К содержанию
РецензированоUZ2020

KONTEKSTUAL O‘QITISH MODELLARI VA DIDAKTIK ELEMENTLARI

G‘ulomova Maftunaxon Ravshanbek qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 11 · 2020

Аннотация

Maqolada pedagogik oliy ta’limda konstektual o‘qitish modellarining turlari, mazmuni, dolzarbligi, didaktik elementlari va konstektual o‘qitish modellari to‘g‘risida xorijiy olimlarning fikr va qarashlari o‘rin olgan. Ayniqsa kontekstual o‘qitish modeli zamonaviy pedagogik jarayonning ajralmas qismi ekanligi va ta’limning amaliyotga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi vosita ekanligi ilmiy nuqtai nazardan ochib berilgan. Kalit so‘zlar: kontekst, konstruktivizm, konstektli o‘qitish, kognitiv tadqiqotlar, konstruktivistik yondashuv, pedagog, talaba, muommoli ta’lim, loyiha, tajriba, simulyatsiya, refleksiya, motivatsiya, feedback. KIRISH. Bugungi globallashuv asrida Pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarida zamonaviy ko‘nikmalarni tarkib toptirish xususan, kundalik va kasbiy faoliyatida davomida yangilik yaratish, yangi innovatsion g‘oyalar ishlab chiqish, turli kutilmagan vaziyatlarda samarali yo‘nalishni tanlash va oqilona qaror qabul qilish muhim sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-sonli “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida “tarbiya va o‘qitish usullari, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlash; oliy pedagogik ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot- kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash pirovardida pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish; yuksak madaniyatli, amaliy kasbiy ko‘nikmaga ega, tarbiya, o‘qitish metodlari va baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagog kadrlarni shakllantirish jarayonlari samaradorligini oshirish” 1 kabilar pedagogika ta’lim sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamkorligidagi “Butun jahon ta’lim muommolari” Forumining 2030-yilgacha qabul qilingan ta’lim konsepsiyasida “ta’lim-tarbiya - taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi va barqaror rivojlanish maqsadlariga yetaklovchi muhim faoliyat”2 ekanligi dolzarb vazifa etib belgilangan. Demakki taraqqiyotning rivojlanishini asosini ta’lim-tarbiya tashkil etganidek, ta’lim-tarbiya poydevorini yaratib, mustahkamlash pedagogik oliy ta’limning ustuvor yo‘nalishidir. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. Hozirgi kunda ta’lim tizimida pedagogik yondashuvlar turlicha bo‘lib, ta’limni xalqaro standartlarga muvofiqligini taminlaydigan yondashuvlardan biri ta’limga “kontekstual yondashuv” ya’ni kontekstual o‘qitish modellarini qo‘llashdir. Kontekstli o‘qitish kognitiv tadqiqotlarga asoslanadi, bunda tanqidiy fikrlash, izlanish va muommolarni hal qilish kabi jarayonlar tegishli hayotiy, intelektual va ijtimoiy kontekstlarda 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4623-сон 27.02.2020. “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. https://lex.uz/docs/-4749364?ONDATE=13.06.2020 2 Incheon Declaration Education 2030: Towartis inclusive and equitable quality education andlifelong leaming for all./http://uis.unesco.org/sites/default/files/. 20 ifodalanadi. 3 Pedagog olimlar R.Driver va H.Asoko larning fikricha “konstektli o‘qitish – konstruktivistik ta’lim yondashuvi bo‘lib, u yuqori kontekstli va talabalar uchun dolzarb bo‘lgan bilimlarga qaratilgan”.4 Konstruktivistik yondashuv o‘rganishni faol jarayon sifatida qaraydi va bunda o‘quvchilar o‘zlarining oldingi bilimlari va tajribalariga asoslanib dunyo haqidagi tushunchalarini tasavvur qiladilar.5 O‘qitish va o‘rganish jarayonlarida konstektual omillarning ta’limdagi roli, o‘quvchilarning amaliy tajribalari va o‘zgarishlariga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida Avstraliyalik olimlar David Boud, Ruth Cohen va David Walker ilmiy ishlarida o‘rganilgan. Kontekstual o‘qitishning raqamli muhitda qanday qo‘llanilishi, ta’limning zamonaviy yondashuvlari shuningdek konstektual ta’lim va uning raqamli texnologiyalar bilan bog‘liqligi haqida John D.Brown “Teaching and Learning in the Digital Age” nomli kitobida muhokama qilgan. TAHLIL VA NATIJALAR. Kontekstual o‘qitish ta’lim oluvchiga o‘qish jarayonida hayotiy va kasbiy vaziyatlarni model sifatida qo‘llashni talab qiladi. Talabalar ta’lim olish jarayonida amaliy tajribalarni nazariy bilimlar bilan birlashtirib, ularni real sharoitlarda qanday qo‘llash mumkinligini o‘rganadilar. Shu bois, ushbu yondashuvning asosiy jihati kontekstga moslashtirish. Bu o‘quv materiali va ta’lim jarayoni talabalar uchun tanish bo‘lgan hayotiy sharoitlarga moslashtirilib, ularga amaliy qiymat beriladi. Kontekstual o‘qitish bir nechta didaktik modellarga asoslanadi. Ushbu modellar pedagogik ta’limda qo‘llanilib, talabalarni nazariy va amaliy bilimlarni birlashtirishga o‘rgatadi va ular quyidagilar: 1. Muammoli ta’lim modeli - ta’lim oluvchilarga ma’lumotni faqat

Доказательный фрагмент

«Maqolada pedagogik oliy ta’limda konstektual o‘qitish modellarining turlari, mazmuni, dolzarbligi, didaktik elementlari va konstektual o‘qitish modellari to‘g‘risida xorijiy olimlarning fikr va qarashlari o‘rin olgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada pedagogik oliy ta’limda konstektual o‘qitish modellarining turlari, mazmuni, dolzarbligi, didaktik elementlari va konstektual o‘qitish modellari to‘g‘risida xorijiy olimlarning fikr va qarashlari o‘rin olgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
simulyatsiya, kognitiv tadqiqotlar, talaba, feedback., konstektli o‘qitish, pedagog, tajriba, muommoli ta’lim, kontekst, konstruktivistik yondashuv, loyiha, motivatsiya, konstruktivizm, refleksiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники