Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILA VA FARZAND TARBIYASINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
Najmitdinova Marjona Ulug‘bek qizi · Eshonkulova Nurjaxon Abdujabborovna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila va farzand tarbiyasining jamiyatdagi o‘rni, uning huquqiy asoslari va davlatning bu sohadagi vazifalari ilmiy tahlil qilingan. Konstitutsiyada oilaning ahamiyati ta’kidlashnishi, davlat oilani ijtimoiy, huquqiy va madaniy jihatidan himoya qilishi yoritilgan. Kalit so‘zlar: Konstitutsiya, oila, tarbiya, baxt-saodat, sotsial munosabatlar, millat, totuvlik, jamiyat. Oila – xalqimizning azaliy oliy qadriyatlaridan biri, biz uchun muqaddas dargoh, vatan ichidagi kichik vatan. Oilaning mustahkamligi, oila a’zolari orasidagi o‘zaro muhabbat, hurmat va bir-biriga g’amxo’rlik qilishning jamiatda tinchlikni, barqarorlikni saqlashdagi rolini Abdurauf Fitrat shunday ta’riflaydi: “Qayerda oila munosabati kuchli intizom va tartibga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo‘ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l qo‘ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi” . Ayniqsa, bugungi globallashgan dunyoda milliy o‘zligimizga, qadriyatlarimizga, bo‘layotgan ma’naviy tahdidlar ostida axloqiy me’yorlarimizga mutlaqo zid qarashlarning ijtimoiy hayotimizda ildiz otishining oldini olish avallo, xalqimizning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. “Tinchlik va totuvlik esa, shu millat oilalarining intizomiga tayanadi” . Shu nuqtai nazardan, qonunchiligimizda oila va farzand tarbiyasining konstitutsiyaviy asoslarining yaratilganligi hamda shu orqali jamiyatimizda oilaviy munosabatlarning huquqiy bazasi mustahkamlanganligi beqiyos ahamiyatga ega. 115 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan. Yangi Konstitutsiyaning Uchinchi bo’lim XIV bobi. “Oila, bolalar va yoshlar”- deb nomlangan . O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oila va farzand tarbiyasining jamiyatdagi o‘rnini huquqiy asoslarini va davlatning bu sohadagi vazifalarini belgilaydi. Konstitutsiyada oilaning ahamiyatini ta’kidlash orqali davlat oilani ijtimoiy, huquqiy va madaniy jihatidan himoya qiladi. Konstitutsiyaning 76-moddasida ta’kidlanganidek, “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir” . Ushbu modda oila va bolalarga doir davlat siyosatining eng muhim mazmun mohiyatini ifodalaydi. Davlatimizda bu borada olib borilayotgan islohatlar, oilaning har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy takomili, huquqiy negizlari mustahkamligini ta’minlashga, farzandlarimizni jismoniy va ma’naviy to‘laqonli muhofaza etishga, ularning komil inson bo‘lib voyaga yetishlari uchun zamin yaratishga, ularning iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarishni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan. Xususan, Bosh Qomusimizning 77-moddasida “Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdir’’ , deyiladi. Shuningdek, 78-moddaga ko’ra, “Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqorolik holatidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarni ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir” . Bu esa nafaqat davlatning o‘z fuqarolari oldidagi majburiyatini belgilaydi, balki yoshlarimizning ham davlat oldidagi burchdorligini oshirishga, ularni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Konstitutsiyaning 79-moddasida ta’kidlanganidek, “Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi” . Yurtimizda yoshlarning intelektual, ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ta’lim olishini rag’batlantirish borasida olib borilgan sayi harakatlar samarasi o‘laroq ko‘plab o‘quvchilar nufuzli xalqaro tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar. “Misol uchun, Andijondan Durdona Muxtorxo‘jaeva, Buxorodan Firdavs Sobirov, Doniyor Ismoilov, Sirdaryodan Ilg‘or Qodirqulov, Nabixon Nabixonov, Toshkent 116 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference shahridan Nodira Sa’dullaeva, Iskandar Bo‘riev, Dilshod Xo‘jaqulov, Rail Xashaev fizika, matematika va kimyo bo‘yicha xalqaro olimpiadalarning oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldilar. Bunday zukko va bilimdon farzandlarimiz bilan har qancha faxrlansak, arziydi” . Xalqimizda “Vatan ostonadan boslanadi”, degan bir naql bor, kelajak avlodlarimizning intelektual yetuk, jismoniy sog‘lom, faol va salohiyatli bo‘lishlari bilan birga, milliy oilaviy qadriyatlarimizga sodiq, o‘z ota-onalariga, yaqinl
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila va farzand tarbiyasining jamiyatdagi o‘rni, uning huquqiy asoslari va davlatning bu sohadagi vazifalari ilmiy tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila va farzand tarbiyasining jamiyatdagi o‘rni, uning huquqiy asoslari va davlatning bu sohadagi vazifalari ilmiy tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- zbekiston respublikasi, oila farzand, farzand tarbiyasining, tarbiyasining jamiyatdagi, davlatning sohadagi, konstitutsiyada oilaning, davlat oilani
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025