К содержанию
РецензированоUZ1918

ABDURAUF FITRAT O'ZBEK TARIXCHISI VA SHOIR, ZAMONAVIY O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI ASOSCHILARIDAN.

To'xtamishova Gulnora Mels qizi · Kalit so'zlar: Jadidchilik

Академические исследования в современной науке · 1918

Аннотация

Abdurauf Fitrat haqida ma'lumotlar aytilgan. Kalit so'zlar: Jadidchilik, Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston, Abdurauf Fitrat, dramaturg, filolog, tarjimon, professori, milliy, adabiyoti, ma'rifatparvarlik. Jadidchilik XIX asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. XIX asrning 90- yillaridan O'rta Osiyoda tarqaldi. Abdurauf Fitrat o'zbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy o'zbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, O'rta Osiyo jadidchiligining taniqli vakili, birinchi o'zbek professori. Jadidchilik milliy ma'rifatparvarlik harakatining tarafdori. Turkiyada ta'lim olgan. Turkiyadagi " Yosh turklar" harakatidan ilhomlanib, Buxorodagi " Yosh buxoroliklar" partiyasini tuzgan, uning ma'naviy rahnamosiga aylangan. Abdurauf Fitrat adabiyotimiz tarixida shoir va olim, nosir va dramaturg, o'qituvchi va ma'rifatparvar sifatida muhim o'rin egallaydi. U 1886 yilda Buxoroda ziyoli oilasida tug'ilgan bo'lib, Buxoro, Isthambul madrasalari va dorilfununlarida o'qiydi. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o'zlashtiradi. Adibning otasi savdogarchilik bilan shug'ullangan bo'lib, 1918- yilgacha Qashqarda turib qoladi. U asosan onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bo'lib, undan Navoiy, Uvaysiy, Zebunniso, Bedil, Fuzuliy kabi ulkan shoirlar g'azallari birinchi tinglagan. Fitrat 1909- yilda Turkiyaga o'qishga borib, 1913 -qilgacha Isthambul dorilfununida tahsil ko'rgan. Turkiyada tashkil bo'lgan «Buxoro ta'limi maorifi» uyushmasida faollik ko'rsatgan. Abdurauf Fitrat adabiyotimiz tarixida shoir va olim, nosir va dramaturg, o'qituvchi va ma'rifatparvar sifatida muhim o'rin egallaydi. U 1886 yilda Buxoroda ziyoli oilasida tug'ilgan bo'lib, Buxoro, Isthambul madrasalari va dorilfununlarida o'qiydi. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o'zlashtiradi. Adibning otasi savdogarchilik bilan shug'ullangan bo'lib, 1918- yilgacha Qashqarda turib qoladi. U asosan onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bo'lib, undan Navoiy, Uvaysiy, Zebunniso, Bedil, Fuzuliy kabi ulkan shoirlar g'azallariii birinchi tinglagan. Fitrat 1909 yilda Turkiyaga o'qishga borib, 1913- qilgacha Isthambul dorilfununida tahsil ko'rgan. Turkiyada tashkil bo'lgan «Buxoro ta'limi maorifi» uyushmasida 125 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference faollik ko'rsatgan. Behbudiy asos solgan jadid usulidagi maktablar takomiliga xizmat etgan. Uning ilk to'plami 1911- yilda «Sayha» («Chorlov») nomi bilan chop etiladi. «Sayyohi hindi», «Munozara» kabi asarlari ham shu yillarda nashr etilgan. 1909-1913 yillarda Turkiya dorilfununida o'qiyotganda uning zukko, bilimdonligi professor-o'qituvchlarni hayratga soladi. Unga Fitrat - Donishmand taxallusini beradilar. Fitrat ijodi Turkistonda inqilobiy harakatlar kuchaygan, «Sharq uyg'ongan» davrlarga to'gri keladi. U ham o'z salaflari kabi avvalo ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari suradi. Uning1913 yilda tojik tilida yaratilgan «Munozara» nomli asarida o'z xalqini zulm botqog'idan qutqarib, «najot yo'li»ni izlaganligi seziladi. Bu davrda rus tili va rus madaniyatini targ'ib qilish ham Fitrat ma'rifatparvarligi yo'nalishining muhim tarmogi bo'lgan.Bunday qarashlar uning o'zi tashkil etgan va muharrirlik qilgan «Hurriyat» ro'znomasida keng targ'ib etiladi. Xuddi shu yillar «Hayot yo'lida birinchi masala - maktab masalasidir» («Hurriyat», 1917 yil, 1-son) degan shior bilan chiqadi. Uning«Hurriyat» (1917, 31-son) ro'znomasida bosilgan «Yurt qayg'usi...» nomli lavhasida Turkiston uchun, uning ayollari ozodligi uchun kurashga bel boglaganligini aytadi. «Men sen uchun tug'ildim, sen uchun yasharman, sening uchun o'larman, ey turning muqaddas o'chog'i!» degan da'vat eshitiladi. «Ulug' Turkiston» (1917, 2-son) ro'znomasida «Yashasin turklik, yashasin Islom» shiori bilan chiqadi. Uning «Hind ixtilolchilari», «Temur sag'anasi», «O'g'izxon», «Abo Muslim», «Turk tili» kabi asarlarida ham hurfikrlar, qarashlar, ko'zga tashlanadi. Shular qatorida «Qon», «Begijon», «Chin sevish», «To'lqin», «Vose' qo'zg'oloni», «Ro'zalar» kabi dramalari yaratildi. Fitratning 1922 yilda nashr etilgan «O'zbek shoirlari» to'plamiga kirgan «Kecha», «Behbudiy mozorini izlab», «Sharq» kabi she'rlarida izlanish jarayoni uchraydi. «Shoir» she'rida «o'zim uchun ko'p umidlar to'qidim» degan xulosaga keladi. Adabiyotlar ro’yxati: 1.Internet manbaalaridan. 2.Gazeta va jurnallardan 126

Доказательный фрагмент

«Abdurauf Fitrat haqida ma'lumotlar aytilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Abdurauf Fitrat haqida ma'lumotlar aytilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jadidchilik, Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston, Abdurauf, tarjimon, milliy, ma'rifatparvarlik., adabiyoti, filolog, dramaturg, Abdurauf Fitrat, professori
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники