К содержанию
РецензированоUZ2026

MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYADA MILLIY URF-ODATLAR VA XALQ PEDAGOGIKASINING ROLI

PEDAGOGIKASINING ROLI · Ma’rifova Ozoda Nabiyevna · Abdullayeva Zarixa Bahodirovna

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

in this article, you will learn about what children learn through national traditions and folk pedagogy, how spiritual and moral education can be more effective by combining national values with modernity. At the same time, adaptation to modern conditions and global you will read in the article about the importance of considering communication with the world. Key words: pedagogy, education, tradition, values, history and culture, traditions, folk stories. Bugungi zamonaviy dunyoda ma’naviy-axloqiy tarbiyada milliy urf-odatlar va xalq pedagogikasining roli muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Urf-odatlar, an'analar va xalq pedagogikasi avlodlarga o'ziga xos ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni, odob-axloq me'yorlarini, e'tiqodlarni va hayot ko'nikmalarini o'rgatishda katta ahamiyatga ega. Bu o'quv usullari yosh avlodning milliy ruhida tarbiyalanishini ta'minlaydi va ularni milliy qadriyatlarni hurmat qilishga yo'naltiradi.Masalan, milliy bayramlar, marosimlar, urf-odatlar va xalq 119 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference hikoyalari orqali bolalar o'zlarining tarixi, madaniyati va qadriyatlari bilan tanishishadi. Xalq pedagogikasi o'ziga xos uslublari bilan (masalan, misol qilib, hikoya, she'r va qo'shiq orqali) bolalarga axloqiy qadriyatlarni o'rgatishda, ularning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi.Milliy urf- odatlar va xalq pedagogikasi orqali bolalar milliy qadriyatlarga hurmatni o’rganadilar,o’z xalqining tarixi va madaniyati bilan tanishadilar,axloqiy qadriyatlarni o’zlashtiradilar,ijtimoiylashishadi va hayot ko’nikmalarini o’rganadilar va o’zlarining milliy o’zligiga ega bo’ladilar. Shu bilan birga, zamonaviy sharoitlarga moslashish va global dunyo bilan aloqani ko'rib chiqish muhimdir. Milliy qadriyatlarni zamonaviylik bilan birlashtirish orqali ma'naviy-axloqiy tarbiya yanada samaraliroq bo'ladi. Xalq pedagogikasida hikoya va qo'shiqlar orqali axloqiy tarbiya quyidagi usullar orqal amalga oshiriladi: Hikoyalar orqali axloqiy tushunchalarni o'rgatish,xalq hikoyalari, afsonalar, ertaklar va masallar orqali yosh avlodga yaxshilik, adolat, mehnatsevarlik, samimiylik, vatanparvarlik kabi muhim axloqiy qadriyatlar singdirilgan. Hikoyalardagi qahramonlarning harakatlari va natijalari orqali bolalar to'g'ri va noto'g'ri harakatlar oqibatlarini o'rganadilar, shu bilan axloqiy fikrlashni rivojlantiradilar.Shuningdek,hikoyalar orqali hissiyotlarni uyg'otish,hikoyalardagi qahramonlarning his-tuyg'ulari va tajribalari bolalarning empatiya qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Bolalar hikoyalar orqali boshqalarning hissiyotlarini tushunishga o'rganishadi va shunga mos ravishda harakat qilishni o'rganadilar.Qo'shiqlar orqali axloqiy qadriyatlarni eslatish,xalq qo'shiqlari, madhiyalari va taronalari orqali yosh avlodda milliylik hissi, patriotlik, mehnatsevarlik va boshqa axloqiy qadriyatlar o'stiriladi. Qo'shiqlar orqali bolalar muhim tarixiy voqealar, qahramonlar va urf-odatlarni yodlab olishadi.Bundan tashqari,qo'shiqlar orqali his-tuyg'ularni ifodalashni o'rgatish,qo'shiqlar orqali bolalar o'z his-tuyg'ularini ifodalashni, ularga o'zlarini fikrlashni va badiiylikni ifodalashning boshqa usullarini o'rganadilar.Musiqaning tarbiyaviy qiymatidan foydalanish,xalq qo'shiqlarining ritmi va melodikasi orqali bolalarning ijodiy qobiliyati, musiqiy hissi va musiqaga bo'lgan sevgisi rivojlantiriladi.Ilmiy va axloqiy fikrlashni rivojlantirish,hikoyalar va qo'shiqlarda ma'lum bir g'oya, axloqiy qoida va yaxshilik haqida bir necha marta qayta-qayta takrorlash, yosh avlodning shu g'oyalarni yaxshi o'zlashtirishiga va ularga ko'proq e'tibor berishiga olib keladi.Ba'zi xalq qo'shiqlari va hikoyalari orqali turli ko'nikmalar ham o'rgatiladi (masalan, mehnat, sa'y-harakat va ijtimoiylashish). 120 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Umuman olganda, xalq pedagogikasi hikoyalar va qo'shiqlar orqali bolalarning axloqiy va ma'naviy qadriyatlarini rivojlantiradi, milliylik hissini oshiradi va ularning fikrlash qobiliyatlarini kengaytiradi. Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi, milliy me’morchilik, milliy teatr va musiqa, qo‘shiqchilik va xalq raqs san’ati namunalarining falsafiy, psixologik va tarbiyaviy jihatlarini tushunish, mazmun-mohiyatini chuqur bilish uchun uni xalq pedagogikasi bilan bog‘lab o‘rganish kerak. Chunki yuqorida ta’kidlangan san’at va hunarmandchilik turlari xalq hayotining bevosita ifodasi bo‘lib, xalqimizning ijtimoiy hayot haqidagi tushunchalarini, uning yuksak didini, estetik qarashlarini va shu bilan birga xalq pedagogikasining axloqiy tarbiya bilan bog‘liq muhim qirralarini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, xalqimizning uzoq tarixi, urf-odatlari, keng dunyoqarashi, orzu umidlarini ham butun ulug‘vorligi va teranligi bilan ko‘rsatib, ular haqida keng, chuqur bilim beradi va ma’naviy- axloqiy qadriyatlarga, kasb-hunarga qiziqish uyg‘otishda muhim manba hisoblanadi. Prez

Доказательный фрагмент

«in this article, you will learn about what children learn through national traditions and folk pedagogy, how spiritual and moral education can be more effective by combining national values with modernity.»

Образец извлечения

Демо-превью

in this article, you will learn about what children learn through national traditions and folk pedagogy, how spiritual and moral education can be more effective by combining national values with modernity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pedagogy, education, tradition, values, history and culture, tarbiya, urf-odat, xalq hikoyalari., an’analar, pedagogika, tarix va madaniyat, qadriyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники