‘ullanib, 1921-1923 yillarda Buxoro Xalq Jumhuriyatida maorif xalq noziri bo‘lib xizmat qilgan. 1923- 1924 yillarda esa frunzechilar tomonidan quvg‘in qilingan shoir Moskvadagi Sharq tillari institutida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullandi. Fitrat 1921-yilda Sharq musiqa maktabini tashkil etgan. Maktabga mumtoz musiqa bilimdonlari bilan birga V. A. Uspenskiy singari musiqashunoslarni ham taklif etgan. Shuningdek, u "Shashmaqom" kuylarini to‘plash va notaga yozib olish ishlariga ham rahbarlik qildi. Uning tashabbusi bilan Buxoro Shashmaqomi Uspenskiy tomonidan ilk bor notaga olinib nashr etildi. Adabiyotlar ro’yxati: 1. Internet manbaalaridan. 2. Gazeta va jurnallardan. 57

Доказательный фрагмент

«Abdurauf Fitrat, haqida ma'lumotlar aytilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Abdurauf Fitrat, haqida ma'lumotlar aytilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jadidchilik, Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston, Abdurauf, tarjimon, Abdurauf Fitrat dramaturg, milliy, ma'rifatparvarlik., adabiyoti, filolog, professori
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники