Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QISHLOQ XO’JALIGI KOOPERATIVINI TASHKIL ETISHNING BOZOR IQTISODIYOTIDAGI AFZALLIKLARI.
IQTISODIYOTIDAGI AFZALLIKLARI. · Boymatov Xoliyor Qurbonovich
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Kooperativlar o'zaro yordam va demokratik boshqaruv tamoyillariga asoslangan noyob tashkilot shaklidir. An'anaviy tijorat korxonalaridan farqli o'laroq, kooperativlar o'z a'zolariga tegishli bo'lib, ular tomonidan boshqariladi, umumiy maqsad – maksimal foyda olish emas, balki qishloq joylarda bandlikni ta’minlash, ishtirokchilarning ehtiyojlarini qondirish, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish va xizmat turlarini shakllantirishdan iborat. Ushbu maqola qishloq xo’jaligi kooperativlarining bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatli jihatlarini o’z ichiga olgan. Kalit so’zlar: qishloq xo’jaligi kooperativi ,kooperativ a’zosi,kooperativ ustavi, to’lanadigan pay. Qishloq xo'jaligi iste'molchilarini rivojlantirishning muhim roli kooperativlar,fermer va shaxsiy yordamchi xo 'jaliklar faoliyati samaradorligini oshirish, qishloq hududlarining barqaror rivojlanishini ta' minlashda qishloq xo’jaligi kooperativlarini qisqa ta'minot zanjirlariga kiritish, xom ashyo ishlab chiqarishdan chakana savdoga qadar qo'shilgan qiymatni shakllantirishning butun tsikli mahalliy darajada mahalliylashtirilib, qishloq hududlarini rivojlantirishga yordam beradigan alohida ahamiyatga ega. O’zbekistonda qishloq xo’jaligini isloh qilish va bu sohada bozor mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizninng iqtisodiy rivojida, aholi bandligini ta’minlashda, qishloq xo’jaligida qo’shilgan qiymat zanjirini yaratishda qishloq xo’jaligi kooperativlarning rolini rivojlantirib borishimiz zarur. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Qishloq xoʻjaligi kooperativi qishloq xoʻjaligining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir. Kooperativ a'zolarining moddiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo'jalik faoliyati uchun ularning mulk ulushi badallarini birlashtirish asosida tashkil etilgan tashkilot. Qishloq xoʻjaligi kooperativlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish boʻyicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadida qishloq 131 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan tuziladi. Qishloq xo‘jaligi kooperativi- qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshirish uchun pay usuliga, jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan mustaqil tijorat tashkiloti ; Qishloq xo‘jaligi kooperativi a’zosi- pay badali kiritgan, qishloq xo‘jaligi kooperativiga ovoz berish huquqi bilan qabul qilingan va qishloq xo‘jaligi kooperativining majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs : Qishloq xo’jaligi kooperativni tashkil etish tartibi Kooperativ huquqiy shaxs sifatida tashkil etiladi. Buning uchun davlat xizmatlari markaziga qonunda belgilangan tartibda ariza bilan muroajat qilinadi. Mazkur arizaga kooperativning tasdiqlangan ustavi, kooperativ boshqaruvini, kooperativ boshqaruvi raisini va kooperativning kuzatuv kengashini saylash to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek kooperativ muassislari ta’sis yig‘ilishining bayonnomasi ilova qilinadi. Qishloq xo’jaligi kooperativi kamida etti nafar jismoniy shaxsdan iborat bo’lganda tashkil etilishi mumkin. Shu jumladan huquqiy shaxslardan tashkil topishi ham mumkin. Qo‘shma kooperativ tashkil etilganda kamida uchta kooperativdan iborat tarkibda shakllantiriladi. Kooperativ tashkil etish istagini bildirgan jismoniy va yuridik shaxslar ta’sis qo‘mitasini tuzadi. Ta’sis qo‘mitasining vazifalari jumlasiga quyidagilar kiradi: kooperativ ustavining loyihasini tayyorlash; tashkil etiladigan kooperativ muassislarining ta’sis yig‘ilishini tayyorlash va o‘tkazish; Kooperativ muassislarining ta’sis yig‘ilishi: kooperativni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; kooperativ ustavini tasdiqlaydi; kooperativ ustavi tasdiqlangan hujjatga o‘z ismi, familiyasi va manzillarini ko‘rsatgan holda, yuridik shaxslarga nisbatan esa o‘z vakillarining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatni ko‘rsatgan holda imzo qo‘ygan ta’sis yig‘ilishi ishtirokchilarini kooperativ a’zoligiga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; kooperativning boshqaruv organlarini, shu jumladan kooperativ boshqaruvini, kooperativ boshqaruvi raisini va kooperativning kuzatuv kengashi a’zolarini saylaydi. 132 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Ustav-kooperativning ta'sis hujjati hisoblanadi.O’zbekiston respublikasining “Qishloq xo’jaligi kooperativi to’g’risidagi qonunnig 9- moddasida hujjatda bo'lishi kerak bo'lgan ma'lumotlar keltirilgan: • Tashkilot nomi. • Faoliyatning predmeti, muddatlari va maqsadlari. • ulushli badallar miqdori. • bo'linmas badallarni shakllantirish shartlari. • subsidiar javobgarlik shartlari. • boshqaruv organining tarkibi. • Ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari. • Tugatish shartlari. Ustavga o'zgartirishlar kiritilishi mumkin. Biroq, bu umu
Доказательный фрагмент
«Kooperativlar o'zaro yordam va demokratik boshqaruv tamoyillariga asoslangan noyob tashkilot shaklidir.»
Образец извлечения
Демо-превьюKooperativlar o'zaro yordam va demokratik boshqaruv tamoyillariga asoslangan noyob tashkilot shaklidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qishloq xo’jaligi kooperativi, kooperativ ustavi, kooperativ a’zosi, to’lanadigan pay.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026