Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MASOFADAN TURIB ISHLASHDA HAMKORLIK QILISH TARTIBI
Jo‘raev Islombek Anvar o‘g‘li
Академические исследования в современной науке · 2002
Аннотация
mazkur maqolada masofadan turib ishlashda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va olib borishga oid hamkorlik qilish tartibi bilan bog‘liq qoidalar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: masofadan turib ishlash, masofadan turib ishlovchi xodim, qat’iy belgilangan vaqt, moslashuvchan vaqt, hamkorlik, aloqa. 2002 yilda Yevropa Ittifoqida Masofaviy mehnat to‘g‘risidagi hadli bitim imzolandi. Mazkur bitimga a’zo davlatlar o‘z milliy qonunchiligi va jamoa kelishuvlariga masofadan turib ishlovchi xodimlar uchun quyidagi “kafolatlarning minimal paketi”ni taqdim qilish majburiyati olishdi: axborotni muhofaza qilish; masofadan turib ishlashning ixtiyoriy ekanligi; jihozlash (xodim o‘zining shaxsiy jihozlaridan foydalanishni istisno etganda, doimiy asosda masofadan turib ishlash uchun ish beruvchi jihozlarni taqdim etish, o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish majburiyatini oladi); ish vaqtini tashkil etish (masofadan turib ishlovchi xodim o‘z ish vaqtini mustaqil boshqaradi); shaxsiy hayot daxlsizligi (ish beruvchi shaxsiy hayot daxlsizligini hurmat qilishga majbur, masofadan turib ishlovchi xodimga nisbatan har qanday monitoring tizimidan foydalanish uning maqsadiga mutanosib bo‘lishi va tegishli qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak) . O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 460-moddasida masofadan turib ishlovchi xodim va ish beruvchining hamkorligiga (Right to connect) oid asosiy qoidalar o‘rin olgan. Masofadan turib ishlovchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida ish beruvchi va xodimning ishchi aloqalari usullari va muddatlari nazarda tutilishi mumkin. Masalan, mehnat shartnomasi taraflarining elektron aloqalari “ZUM”da videokonferensiya qilish, messenjerlar (Telegram, WhatsApp) orqali ma’lumotlar almashish, elektron xatlar almashish orqali amalga oshirilishi mumkin. Ish beruvchi mehnat shartnomasida masofadan turib ishlovchi xodim bilan aloqada bo‘lishning davriyligi (har kuni, ikki kunda bir, haftada bir), muddati va aloqaga chiqish vaqtini belgilab qo‘yishi mumkin. 67 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Hamkorlik shundan iboratki, garchi ish beruvchi va xodimni masofa bir-biridan ajratib tursa-da, ular ish vaqtining ma’lum bir qismida axborot- telekommunikatsiya vositalari orqali o‘zaro aloqa bog‘lash imkoniyati bo‘lishi talab etiladi. Mazkur vaqt davomida ular o‘zaro hujjat almashadi, topshiriqlarni beradi va oladi, ishlarni bajarganlik haqida ma’lumotlarni taqdim etadi. Hamkorlik qilish tartibi tashkilotning Masofadan turib ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda, masofadan turib ishlash haqidagi mehnat shartnomasida belgilanadi. Hamkorlik qilish tartibida mehnat shartnomasida belgilangan ish vaqtining ma’lum qismida masofadan turib ishlovchi xodim ish beruvchining qo‘ng‘iroqlariga, elektron xatlariga va boshqa so‘rovlariga javob berishi lozim bo‘ladi. Shuningdek, masofadan turib ishlovchi xodim mehnat vazifasini bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ish beruvchining so‘rovlariga ham shu vaqt ichida javob berishi talab etiladi. Mehnat shartnomasida belgilangan ish vaqti ichida belgilangan muayyan vaqtdan, ya’ni hamkorlik qilish tartibida belgilangan vaqtdan tashqari xodim ish beruvchining telefon qo‘ng‘iroqlariga, elektron xatlariga va har qanday shaklda amalga oshirilgan so‘rovlariga javob berishga majbur emas (Right to disconnect). “Ishda Xavfsizlik va Salomatlik Yevropa Agentligi”(EU-OSHA) hisobotiga ko'ra (EU-OSHA, 2021), pandemiya inqirozi boshlanishidan oldin, aloqada bo‘lmaslik huquqini (Right to disconnect) tartibga solgan faqat to‘rtta mamlakat (Belgiya, Fransiya, Italiya va Ispaniya) bor edi. 2020 yildan boshlab, Belgiya, Xorvatiya, Gretsiya, Irlandiya (Amaliyot kodeksi), Portugaliya, Slovakiya va Ispaniyada aloqada bo‘lmaslik huquqi bo'yicha yangi qonunchilik qabul qilindi. Gretsiya va Slovakiyadan tashqari barcha mamlakatlarda aloqada bo‘lmaslik huquqi rasmiy ravishda barcha xodimlarga qo'llaniladi. Gretsiya va Slovakiyada esa bu huquq asosan telexodimlarga qo‘llaniladi . Hamkorlik qilish tartibida belgilangan aloqada bo‘lish vaqti tugaganidan keyin ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi munosabatlar ish vaqtidan tashqari ishlashga oid normalar bilan tartibga solinadi. Xodim uchun belgilangan ish vaqtidan tashqari ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar qo‘shimcha ish hisoblanadi va xodimni qo‘shimcha ishlarga jalb qilish ish vaqtidan tashqari ishlashga oid Mehnat kodeksining 189-190-moddalari bilan tartibga solinadi . Masofadan turib ishlovchi xodim tomonidan hamkorlik qilish tartibini buzganlik uchun intizomiy javobgarlik kelib chiqadi. Biroq hamkorlik qilish tartibi masofadan turib ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomasi taraflari tomonidan kelishilmagan bo‘lsa yoki xodim Masofadan turib ishlash haqidagi Nizom bilan tanishtirilmagan bo‘lsa, xodimning o‘z vaqtida ish beruvchining telefon 68 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qo‘ng‘iroqlariga, ele
Доказательный фрагмент
«mazkur maqolada masofadan turib ishlashda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va olib borishga oid hamkorlik qilish tartibi bilan bog‘liq qoidalar tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюmazkur maqolada masofadan turib ishlashda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va olib borishga oid hamkorlik qilish tartibi bilan bog‘liq qoidalar tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qat’iy belgilangan vaqt, masofadan turib ishlovchi xodim, masofadan turib ishlash, aloqa., hamkorlik, moslashuvchan vaqt
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024