Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TАLАBАLАRDА KREАTIV KOʼNIKMАNI RIVOJLАNTIRIShNING PSIXOLOGIK OMILLАRI
PSIXOLOGIK OMILLАRI · Usarov Jabbor Eshbekovich · Yusupova Raxila Neьmatullaevna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
The social need for genetic and acquired abilities in humans, in particular, their role in the educational process, types of abilities, formation in connection with the individual style of activity and interests of students, is of great importance in the development of society. . The article also partially touches on the pedagogical aspects of the formation of students’ creative abilities. Key words: abilities, creative abilities, mathematical abilities, artistic type, thinking type, average type, individual style of activity. Bugungi kunda boʼlajak kadrlarni kasbiy faoliyatga erta tayyorlash, ularning taʼlim olish traektoriyasini belgilashlarida taʼlim muhitini va ijodiy yondashishning innovatsion psixologik tushunchalarini yoshlar ongiga singdirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Noyob insoniy fazilatlarni 120 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference namoyon etish alloh tomonidan berilgan insonning genetik moyilligiga yoki uning ijtimoiylashuvi doirasida yana bir muhim jihat hisoblangan taʼlim-tarbiya jarayonida orttirilgan qobiliyatlar hisoblanadi. Tadqiqotlar olib borilishi nuqtay nazaridan qaralsa, zamon talabidagi munosabatlar xorijlik hamda mahalliy tadqiqotchilartomonidan oʼrganilganligini koʼrish mumkin. Umuman qobiliyat haqida bir qancha O.Musurmonova, M.Urazova, N.Egamberdieva, E.Yuzlikaeva, Sh.Sharipov, Sh.Shodmonova kabi olimlarning ilmiy izlanishlarga tayangan holda bir qator yondashuvlari borligini kuzatish mumkin. Taʼlim oluvchilarda kreativ koʼnikmalarini rivojlantirishning boʼlajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini shakllantirishdagi oʼziga xos jihatlari, kreativlik sifatlarini rivojlantirishga taʼsir etuvchi ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi, shuningdek, taʼlim oluvchilarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish usullari mavjud boʼlib, pedagogik va psixologik shart-sharoitlari, didaktik taʼminoti, shuningdek pedagogik va psixologik mazmuni yoritib berilgan. Innovatsion taʼlim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida taʼlim oluvchilarda oʼz-oʼzini ijodiy faolashtirish, kreativ koʼnikmalarni yaratishga xizmat qiluvchi shaxsga yoʼnaltirilgan. Erkin taʼlim muhitini tashkil etish А.Аbduqodirov, N.Аzizxodjaeva, U.Begimqulov, J.Yoʼldoshev, Yu.Kruglova, I.Ridanova, V.Slastenin, S.Toshtemirovalarning ilmiy tadqiqotlarida asoslangan Oliy taʼlim muassasalarida zamonaviy psixologiya tizimining muhim vazifalaridan biri talabalarning nafaqat kasbiy salohiyatini, balki uning shaxsini har tomonlama rivojlantirishdan iboratdir. Kreativlik shaxsning yangi tushunchalarni yaratish va yangi koʼnikmalarni shakllantirish xususiyatlarini aks ettiruvchi qobiliyatiga, yaʼni ijodiy qobiliyatga asoslanadi. Bunda asosiy eʼtibor talabalarning mantiqiy tahllilariga qaratiladi. Bu kontseptsiya intellektdan ajralmas tarzda oʼrganiladi va shaxsning ijodiy yutuqlari bilan bogʼliq boʼladi (Feist, 2010; Wells & Dickens, 2020). Ijodkorlikning asosiy motivatsiyasi, ongli va koʼrsatilgan qiziqish, faol va mustaqil pozitsiya, sogʼlom raqobat, mehnatevarlik va qatʼiyat asosida taʼminlanadi. Talabalarning ijodiy potentsial yaʼni, kreativlik qoʼnikmalarini shakllantirish jarayoni insonning umumiy ehtiyojlarini qondirish uchun obʼektlarni yaratish bilan bogʼliq. Talabaning ijodiy amaliy koʼnikmalari, inson kreativligi deganda, uning ijodiy faoliyatining ichki asosi sifatida yuzaga keladigan shaxsning ajralmas mulki tushuniladi. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida mamlakat ijtimoiy hayotida roʼy berayotgan jadal oʼzgarishlar munosabati bilan yuqori malakali va masalaga kreativ yondashadigan mutaxassislarga ehtiyoj 121 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference sezilmoqda. Kelajakdagi kasbiy faoliyatida hamda kundalik hayoti davomida duch keladigan muammolariga eʼtibor qaratish va kelajakda ularni samarali hal qilishni taʼminlashi kerak. Talabalarning taʼlim faoliyatini tashkil etish orqali zamonaviy taʼlim va uning yetakchi maqsadi oʼz ijodiy salohiyatini roʼyobga chiqarish uchun jamiyat manfaatlaridan maksimal darajada foydalana oladigan, yuqori malakali va raqobatbardosh mutaxassisni shakllantirish imkoniyati tugʼuladi. Kasbiy rivojlanish jarayonida talaba nafaqat maxsus fanlar boʼyicha bilim olishi nazarda tutadi, bunda innovatsion rivojlantirishga taʼsir etuvchi omillarini taʼlim muassalarida faoliyat yuritayotgan kadrlar salohiyati va muhim bosqichlarni amalga oshiradigan kelajak vorislarga davr talabi nuqtay nazaridan yetkazish oʼrinli boʼlishini taʼkidlab oʼtish joiz. Demak qobiliyatlar shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va bilim, koʼnikma, malaka va kompetentsiyalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namayon boʼladigan individual - psixologik xususiyatdir. Аgar shaxsning maʼlum sifatlari yigʼindisi odamning pedagogik va psixologik jihatdan asoslab berilgan vaqt oraligʼida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, bu narsa bizga unda mazkur faoliyatga
Доказательный фрагмент
«The social need for genetic and acquired abilities in humans, in particular, their role in the educational process, types of abilities, formation in connection with the individual style of activity and interests of st…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe social need for genetic and acquired abilities in humans, in particular, their role in the educational process, types of abilities, formation in connection with the individual style of activity and interests of st… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- abilities, creative abilities, mathematical abilities, artistic type, kreativ qobiliyat, badiiy tip, faoliyatining individual uslubi, oʼrta tip, matematik qobiliyat, fikrlovchi tip, qobiliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026