К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA HARAKATGA OID MASALALAR YECHISHNI O‘RGATISH IMKONIYATLARI

Abdijabborova Dinora

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Matematika darslarida masalalarni yechishga oʻrgatish fanga boʻlgan qiziqishini orttiradi, mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi, tasavvurni rivojlantiradi, shuning uchun bolalarni boshlang’ich maktabdan, hatto bogʻchadan eng oddiy masalalarni yechishga, uning mohiyatini tushunishga oʻrgatish kerak. Matnli masalalarni yechishda harakatga oid masalalar muhim o‘rinni egallaydi. Maqolada boshlang‘ich sinfdagi bir nechta harakatga oid masalalar tahlili keltirilgan. Tayanch so‘zlar: matematika, harakat, vaqt, masofa, arifmetik, algebraik, masala, matn. Matematika fani aniq fanlar sirasiga kirib, o‘quvchilarning fikrlash doirasini keygayishiga, tasavvur qilish qobiliyatini yanada rivojlantirishga, mantiqiy fikrlashga, o‘ganilgan bilimlarini hayotga tatbiq qila olishga yordam beradi. Matematika fanini oʻrganishda oʻquvchilar turli koʻrinishdagi masalalarga duch keladilar va ularni yechish davomida koʻnikma va malakalarga ega bo‘ladilar. Masalaning to’g’ri javobini olish uning mohiyatini tushunishni talab qiladi. Sodda matnli masalalar bilan oʻquvchilar birinchi sinfdan tanishishni boshlaydilar. Sinfdan-sinfga oʻtib borgan sari, ular asta sekin munosabatlarga doir masalalarni “… ga katta, … ga kichik”, “… marta ortiq, … marta kam” kabi tushunchalarni oʻzlashtirib boradilar[1]. Masalalar yechish davomida topshiriqlar matnini mazmunli o’qish bilan birga, o’quvchining tasavvurida shakllantirish xarakterida bo’lishi evristik metod asosida amalga oshiriladi, ya’ni masalaning shartini to’la tushunish, shart asosida ifoda yoki tenglama tuzish, uni yechish, hosil qilingan yechimni tekshirishni talab qiladi. Bunda o’quvchilar masalada nima ma’lum, nima noma’lum ekanligini analiz qilib, masala turini (aralashmaga oid, harakatga oid, ishga oid) va yechish usulini (arifmetik, algebraik) aniqlash(sintez qilish)ga erishadilar. [3]. Biz aniq masalani yechganda turli yechish usullaridan foydalanamiz: arifmetik usul - masalani arifmetik usulda yechishda masala talablarini bajarishda sonlar ustida turli arifmetik amallardan foydalaniladi, algebraik usul - masalani algebraik usulda yechishda masala yechimini shartga asosan yoki tenglama yoki tenglamalar sistemasi (yoki tengsizlik) hosil qilib yechish tushuniladi, geometrik usul - masalani geometrik usulda yechishda masala yechimini geometrik yasashlardan yoki geometrik figuralarning xossalaridan foydalanib yechish tushiniladi, mantiqiy usul - masalani mantiqiy usulda yechishda masala yechimini hisoblashlarni bajarmay mantiqiy mulohazalar yordamida yechish tushiniladi, amaliy usul - ob'ektlar yoki ularning nusxalari (modellar, maketlar) bilan amaliy harakatlarni bajarish orqali masala talablariga javob topishni anglatadi, jadval usuli - masalani tegishli tartibda jadvalga kiritish orqali butun masalaning yechimini ko'rishga imkon beradi, kombinatsiyalashgan usul - masala yechimini sodda tarzda javob olishga imkon beradi, sinov va xatolar usuli - (eng sodda), unda muammoning savoliga taxmin asosida javob topiladi. Masalani yechish usullari turlicha bo'lishi mumkin, ammo ularni yechish yoʻli faqat bitta[1]. Boshlang’ich sinfda turli matnli masalalar yechish qaraladi. Matnli masalalar boshlang‘ich matematika kursi mazmunining asosini tashkil qiladi va ularni yechish jarayonida qo‘llaniladigan aqliy faoliyat usullari: analiz, sintez, taqqoslash, analogiya, umumlashtirish, abstraktsiyalash va 24 konkretlashtirish o„quvchilarning mantiqiy tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shu sababli Davlat ta‟lim standarti talablari asosida umumiy o„rta ta‟lim maktablarida boshlang„ich ta‟lim matematika o„quv dasturida matnli masalalar turlari kengaytirilib, ularning tarkibiga harakatga oid turli masalalar kiritildi. Harakatga doir masalalar deganda, tarkibiga harakatni xarakterlovchi miqdorlar, yani tezlik, vaqt va masofa kirgan kirgan masalalarni tushunish mumkin. Harakatga doir masalalarning turlari: bir jism harakatiga doir masalalar, uchrashma harakatga doir masalalar, ikki jismning qarama-qarshi yo’nalishdagi harakatga doir masalalar, ikki jismning bir yo’nalishidagi harakati. 4-sinf darsligidan bir nechta masalani ko‘rib chiqaylik. 1-Masala. Jasur bilan Akmal startdan bir vaqtda qo‘zg‘aldi. Jasurning tezligi 3 m/s. Akmalning tezligi esa 4 m/s. 1 sekuntdan keyin Akmal Jasurni necha metr ortda qoldiradi? [2] 2 sekuntdachi? 5 sekuntdachi? 30 sekuntdachi? Yechish. Jasur va Akmal bir vaqtda harakatni boshlaydi. Jasurning tezligi 3 m/s, Akmalning tezligi esa 4 m/s, har ikkisi bir vaqtning o‘zida boshlaganligi sababli, Jasur bilan Akmal orasidagi masofani hisoblash uchun ularning tezliklarining farqi va vaqtni ishlatamiz. Formuladan foydalanamiz: S=(v -v )·t 2 1 1-sekuntda - S=(4-3) ·1=1m 2-sekuntda - S=(4-3) ·2=2 m 5-sekuntda - S=(4-3) ·5=5 m 30 sekuntda - S=(4-3) ·30=30 m Javoblar: 1 m; 2 m; 5 m; 30 m. 2-masala. Bir-biridan 15 km masofada joylashgan ikki baliqchi motorli qayiqda bir vaqtda bir-biriga qarab suzadi. 1-matorli qayiqning tezligi 400 m/min, ikkinchisiniki 350 m/min. Ular necha minutdan

Доказательный фрагмент

«Matematika darslarida masalalarni yechishga oʻrgatish fanga boʻlgan qiziqishini orttiradi, mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi, tasavvurni rivojlantiradi, shuning uchun bolalarni boshlang’ich maktabdan, hatto bogʻchadan eng…»

Образец извлечения

Демо-превью

Matematika darslarida masalalarni yechishga oʻrgatish fanga boʻlgan qiziqishini orttiradi, mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi, tasavvurni rivojlantiradi, shuning uchun bolalarni boshlang’ich maktabdan, hatto bogʻchadan eng… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
masofa, masala, arifmetik, algebraik, vaqt, harakat, matematika, matn.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники