Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ERTAK O'QISH METODIKASINI AXBOROT ORQALI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Shononova Gulsanam Shavkat qizi · Xayitova Firuza Abdullayevna · Ilmiy rahbar: Phd.
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 01 · 2026
Аннотация
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga ertak o‘qish metodikasini o‘rgatish, ularni nafaqat o‘qish va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, balki dunyoqarashlarini kengaytiradi, til va adabiyotga qiziqishini oshiradi. Ertaklar orqali o‘quvchilarga axborot berishning samarali usullarini ishlab chiqish muhimdir. Bu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ertak o‘qish metodikasini axborot orqali shakllantirishning asosiy usullari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, ertak o‘qish metodikasi, ko‘nikmalari, dunyoqarash, rivojlantirish, badiiy asar, axborot. Kirish: Bugun dunyo turli jabhalarda turli sohalarda jadal rivojlanib bormoqda jumladan, ta’lim sohasida ham keskin islohotlar olib borilmoqda. Yangi O’zbekistonimda ham ta’limga e’tibor qaratish sifati yaxshilanmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: ‘‘Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo’q joyda qoloqlik, jaholat, va albatta, to’g’ri yo’ldan adashish bo’ladi. Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak”. Shunday ekan, yoshlar yurtimiz kelajagidir. Bu kelajaklarning esa poydevori mustahkam bo’lishi kerak. Ular teran fikrlaydigan, o’z fikrini aniq tushuntira oladigan, puxta va epshil yoshlar bo’lishi kerak. Bu fazilatlarni tarbiyalashda o’qituvchining o’rni beqiyosdir. Uni qanday qilib tarbiyalash ham unga bog’liqdir. Jumladan, ertak o’qishga o’rgatish ham bolani tarbiyalsh usuliga kirar ekan. Chunki har qanday kichik yoshdagi bolaning ruhiyatida ertak eshitishga moyillik bor. Zero, Eynshteyn aytganidek: ‘‘Bolangiz yaxshi odam bo’lishini xohlasangiz, kitob o’qib bering. Bolangiz yanada yaxshiroq odam bo’lishini istasangiz, yanada ko’proq kitob o’qib bering”. Darhaqiqat, xalq og’zaki poetik ijodidagi eng boy va rang-barang janrlaridan biri ertaklardir. “Ertak” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, ertak, “gapiradi” degan ma’noni anglatadi. Demak, bu atama odatda o’ylab topilgan, ya’ni xayoliy aytib berish harakati bilan bog’liq. Ertak juda qadimgi janr bo’lib, uni yozishdan oldin og’zaki an’analar orqali yetkazilgan. Xalq tomonidan yaratilgan ko’plab ertaklarda bolalarning o’ziga xos hayoti chetlab o’tilmagan. Hatto turli yoshdagi bolalar uchun juda ko’p maxsus ertaklar yaratilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, 2021-yildan boshlab Milliy o’quv dasturigako’ra boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan “O‘qish” va “Ona tili” darslari integratsiyalashtirilib, ta’lim amaliyotiga ,,Ona tili va o’qish savodxonligi” darslari joriy 1-4-sinflar uchun shu nomdagi darsliklar chop qilindi. Bu darslikning asosiy maqsadi bolalarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularning og’zaki va yozma nutqi hamda tafakkurini o’stirish, shaxs sifatida shakllantira borish, ularda bilim olishga qiziqishni o’stirish, faollik kabilarni shakllantirish hisoblanadi. 16 Tadqiqot metodologiyasi va tahlil natijalari. 1. Ertaklarning ta’limiy ahamiyati Ertaklar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun nafaqat qiziqarli bo‘lishi, balki ular tilni o‘rganish masalalari ham hal qilinadi. Ertaklar yordamida o‘quvchilarda: Yaxshilik va yomonlikni ajratish qobiliyati shakllanadi. Ijtimoiy qadriyatlar, do‘stlik, adolat, haqiqat kabi tushunchalar tushuniladi. Til boyligi va lug‘at asoslari rivojlanadi. 2. Axborot texnologiyalarini qo‘llash Bugungi kunda axborot texnologiyalarining rivojlanishi o‘quvchilarga ertaklarni o‘qish va tushunishda yordam beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ertaklarni o‘qish jarayonini qiziqarli va interaktiv qilish uchun turli xil axborot texnologiyalaridan foydalanish mumkin. Elektron kitoblar va multimedialar: O‘quvchilar uchun mo‘ljallangan interaktiv elektron kitoblar va audiokitoblar yordamida ertaklarni o‘qish o‘quvchilarning diqqatini jalb qiladi, ularni ertak mazmuniga chuqurroq kirishiga yordam beradi. Masalan, ertaklar bilan bog‘liq tasvirlar, animatsiyalar va musiqalar o‘quvchilarni hikoyaning muhiti bilan tanishtiradi. Komp’yuter dasturlari va ilovalar: O‘quvchilarga ertaklarni o‘qishda qo‘llaniladigan interaktiv dasturlar va mobil ilovalar yordamida turli xil mashqlarni bajarish mumkin. Masalan, ertakdagi personajlar bilan bog‘liq turli o‘yinlar o‘quvchilarga hikoyaning asosiy g‘oyasini tushunishda yordam beradi. 3. Didaktik materiallar yordamida ertak o‘qish Didaktik materiallar yordamida o‘quvchilarga ertaklarni o‘qish va ular haqida fikr yuritish ko‘nikmalarini o‘rgatish mumkin. Ertaklarni didaktik materiallar bilan ishlashning bir nechta samarali usullari mavjud: Vizuallar va kartalar: Ertakdagi asosiy voqealarni tasvirlaydigan kartalar yoki slaydlar o‘quvchilarga hikoyani yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Har bir sahna yoki voqea uchun rasm yoki diagrammalarni qo‘llash orqali o‘quvchilar ertakni vizual tarzda qabul qiladilar. Ertaqni qayta tiklash: O‘quvchilarga ert
Доказательный фрагмент
«Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga ertak o‘qish metodikasini o‘rgatish, ularni nafaqat o‘qish va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, balki dunyoqarashlarini kengaytiradi, til va adabiyotga qiziqi…»
Образец извлечения
Демо-превьюBoshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga ertak o‘qish metodikasini o‘rgatish, ularni nafaqat o‘qish va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, balki dunyoqarashlarini kengaytiradi, til va adabiyotga qiziqi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- badiiy asar, dunyoqarash, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, ko‘nikmalari, rivojlantirish, axborot., ertak o‘qish metodikasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026