К содержанию
РецензированоUZ1980

IQLIM O‘ZGARISHINING SANOATGA TA’SIRI VA UNI KAMAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI.

Tadjibayeva Lolaxon Akbarali qizi · Valijonov Ubaydullo Shukurullo o‘g'li · A’zamova Asolatxon Shavkatjon qizi

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 1980

Аннотация

Iqlim o‘zgarishi zamonaviy jamiyatning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, u har bir soha, atrof tabiiy muhit, shu jumladan, sanoatga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Atmosferada issiqxona gazlarining ko‘payishi va iqlimning keskin o‘zgarishi sanoatni qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda. Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishining sanoatga bo‘lgan asosiy ta’sirlari va kelajakda ushbu ta’sirlarni kamaytirish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: global isish, IPBES tashkiloti, EM-DAT bazasi, logistika, iqtisodiy zarar, ekologik toza texnologiya, barqarorlikka yo‘naltirilgan strategiyalar, innovatsion texnologiyalar, muqobil energiya manbalari, Ma’lumki, sanoat tarmoqlari, issiqlik elektr stansiyalari, ko‘mir asosidagi energiya manbalari va transport sohasidagi faoliyatlar issiqxona gazlarini ko‘paytirib, global isishni kuchaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida, iqlimning o‘zgarishiga va atrof-muhitga ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Bunday ta’sirlar bir necha yo‘nalishlada namoyon bo‘ladi: Birinchidan, global issiqlik darajasining oshishi natijasida ko‘plab hududlarda haddan tashqari issiqlik to‘lqinlari yuz beradi. Bu nafaqat inson salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, balki o‘simliklar va hayvonlar hayot tarziga ham zarar yetkazadi. Ikkichidan, Shimoliy va janubiy muz qoplamalarining tez erishi dengiz sathining ko‘tarilishiga olib kelmoqda. Natijada, past joylashgan sohalarda qirg‘oq chizig‘i erozyoniga, toshqinlarga va boshqa ekologik muammolarga olib keladi. Masalan, NASA va boshqa ilmiy tashkilotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Arktika hududida yozgi muz qoplamasi 1980-yillardan boshlab har o‘n yilda taxminan 13% ga kamaygan. Dengiz sathining ko‘tarilishi esa so‘nggi yillarda 20- asr oxiriga nisbatan tezlashib, 1900-yillardan beri dengiz sathi taxminan 15–20 sm ga ko‘tarilgan. Uchinchidan, iqlim sharoitining o‘zgarishi sababli ba’zi hayvon va o‘simlik turlari yashash muhitini yo‘qotishi yoki migratsiya qilishga majbur bo‘ladi. Bu 18 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference esa biologik xilma-xillikning kamayishiga olib keladi va oziq-ovqat zanjirlariga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. To‘rtinchidan, iqlim o‘zgarishi tufayli kuchli bo‘ronlar, yog‘ingarchilik, qurg‘oqchilik va boshqa ekstremal ob-havo hodisalari soni va kuchayishi kuzatilmoqda. Bu hodisalar qishloq xo‘jaligi, infratuzilma va inson hayotiga katta zarar yetkazadi. Masalan, EM-DAT (Xalqaro favqulodda vaziyatlar to'g'risidagi ma'lumotlar bazasi) ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha o‘n yilliklarda ekstremal ob-havo hodisalari (bo‘ronlar, qurg‘oqchilik, toshqinlar va boshqalar) soni sezilarli darajada oshgan bo‘lsa, ayrim hududlarda ekstremal haroratlar va kuchli yog‘ingarchiliklar holatlari odatiy holga aylangan. Beshinchidan, qurg‘oqchilik va suvning notekis taqsimlanishi natijasida qishloq xo‘jaligida suv yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin. Bu esa oziq- ovqat ishlab chiqarish va inson ehtiyojlariga ta'sir qiladi. Masalan, ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra, global haroratning 1°C ga oshishi asosiy don ekinlar (bug‘doy, makkajo‘xori, guruch, soya) hosilini 3–10% ga pasaytirishi mumkin. Issiq iqlim sharoitida, xususan, Afrika, Janubiy Osiyo va Lotin Amerikasi kabi mintaqalarda ba’zi ekinlarning hosili hatto 6% yoki undan ko‘proq miqdorda kamayishiga olib kelishi mumkin. Oltinchidan, iqlim o‘zgarishi agronomik sharoitlarni o‘zgartiradi, ba’zi mintaqalarda hosil berishning pasayishiga, zararli hasharotlarning ko‘payishiga va yangi kasalliklarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Natijada oziq- ovqat yetishtirish jarayoni murakkablashadi. Masalan, FAO va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, ekstremal ob-havo hodisalari (qurg‘oqchilik, toshqinlar, kuchli bo‘ronlar) qishloq xo‘jaligi hosiliga yillik iqtisodiy zararlar miqdorini global miqyosda 50 milliard dollardan oshirishi mumkin. Yettinchidan, o‘zgargan iqlim sharoitlari issiq to‘lqinlar, suv va havo sifatining yomonlashuvi, yangi viruslar va kasalliklarning tarqalishi kabi salbiy holatlarga olib kelishi mumkin. Bu esa global salomatlik muammolarini keltirib chiqaradi. Sakkizinchi, IPBES (BMTning Biologik xilma-xillik va ekotizim xizmatlari bo‘yicha hisobotlari) hisobotlariga ko‘ra, taxminan 1 million tur hayvon va o‘simlik turlari yo‘qolish xavfi ostida, bunda iqlim o‘zgarishi muhim rol o‘ynaydi. Umuman olganda, sanoat va antropogen omil oqibatida iqlimning o‘zgarishi atrof-muhitning turli jabhalariga keskin va kompleks ta'sir ko‘rsatishi bilan bir qatorda sanoat ham o'zining ishlab chiqarish jarayonlarida iqlim o'zgarishlaridan ta'sirlanadi. Ta'sirlar bir necha yo'nalishda bo'lishi mumkin: 19 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference 1. Energiya resurslarining iste’moli. Sanoat tarmoqlari energiyaning eng yirik iste’molchilari hisoblanadi. Iqlim o‘zgarishi esa sanoat korxonalarini barqaror energiya manbalariga, masalan, quyosh, shamol va biomassa kabi qayta tiklanuvchi energiya resur

Доказательный фрагмент

«Iqlim o‘zgarishi zamonaviy jamiyatning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, u har bir soha, atrof tabiiy muhit, shu jumladan, sanoatga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Iqlim o‘zgarishi zamonaviy jamiyatning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, u har bir soha, atrof tabiiy muhit, shu jumladan, sanoatga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
logistika, barqarorlikka yo‘naltirilgan strategiyalar, EM-DAT bazasi, muqobil energiya manbalari, ekologik toza texnologiya, iqtisodiy zarar, global isish, innovatsion texnologiyalar, IPBES tashkiloti
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники