К содержанию
РецензированоRU2026

FIDOIYLIK SHAXS XUSUSIYATLARINI OILADA TARBIYALASH USULLARI VA VOSITALARI

USULLARI VA VOSITALARI · Yoqubova Hayotxon Abduqahhor qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В статье представлена информация о семье, семейном воспитании, формировании черт самоотверженности в семейном воспитании, понятии самоотверженности и ее основных признаках, проявлении самоотверженности в семье, а также о методах воспитания самоотверженности в семейной среде. Ключевые слова: семья, самоотверженность, воспитание, эмпатия, поведение, этика, социальные ценности Oilaviy tarbiyada fidoiylik xususiyatlari shakllantirish. Oila – jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, insonning ilk tarbiyasi va xulq- atvorining shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, fidoiylik va mehribonlik kabi yuksak insoniy sifatlarning rivojlanishi oilada berilgan tarbiyaga chambarchas bog‘liq. Oilaviy tarbiya – bu ota-ona va boshqa oila a’zolarining farzandlarni shaxs sifatida shakllantirish, ularga axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy qadriyatlarni singdirish jarayonidir. Bu tarbiya insonning ilk hayotidan boshlanib, uning dunyoqarashi, odob-axloqi, ijtimoiy moslashuvi va kelajakdagi xulq-atvorini 110 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference belgilab beradi. Oilaviy tarbiya jamiyatda mustahkam oilalarni shakllantirish va barkamol shaxsni tarbiyalashning asosidir. Fidoiylik nima? Fidoiylik – bu o‘z manfaatlarini chetga surib, boshqalar uchun, jamiyat yoki ulug‘ maqsadlar yo‘lida astoydil mehnat qilish, o‘zini fido qilish sifatidir. Fidoiylik insonning yuksak axloqiy va ruhiy fazilatlaridan biri bo‘lib, unda o‘zgalarga yordam berish, ularga yaxshilik qilishga intilish ustuvor bo‘ladi. Fidoiylikning asosiy belgilari quyidagilar: 1. O‘zini boshqalarga bag‘ishlash: Fidoiy inson boshqalarning manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadi. 2. Mas’uliyat va sadoqat: Fidoiylik mas’uliyatli bo‘lishni va o‘z burchini sidqidildan bajarishni talab qiladi. 3. Vazifalarni o‘z ixtiyori bilan bajarish: Fidoyi shaxs qiyinchiliklardan qo‘rqmay, ixtiyoriy ravishda ularga duch keladi va hal qilishga harakat qiladi. 4. Jamiyatga foyda keltirishga intilish: Fidoiylik ko‘pincha insonning jamiyatga yoki muayyan bir g‘oyaga xizmat qilishdagi faoliyati bilan namoyon bo‘ladi. Fidoiylik shaxs xususiyati nafaqat shaxs rivojida balki jamiyat taraqqiyotida ham muhim ahamiyat kasb etadi.  Shaxs rivojida: fidoiylik insonning kuchli iroda va mehribonlik sifatlarini rivojlantiradi.  Jamiyat taraqqiyotida: fidoiy insonlar o‘z mehnatlari va sadoqatlari bilan jamiyatning turli sohalarida taraqqiyotni ta’minlaydilar.  Munozara va muammolarni hal etishda: Fidoiylik insonlarni jamoaviy hamkorlikka undab, ijtimoiy muammolarni hal qilishda ulkan yordam beradi. Fidoiylik – bu faqat so‘z bilan emas, balki amaliy harakatlar bilan tasdiqlanadigan yuksak insoniy fazilatdir. Oilaviy tarbiya bolalar shaxsini shakllantiruvchi eng asosiy vositalardan biri bo‘lib, fidoiylik kabi yuksak sifatlarni rivojlantirishda katta o‘rin tutadi. Fidoiylik oilaviy muhitda insonning o‘z yaqinlari uchun mehnat qilishga, ular manfaati yo‘lida o‘z qulayligini cheklashga va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildiradi. Oilada fidoiylik tushunchasi quyidagicha namoyon bo'ladi: 1. Oila manfaatini ustun qo‘yish: Oila a’zolari bir-biriga yordam berib, o‘z manfaatlaridan voz kechishga tayyor bo‘lishlari fidoiylikni shakllantiradi. 2. Mas’uliyatni bo‘lishish: Har bir oila a’zosi o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi, boshqalarga yordam ko‘rsatishi fidoiylikni kuchaytiradi. 111 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 3. Mehr va g‘amxo‘rlik: Oila a’zolarining bir-biriga mehr ko‘rsatishi, yordamga shoshilishi bolalarda fidoiylik fazilatlarini uyg‘otadi. 4. Muammolarni birgalikda hal qilish: Oilaviy qiyinchiliklarni birga yengish jarayonida bolalar fidoiylikning amaliy qiymatini anglaydi. Oilada fidoiylikni tarbiyalash usullari: 1. Shaxsiy namuna: Ota-ona o‘z mehnati va fidoyiligi bilan bolaga o‘rnak bo‘lishi zarur. Farzandlar ko‘pincha ota-onalarining xatti-harakatlaridan ilhomlanadilar. 2. Birgalikda faoliyat: Oilaviy ishlarni (uy tozalash, bog‘ni parvarishlash, tadbirlar tashkil etish) birga bajarish, bolada oila uchun mas’uliyat hissini kuchaytiradi. 3. Rag‘batlantirish: Bolaning fidokorona harakatlari e’tiborsiz qoldirilmay, ular ijobiy rag‘batlantirilishi lozim 4. Ijtimoiy qadriyatlarni o‘rgatish: Fidoiylikni qadrlash va hurmat qilish haqida hikoyalar, ibratli voqealar orqali bolaga tushuntirish. 5. O‘zaro yordam: Oila ichida barcha a’zolarning ehtiyojlari va his- tuyg‘ulariga e’tibor berish orqali bolalar o‘zlarini boshqalarga bag‘ishlashni o‘rganadilar. Oilada fidoiylik shaxs hususiyatini shakllantirishning amaliy ahamiyati farzandning shaxs sifatida shakllanishida fidoiylik tarbiyasi bolaning kelajakda ijtimoiy mas’uliyatli, mehribon va jamoatchilik uchun foydali shaxs bo‘lib yetishishini ta’minlaydi. Shuningdek oila mustahkamligida muhim o'rin egallaydi. Fidoiylik bilan to‘ldirilgan oila a’zolari bir-biriga ko‘proq sodiq va jips bo‘lishadi. Oilada shakllangan fidoiylik sifati jamiyatdagi turli ijtimoiy jarayonlarda o‘

Доказательный фрагмент

«В статье представлена информация о семье, семейном воспитании, формировании черт самоотверженности в семейном воспитании, понятии самоотверженности и ее основных признаках, проявлении самоотверженности в семье, а такж…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье представлена информация о семье, семейном воспитании, формировании черт самоотверженности в семейном воспитании, понятии самоотверженности и ее основных признаках, проявлении самоотверженности в семье, а такж… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
family, dedication, upbringing, empathy, behavior, ethics, social, tarbiya, empatiya, ijtimoiy qadriyatlar, xulq-atvor, oila, axloq, fidoiylik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники