К содержанию
РецензированоUZ2026

MIRZO ULUG‘BEKNING IJTIMOIY ISLOHOTLARI, ZAMONAVIY JAMIYAT UCHUN AHAMIYATI (IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL).

Hamdamov Islom Akramovich

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Mirzo Ulugbek left a significant mark in history as a just ruler, patron of science and social reformer. The reforms he carried out during his reign had a great impact on all aspects of society, including science, architecture, urban planning, and landscaping, establishing stability in the country and improving the lifestyle of the population. The ideas of justice, humanity, and 172 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference goodness developed in society, and the spiritual thinking of the people rose. He himself, as a versatile scientist, was an outstanding scientist and thinker of the Middle Ages, who directly contributed to the development of such scientific fields as astronomy, mathematics, geometry, literature, music, and history. The personality of Mirzo Ulugbek and his scientific and spiritual heritage remain relevant even in today's era of globalization. Keywords: social, scientific and spiritual heritage, "Zij", science, architecture, urban planning, landscaping, ideas of justice, humanity, goodness. Samarkand madrasa, observatory, philosophy, astronomy, mathematics, history, Renaissance. Ulkan saltanatning vorisi Mirzo Ulug‘bek qariyb qirq yil mobaynida Movarounnahr adolatli, insonparvar, donishmand hukmdori sifatida xalqning tinchligi, totuvligi, madaniyatni taraqqiy toptirish yo‘lida ulkan shijoatini ko‘rsatdi. Mirzo Ulug‘bek asli ismi Muhammad Tarag‘ay, Amir Temurning besh yillik yurishida tarixiy Eronning Sultoniya shahrida tug‘ilgan. Mirzo Ulug‘bekning tug‘ilishi haqida quyidagi tarixiy manbalar keng ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan, SHarafuddin Ali YAzdiyning “Zafarnoma”[9], Hofizi Abruning “Zubdat at-tavorix”[2-326] asarlarida keng yoritilgan. Amir Temur hozirgi Iroqning Mordin qal’asini zabt etishi vaqtida, bo‘lajak davlat arbobi va buyuk mutafakkir dunyoga keldi va Sohibqiron ushbu shahar aholasiga omonlik berib, adolatli qaror qabul qilib, o‘zining mashhur “Kuch adolatda” shioriga sodiq qolgan edi edi. Mirzo Ulug‘bek Soqironning sevimli nabirasi bo‘lganligini, Ibn Arabshohning “Ajoib al-maqdur fi tarixi Tamur”[7] asarida keltirilgan ma’lumotlardan ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, asarda ko‘proq siyosiy masalalar yoritilgan bo‘lsada, oddiy xalq hayoti, ushbu davrdagi to‘ylar, bazmlar haqida ham ma’lum darajada tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Jumladan, muallif Mirzo Ulug‘bekning nikoh to‘yiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, jonli guvohi bo‘lgan. Ibn Arabshohnnng hokimlar, katta er egalarining dabdabali hayotini yaqqol yoritib o‘tadi. Anglashimiz mumkinki, ushbu tadbirlar bir tomondan hukumron sinflar shon-shuxratinini ko‘rsatsada, ikkinchi tomondan dabdabali tadbirlarda oddiy mehnatkash xalq ommasining ishtirok etishi jamiyatdagi ijtimoiy adolatni ko‘rsatib beradi. Ibn Arabshoh to‘y marosimini quyidagicha tasvirlaydi: Keyin u o‘g‘li SHohruxnnng farzandi, o‘ziningng ziyrak nabirasi Ulug‘bekni uylantirishga kirishdi. Temur Samarqand ahliga zebi- ziynatga o‘ralishini ular ustidan jabru sitamlarni ko‘tarib, soliq va to‘lovlardan ozod qilishni, ularga omonlnk bisotini yozishni, aholidan katayu- kichik, yuqori-quyi kishilarga fazlu ehson bilan muomala qilishni, o‘z erlarida qilich yalang‘ochlamaslik, zulm va nohaqlik joriy qilmasliklari, hamda ularga o‘z zebu-ziynatlari bilan Samarqand etagida joylashgan Konigil deb ataladigan joyga 173 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference chiqishlarini amr qildi. ....so‘ngra Temur podshohlar, sultonlar, toju taxtlar egalari bo‘lgan ustunlarga boqqa chiqib, unda yoyilishlarini amr qildi[4]. Mirzo Ulug‘bek Temuriylar sulolasidan etishib chiqqan, davlat arbobi va buyuk dahodir. Mirzo Ulug‘bek ezgulik, insonparvarlik, adolat, sahiylik timsoli edi. CHunki, aynan unga ushbu xususiyatlar Sohibqiron va ustozlarining ma’naviy tarbiyasining mahsuli edi. Amir Temur ta’kidlashiga ko‘ra: ... saltanatga da’vogarlik qilgan har bir kishi saltanat sha’ni-martabasiga loyiq ish tutishi va unga muvofiq bo‘lishi zarur. Uzoqni ko‘rolmagan hukmdor yaqinlari balolariga giriftor bo‘ladi. Ammo yaqinni ko‘rib ish tutgan hukmdor ham xato qiladi. Amir Temur nabirasiga har doim toleingda bitilgan bo‘lsa hukmdor bo‘lursan, ammo kim bo‘lmagin musulmon bo‘l, hech kimsaga haqsizlik qilma, sababsiz ranju ozor etkazma, to‘g‘rilik to‘nini kiygin. Faqirlar va ojizlarga har qanday sharoitda muruvvat ko‘rsat, - deb ta’lim-tarbiya bergan edi. Mirzo Ulug‘bek bobosining qo‘l ostingdagilarning qalbiga faqat yaxshilik bilan joy top, aks holda quvvutsiz qolursan va unutilarsan, degan yo‘l yo‘rig‘ini yoshlik chog‘idan botinan va ruhan o‘zlashtirib, butun hayoti davomida ularga qat’iy amal qilgan. Demak, Mirzo Ulug‘bekning ijtimoiy-siyosiy faoliyati va alloma bo‘lib shakllanishida ushbu o‘gitlar muhim ahamiyat kasb etgan. Mirzo Ulug‘bek hokimlik qilgan davrda, mamlakat tashqi va ichki mudofaasini mustahkamladi, oqilona siyosat yurgizganligi sababli, mamlakatda qirq yil hukumronlik qildi. Mirzo Ul

Доказательный фрагмент

«Mirzo Ulugbek left a significant mark in history as a just ruler, patron of science and social reformer.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mirzo Ulugbek left a significant mark in history as a just ruler, patron of science and social reformer. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
social, scientific and spiritual heritage, "Zij", science, “Zij”, rasadxona, ijtimoiy, obodonchilik, ilmiy-ma’naviy meros, shaharsozlik, astranomiya, matematika, tarix, ilm-fan, falsafa, renessans., adolat, ezgulik g‘oyalari. Samarqand madrasasi, insonparvarlik, me’morchilik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники