К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA “HAYOTIY FAOLIYAT XAVFSIZLIGI DASTURINI” JORIY ETILISHINING AHAMIYATI

Gulruh Abdullaeva Abdiazizovna

Развитие и инновации в науке · 2026

Аннотация

Mazkur tezisda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Hayotiy faoliyat xavfsizligi dasturini” joriy etilishining ahamiyati yoritilgan. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, hayot xavfsizligi, innovatsion yondashuv, ta’lim islohotlari, metodik ta’minot, pedagogik jarayon, bolalar fikrlashi, fuqaro muhofazasi, o‘quv dasturi, tabiiy ofatlar, yong‘in xavfsizligi, yo‘l harakati qoidalari, shaxsiy gigiena, ota-ona hamkorligi,o‘qitish metodlari Hozirgi davrda mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar jarayonida tizimni zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish, xususan, maktabgacha ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarni singdirish, bolalarda hayot xavfsizligi tushunchalarini shakllantirishning metodik imkoniyatlarini aniqlashtirish, bolalarning fikrlash faolligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modelini maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilaning o‘zaro hamkorligini ta’minlash asosida takomillashtirish hamda ustuvor tamoyillar asosida ishlab chiqish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Mana shu sharoitda bugungi kun ta’lim jarayonida maktabgacha yosh (6-7 yosh) bolalarning hayot xavfsizligi qoidalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik qarashlar, nazariy yondashuvlar asosida guruhlar kesimida tizimli o‘qitishning metodik ta’minoti ilmiy – nazariy jihatdan boyitilgani, ta’lim muhitiga mos tanlangan yondashuvlarni tadqiq etish va uning ahamiyatini ilmiy asoslashi zaruriy shart hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, bolalarga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatishni samarali amalga oshirishda bolalarga nazariy bilim berishdan ko‘ra amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun innovatsion o‘qitish metodlarini joriy etish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilari uchun “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” mavzusiga bag‘ishlangan yorqin rangli, suratli kitoblar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar ishlab chiqilishi lozimligi hamda “har bir maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida, akademik litsey, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida fuqaro muhofazasi xonalari va burchaklarini 21 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference tashkil etish va ularni zamon talablari asosida tegishli o‘quv metodik qo‘llanmalar va vositalar bilan boyitish” choralariga alohida e’tibor berish masalalari belgilangan. Bolalarning oilada, ko‘chada turli noxush xolatlarga tushib qolmasliklari, ularda o‘z-o‘zini muhofaza qilish qobiliyatini shakllantirish maqsadida bog‘chalarda maxsus mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun Fuqaro muhofazasi instituti xodimlari tomonidan “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” parsial o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida hayot xavfsizligi asoslariga oid dastlabki tushunchalarni singdirish maqsadida yaratildi. Dasturning vazifalari quyidagilardan iborat: bolalarni tevarak atrof, tabiat xodisalari bilan tanishtirish, tabiiy ofat va xavf-xatarlar to‘g‘risida tushuncha berish; tabiiy ofatlarning zararli oqibatlariga ongli ravishda munosabatda bo‘lishga tayyorlash; bolalarning o‘z harakatlaridan kelib chiqadigan oqibatlarni idrok etishga o‘rgatish; bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini ta’minlash, tafakkurini rivojlantirish, o‘zini fikrini mustaqil va erkin ifodalash qobiliyatini shakllantirish va h.k. O‘quv parsial dasturidan joy olgan mavzulardan bolalar quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar: xavfli xolatlarning farqlay olish; begonalardan oila a’zolarini farqlay olish; issiq, qaynoq buyumlarni boshqa buyumlardan ajrata olish; transportlardan to‘g‘ri foydalanish va yo‘l qoidalariga rioya etish; shaxsiy – gigiena qoidalariga amal qilish; zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish; yong‘indan saqlanish usullarini bilish; sel, suv toshqinlarida to‘g‘ri harakat qilish va h.k. O‘quv parsial dasturini amaliyotga tadbiq etish uchun kompyuter, videolavhalar, videoroliklardan, amaliy usullardan viktorina, test savollaridan, badiiy adabiyotlardan, didaktik o‘yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Pedagoglar bilan olib boriladigan ishlar: -O‘zini muhofaza qilish bo‘yicha jismoniy tarbiya instruktori rahbarligida bir oyda bir marotaba shug‘ullanish; - “Sog‘lig‘ingizni qanday mustahkamlash mumkin?”, “Hayot bu harakat demakdir” mavzularida maslahatlar uyushtirish; - Zaharlanish, jarohat olganda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish; 22 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference - “Muloqotga kirishish madaniyati” mavzusida psixologning maslahatidan foydalanish. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar - So‘rovnomalar o‘tkazish; - Ko‘rgazmali ma’lumotlardan foydalanish. 1- hafta. “ Bola yolg‘iz ko‘chada”. Dushanba. “Notanish odam uyga kelganda”. Bola uyda yolg‘iz qolganda begona kishi eshikni taqillatsa, bola o‘zini qanday tutishi to‘g‘risida tushuncha berish. “Notanish odam uyga kelganda” mavzusida turli muammoli vaziyatlarni bolalar bilan hal qilish. Bolalar bilan “Men va notanish kishilar” mavzusida turli

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Hayotiy faoliyat xavfsizligi dasturini” joriy etilishining ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Hayotiy faoliyat xavfsizligi dasturini” joriy etilishining ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion yondashuv, ota-ona hamkorligi, metodik ta’minot, tabiiy ofatlar, hayot xavfsizligi, fuqaro muhofazasi, o‘qitish metodlari, yong‘in xavfsizligi, shaxsiy gigiena, maktabgacha ta’lim, yo‘l harakati qoidalari, o‘quv dasturi, pedagogik jarayon, bolalar fikrlashi, ta’lim islohotlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники