К содержанию
РецензированоUZ2026

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI IQTISODIYOTDA TUTGAN O‘RNI

TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH · Boltayev Telman Ibrohimovich

Модели и методы в современной науке · 3 · 276-284 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekistonda kichik biznesni tashil etish, uning rivojlanish bosqichlarida investisiyalarning ahamiyati hamda uni tashkil etishning investision omillari, kichik biznes sub’ektlarining investision jozibadorligini oshirishda va uni moliyalashtirish manbalarini optimallashtirish, investisiya bozori infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha mavjud muammolarni yechish usullari ochib berilgan. Tayanch so‘zlar: Investisiya, xo‘jalik sub’ekt, kichik biznes, investision jozibadorlik, investisiya muhiti, investisiya bozori infratuzilmasi, IT, iqtisodiyot, modernizatsiyalash, eksport, moliya, bozor, Ilm-fan, Tijorat banklar. Bugungi kunda mamalakatlar iqtisodiyoti taraqqiyotining eng muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida kichik biznesni rivojlantirish masalalari e‟tirof etilmoqda. Kichik biznesni jahon andozalariga mos ravishda tashkil etish va rivojlantirish bevosita investision omillar bilan bogʻliq jarayon hisoblanadi. Shu ma‟noda kichik biznesni samarali investisiyalash Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini belgilab beruvchi muhim kuchga aylanadi. Har qanday mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining darajasi ayni shu mamlakatda tadbirkorlik qay darajada taraqqiy etganligidan dalolat berib turadi. Sir emaski, iqtisodiyotning jadal surʼatlar bilan rivojlanishi uning tarkibidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari ulushining ko„payib borishi bilan belgilanadi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining kun sayin koʻpayib borishi esa, oʻz navbatida, mamlakatda yaratilgan ishbilarmonlik muhitiga koʻp jihatdan bogʻliq boʻladi. Bugungi kunda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 53,3 foizni tashkil etmoqda. Xalqaro amaliyotda yirik moliya muassasasi hisoblangan Jahon banki tomonidan kichik va oʻrta biznes subʼektlarini kreditlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ishlar koʻlami yildan-yilga koʻpayib bormoqda. Ushbu ishlar natijasida jahon amaliyotida, kichik va oʻrta biznes sub‟ektlarini kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish, kreditlardan samarali foydalanish bilan bogʻliq jihatlariga aʼlohida eʼtibor qaratilmoqda. Lekin, shunga qaramasdan banklar tomonidan kichik biznes subʼektlariga xizmat koʻrsatish madaniyati va bank tizimiga boʻlgan ishonchini yanada 72 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference oshirishda bir qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda. Xususan, kreditlarni ajratish boʻyicha qarorlar qabul qilishda vakolatlarning haddan tashqari markazlashganligi bosh banklar va ularning filiallari oʻrtasidagi javobgarlikning aniq chegaralanishiga toʻsqinlik qilayotganligi, kredit buyurtmalarini koʻrib chiqishning murakkablashgan mexanizmlari kreditlarni tezkor olish imkoniyatini chegaralayotganligi, kichik biznesni kreditlashning dolzarb muammolari yuzasidan izlanishlar olib borish, xalqaro tajribani oʻrganish va uni respublika bank xizmatlari bozorida qoʻllash yuzasidan takliflar ishlab chiqish muhim omil hisoblanadi. Bu borada investisiyalarning oʻrni beqiyosdir, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanayotganligi, barqaror iqtisodiy oʻsish va mahalliy hamda xorijiy investisiyalar hajmi yildan-yilga oshib borishi real sektordagi investision jarayonlarni faollashtiradi. Investision jozibadorlikni oshirish yoʻli orqali iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shu jumladan, Prezidentning O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznesinkubatorlar tizimini rivojlantirish. Sharoiti og‘ir bo‘lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida faktoring amaliyotini rivojlantirish. 2026- yilga borib tadbirkorlik subyektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 27,5 foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish. Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish. Tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur ma’lumotlarni erkin foydalanishga chiqarish. Qurilish faoliyatida qurilish nuqsonlari yoki muammolarining oldini olish. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo‘l ochish. Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish. Kichik biznes davlatning bozor va xo‘jalik yurituvchi tizimlarining hayotiy asosi bo‘lib xizmat qilib, bozor munosabatlarining asosiy shartlaridan biri bo‘lgan, talab va taklifdagi manfaatlar muvozanatini inobatga oladigan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish kabi birlamchi ijtimoiy-iqtisodiy funksiyani o‘z ichiga oladi. Davlat tomonidan kichik biznes korxonalarining investision jozibadorligini oshirish uchun kerakli choralarning ko‘rilishi, kichik biznesga kredit ajratishni oshirishga va k

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekistonda kichik biznesni tashil etish, uning rivojlanish bosqichlarida investisiyalarning ahamiyati hamda uni tashkil etishning investision omillari, kichik biznes sub’ektlarining investision jozib…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekistonda kichik biznesni tashil etish, uning rivojlanish bosqichlarida investisiyalarning ahamiyati hamda uni tashkil etishning investision omillari, kichik biznes sub’ektlarining investision jozib… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yalpi ichki maxsulot, Iqtisodiyot, daromad, bozor iqtisodiyoti., kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, tashkiliy iqtisodiy mexanizm, tartibga solish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники