К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA NUTQIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA TASVIRIY SANʼATNING AHAMIYATI

EDUCATION SYSTEM · KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA TASVIRIY · SANʼATNING AHAMIYATI · Masharipova Sevinch

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Bu maqolada boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining nutqini rivojlantirishda tasviriy san’at namunalaridan foydalanishning maqsadi hamda metodik tavsiyalar haqida soʻz boradi. Kalit soʻzlar. Kompetensiya, tasviriy san’at, nutq, texnologiya. Har qaysi mamlakatda olib boriladigan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida, avvalambor, ta’lim tizimi va turlarini yanada takomillashtirish eng muhim va dolzarb masalalardan biri boʻlib qolaveradi. Shu nuqtai nazardan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning: “Agar mendan sizni nima qiynaydi, deb soʻrasangiz, farzandlarimizning ta’limi va tarbiyasi deb javob beraman”, deya aytgan e’tiroflari, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot zamirida oʻsib kelayotgan yosh avlodning kelajagi, mukammal bilim sohiblari boʻlib kamol topishlari va yorqin istiqboli masalasi yotganligini koʻrsatadi. Boshlang’ich sinflarda tasviriy san’atni oʻqitishning oʻziga xos xususiyatlari, avvalo bu sinflardagi ta’lim mazmuni kichik maktab yoshidagi bolalarning yoshlik xususiyatlari va psixologiyasi, qiziqishi, ulardagi mavjud bilim va qobiliyat hamda layoqatlariga qarab belgilanadi. Ma’lumki, bolalarda tasviriy faoliyatga, xususan rasm chizishga ishtiyoq nihoyatda erta boshlanadi. Uni 2- 3 yoshlardan boshlanishi tarixdan ma’lum. Shunisi xarakterliki, bolalar oʻqish va yozishdan koʻra rasm chizishni juda yoqtiradilar. Biroq ular chizadigan rasmlarning davomiyligi juda qisqa boʻladi, 1-2 minut, koʻpi bilan 4-5 minutda har qanday rasmni tugallab qoʻyadilar. Bolalar tomonidan chizilgan rasmlar savodli boʻlmasa-da, biroq mazmunan biron-bir koʻrinishni, voqeani yoki buyumni oʻz iqtidorlariga yarasha, ularning xarakterli belgilarini tasvirlay oladilar. Oʻqituvchilar uchun namoyish etiladigan narsalar va tasvirlar avvalo mashg’ulot mavzusi bilan bog’liq holda boʻlib, ular oʻz tuzilishi, shakli, rangi, oʻlchovlari bilan sodda, tushunarli, bolalarda his-hayajon uyg’otadigan boʻlishligi maqsadga muvofiqdir. Eng muhimi, bunday materiallar oʻquvchilarni oʻylashga majbur etadigan, bolalarni yangi tushunchalar bilan boyitadigan boʻlishligi 53 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference muhim. Namoyish etiladigan narsalar, ularning tasvirlari haqidagi ma’lumotlarni bolalarga og’zaki yetkazishda ularning tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tahlil bevosita narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, oʻlchovlari, ularning mohiyati haqida savol-javob tarzida oʻtkazilishi maqsadga muofiqdir. Ya’ni oʻquvchilarga chizgan narsalari yoki rasmda koʻrayotgan predmet yuzasidan savollar berish yoki ularni ta’riflab berishi orqali ham og‘zaki nutqini oʻstirishga erisha olamiz. Nutqiy kompetensiya til ta’limining quyidagi 4 komponentini rivojlantirishni nazarda tutadi: 1) tinglab tushunish (eshitilgan va eshittirilgan nutqni, tinglangan matndagi asosiy axborotni, dolzarb mavzulardagi radio va teledasturlarni tushunish); 2) gapirish (monologik, dialogik ogʻzaki nutq turlarida oʻz shaxsiy qarashlari va fikrlarini bildirish, mavzu doirasida taqdimot qila olish koʻnikmalarini rivojlantirish); 3) oʻqish: mavzuga oid materiallarni, adabiy-badiiy matnlarni, ommabop materiallarni (gazeta, hikoya, shaxsiy va elektron xatlarni) oʻqish; 4) yozish (diktant, bayon, insho yoza olish, ijodiy matnlar tuza olish, rasmiy ish qogʻozlarini yuritishni bilish). Tasviriy san’at orqali nutqiy kompetensiyaning aynan gapirish komponentini rivojlantirish mumkin. Rasmlar asosida va oʻqib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida oʻzlashtirgan yangi soʻzlarni og‘zaki nutqda qoʻllay oladi. Buning uchun tasviriy san’at darslarini toʻg‘ri tashkil qila olish muhim ahamiyatga ega. Darsni tashkil qilishdan asosiy maqsad quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Masalan, a) oʻquvchilarga mavzu haqida (umumiy, toʻliq, qisman) ma'lumot berish; b) berilgan bilimlar asosida oʻquvchilarda badiiy estetik dunyoqarashni shakllantirish; d) oʻquvchilarda turli koʻnikma va malakalami hosil qilish; e) yoshlami har tomonlama rivojlantirish, ayniqsa, mustaqil va ijodiy fikrlashga oʻrgatish; f) oʻquvchilaming ijodiy qobiliyatlarini oʻstirish, ularning estetik hislarini rivojlantirish; g) yosh avlodni kelgusida kasb tanlashga toʻg‘ri yoʻllash va hokazo. Darsning tushunarli va mazmunli bo‘lishi uchun quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: og‘zaki (bayon qilish, tushuntirish, ma’ruza, suhbat), ko‘rgazmali (illyustratsiya, namoyon qilish), amaliy (tajribalar, 54 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference mashqlar va h.k.). Mantiqiy (Logik) metodlar: induktiv - aniq faktlardan umumiylikka, deduktiv - umumiy tushunchalardan faktlarga, analitik - faktlar asosida mavzuni chuqur o'rganish kabilarni o‘z ichiga oladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Sh.M.Mirziyoyev. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. Toshkent – “Yoshlar nashriyot uyi”, 2019. 2. B.N.Oripov. Tasviriy san’atni o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyasi, didaktikasi va metodika

Доказательный фрагмент

«Bu maqolada boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining nutqini rivojlantirishda tasviriy san’at namunalaridan foydalanishning maqsadi hamda metodik tavsiyalar haqida soʻz boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu maqolada boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining nutqini rivojlantirishda tasviriy san’at namunalaridan foydalanishning maqsadi hamda metodik tavsiyalar haqida soʻz boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nutq, tasviriy san’at, Kompetensiya, texnologiya.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники