К содержанию
РецензированоUZ2026

KASB-HUNAR MAKTABI O‘QUVCHILARIGA YOG‘OCH O‘YMAKORLIGI FANINI CORELDRAW DASTURI ORQALI O‘QITISH METODIKASI

Abdurashidxonova Muslima Baxodirxon qizi

Академические исследования в современной науке · 03 · 130-137 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada kasb-hunar maktabi o‘quvchilariga yog‘och o‘ymakorligi fanini zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan, CorelDRAW dasturi yordamida o‘qitish metodikasi yoritilgan. An’anaviy ta’lim usullari bilan raqamli texnologiyalarni uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: grafik dasturlar, innovatsion ta’lim, kreativ, kompetensiya, kommunikatsiya, interfeysi, diagramma, metodika, dispersiya, eksperiment. Kasb-hunar ta’limi tizimi jamiyatning rivojlanishi va iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilarga nafaqat nazariy bilim berish, balki ularni amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish ham dolzarb masalalardan biridir. Xususan, milliy hunarmandchilikning eng qadimiy turlaridan biri bo‘lgan yog‘och o‘ymakorligi san’ati bo‘yicha ta’lim jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, an’anaviy uslublarni innovatsion yondashuvlar bilan boyitish zarurati mavjud. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va ularning ijodiy faoliyatini kengaytirish imkoniyatini beradi. Zamonaviy ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish o‘quv jarayonini takomillashtirish va sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqib, grafika va dizayn sohasida keng qo‘llaniladigan CorelDRAW dasturidan foydalanish yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishda katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu dastur turli naqsh va bezaklarni chizish, ularni raqamli formatda yaratish, tahrirlash va amaliy qo‘llash imkoniyatini beradi. O‘quvchilarga CorelDRAW dasturidan foydalanishni o‘rgatish orqali ularning nafaqat an’anaviy yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha bilimlari kengayadi, balki zamonaviy dizayn va texnologiyalarni o‘zlashtirish ko‘nikmalari ham shakllanadi. Kasb-hunar maktablarida yog‘och o‘ymakorligi fanini CorelDRAW dasturi orqali o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. O‘quvchilarga grafik dizayn va hunarmandchilik sohasida zamonaviy texnologiyalarni o‘rgatishning afzalliklari, metodik yondashuvlar va amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligi ilmiy asosda yoritiladi. 70 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Shu bilan birga, ushbu uslubning o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi va kasbiy mahoratini rivojlantirishdagi o‘rni ham ko‘rib chiqiladi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi – yog‘och o‘ymakorligi fanini interaktiv va innovatsion yondashuv asosida o‘qitish imkoniyatlarini o‘rganish, CorelDRAW dasturidan samarali foydalanish metodikasini ishlab chiqish hamda kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining amaliy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilishdir. CorelDRAW dasturining imkoniyatlari va texnologiya ta’limida qo‘llanilishi bo‘yicha adabiyotlar mavjud. Masalan, M.Mamarajabov, M.Ashurov, U.Umarova larning “CorelDraw dasturi va uning imkoniyatlari” nomli metodik qo‘llanma CorelDRAW dasturining funksiyalari va undan foydalanish usullari haqida batafsil ma’lumot beradi. Ushbu qo‘llanma laboratoriya mashg‘ulotlari va ularni tashkil etish metodikasini ham o‘z ichiga oladi. F.F.Meliev, U.J.Asqarov, J.M.Maxmudov tomonidan ishlab chiqilgan “Kompyuter grafikasi. CorelDRAW dasturi” nomli o‘quv qo‘llanma informatika va axborot texnologiyalari sohasida grafik dizayn asoslarini o‘rgatishga mo‘ljallangan. Shu kabi yondashuv yog‘och o‘ymakorligi san’atini zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘qitishda ham qo‘llanilishi mumkin. CorelDRAW dasturining vositalari orqali yog‘och o‘ymakorligi naqshlarini yaratish, ularni chizish va tahrirlash imkoniyatlari mavjud. Shunday qilib, ushbu dastur yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha o‘quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Kasb-hunar maktabi o‘quvchilariga yog‘och o‘ymakorligi fanini CorelDRAW dasturi orqali o‘qitish metodikasini ishlab chiqish jarayonida turli pedagogik, psixologik va texnologik tadqiqot metodlari qo‘llanildi. Mazkur metodlar o‘qitish samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning ijodiy va texnik kompetensiyalarini rivojlantirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Nazariy tadqiqot usullari ilmiy- pedagogik manbalarni o‘rganish, o‘quv dasturlarini tahlil qilish va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish asosida amalga oshirildi. Ilmiy adabiyotlar tahlili Kasb-hunar ta’limi va hunarmandchilik sohasidagi ilg‘or tadqiqotlar o‘rganildi. CorelDRAW dasturining ta’limiy imkoniyatlari bo‘yicha ilmiy maqolalar va qo‘llanmalar tahlil qilindi. Zamonaviy AKT texnologiyalarini hunarmandchilik ta’limiga joriy etish bo‘yicha xorijiy tajribalar ko‘rib chiqildi. Dasturiy ta’minot tahlili CorelDRAW dasturining yog‘och o‘ymakorligi san’atiga mos keladigan funksiyalari, dizayn elementlari va naqsh yaratish 71 ACADEMIC RESEAR

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada kasb-hunar maktabi o‘quvchilariga yog‘och o‘ymakorligi fanini zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan, CorelDRAW dasturi yordamida o‘qitish metodikasi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada kasb-hunar maktabi o‘quvchilariga yog‘och o‘ymakorligi fanini zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan, CorelDRAW dasturi yordamida o‘qitish metodikasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kommunikatsiya, innovatsion ta’lim, metodika, dispersiya, grafik dasturlar, eksperiment., kompetensiya, diagramma, kreativ, interfeysi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники