К содержанию
РецензированоUZ2026

AMERIKA VA BRITAN INGLIZ TILLARINING EVOLYUTSION SHAKILLANISHI VA TASNIFI

VA TASNIFI · Mamadiyorov Mirjalol Samatovich · Madiyeva Madina Yusupovna · E-mail:mamadiyorovmirjalol@gmail.com Ilmiy rahbar:

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 103-104 · 2026

Аннотация

Ushbu maqola Amerika ingliz tilining evolyutsiyasi, tarixiy va madaniy o‘zgarishlari, shuningdek, yangi emigratsiya to‘lqinlari, ijtimoiy o‘zgarishlar, texnologik taraqqiyot va global kommunikatsiyasining ta'sirida shakllangan omillarni, shuningdek bugungi kunda dunyo miqyosida eng ko‘p ishlatiladigan ingliz tili variantlari bo’lmish o‘ziga xos talaffuz, grammatikani qo‘llash va so‘z boyligiga ega bo’lgan Amerika va Britaniya ingliz tillari o‘rtasidagi bir nechta muhim farqlarni tahlil qiladi. Kalit so'zlar: Mahalliy hindu tili, Evolyutsiya bosqichlari, Globallashuv jarayoni, Ilm fan va texnalogiya, leksikalogik shakillar. Kirish: Amerikaning mahalliy hindular tillari asirlar osha tarixchi va tilshunoslik sohalari uchun qiziqarli lingvistik mavzu bo'lib kelgan. Amerika qit’asining asl aholisi – hindular (indigenous peoples) juda boy va xilma-xil tillarda gaplashishgan. Amerika hindularining tillari bir butun til oilasi emas, balki turli til oilalariga mansub bo‘lgan. Bugungi kunda Qo‘shma Shtatlarda 170 dan ortiq mahalliy hindular tillari mavjud, lekin ularning ko‘pchiligi yo‘qolish xavfi ostida. Amerika ingliz tilining evolyutsiyasi, ya'ni uning vaqt o‘tishi bilan qanday rivojlanib, o‘zgarib borishi, Britaniya ingliz tilidan ajralgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu jarayon bir nechta omillar, jumladan tarixiy, madaniy, siyosiy va ijtimoiy ta'sirlar orqali shakllangan. Mana, uning asosiy bosqichlari: 1. Kolonial davr (17–18 asrlar) Amerika ingliz tilining rivojlanishida boshlang‘ich davr sifatida kolonial davrni ko‘rish mumkin. 1607-yilda Jamestown (Virjiniya)da birinchi ingliz mustamlakasi tashkil topganidan so'ng, Britaniya imperiyasi tomonidan yuborilgan muhojirlar Amerika qit'asida o‘zlarining tili va madaniyatini olib kelishdi. Bu davrda ingliz tilining grammatikasi, lug'ati va talaffuzi Britaniya ingliziga juda o‘xshar edi, ammo yangi muhitda tilda ba'zi o‘zgarishlar boshlandi, chunki yangi xalqlar va etnik guruhlar (masalan, fransuzlar, nemislar, va mahalliy amerikaliklar) bilan aralashish boshlandi. 2. Amerika inglizining o‘ziga xos xususiyatlari (19-asr) Amerikaning o‘ziga xos siyosiy va ijtimoiy sharoitlari tilning shakllanishiga ta'sir ko'rsatdi. 19-asrda sanoat inqilobi, emigratsiya va kengayish jarayonlari Amerika inglizining rivojlanishiga ta'sir etdi. Xususan, Amerika inglizining talaffuzi, so‘z boyligi va sintaksisida 21 ko'plab farqlar yuzaga keldi. XIX va XX asrda ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar. Amerikadagi ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar, shuningdek, ilm-fan va texnologiyadagi yutuqlar, ingliz tilining rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatdi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida: Yangi immigratsiya davrida Evropadan kelgan ko‘plab emigrantlar Amerika ingliziga yangi so‘zlar va ifodalar qo‘shdi. Bu davrda tilga boshqa etnik guruhlarning so‘zlari (italyan, nemis, yiddish, ispan, va boshqalar) kirdi. Televidenie va kino sohalari jadal rivojlana boshlagach Amerika inglizi ham o'zining turli lingvistik qirralarini qolibga sola boshladi. XX-asrning boshlarida kino va televidenieda ingliz tilining standart shakllari, jumladan Amerikaning "Hollywood" tilining keng tarqalishi, Amerika inglizining yanada mustahkamlanishiga olib keldi. Bugungi kunda Amerika ingliz tili dunyodagi eng keng tarqalgan va keng ishlatiladigan ingliz tili variantlaridan biri hisoblanadi. Uni nafaqat AQShda, balki boshqa ko‘plab mamlakatlarda ham keng ishlatishadi. Hozirgi kunda uning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: Texnologik ta'sir: Internet, ijtimoiy tarmoqlar va zamonaviy texnologiyalar Amerika inglizining lug‘atiga yangi so‘zlar qo‘shdi. Masalan, "google", "selfie", "hashtag" kabi so‘zlar. Global dominatsiya: Amerika inglizi biznes, ilm-fan, kino va madaniyatda dominatsiya qilganligi sababli, u dunyo bo‘ylab keng tarqalgan va boshqa ingliz tilida so‘zlashuvchilar orasida asosiy muloqot vositasi hisoblanadi. Amerika inglizining leksikologiyasi. Amerika inglizi Britaniya inglizidan nafaqat talaffuz va imlo jihatidan, balki lug‘at tarkibi (leksikologiya) bo‘yicha ham farq qiladi. Ushbu farqlar tarixiy, ijtimoiy va madaniy ta’sirlar natijasida shakllangan. 1. Amerika inglizidagi so‘zlarning kelib chiqishi Amerika inglizi quyidagi asosiy manbalardan so‘zlar o‘zlashtirgan: Britaniya inglizi – tilning asosiy bazasi. Autumn (BrE) → Fall (AmE) Holiday (BrE) → Vacation (AmE) Mahalliy hindular tillari – tabiat va hayot tarziga oid so‘zlar. Moose (los), Raccoon (qoplon), Tomahawk (bolta) Ispan tili – AQShning janubiy hududlari orqali kirgan so‘zlar. Canyon (darali vodiy), Mustang (yovvoyi ot), Rodeo (kovboy musobaqasi) Fransuz tili – tarixiy ta’sir (Luiziana hududi va diplomatiya orqali). Depot (ombor), Cuisine (oshxona san’ati), Entrepreneur (tadbirkor) Nemis tili – XIX asrda AQShga immigratsiya tufayli kirgan so‘zlar. Kindergarten (bolalar bog‘chasi), Pretzel (krendel), Deli (delikates do‘koni) Afrika tillari – quldorlik davrida afro-amerikaliklar madaniyatidan kirgan so‘zlar. Jazz (musiqa janri), Juke (tez harakat qilish, juke-b

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola Amerika ingliz tilining evolyutsiyasi, tarixiy va madaniy o‘zgarishlari, shuningdek, yangi emigratsiya to‘lqinlari, ijtimoiy o‘zgarishlar, texnologik taraqqiyot va global kommunikatsiyasining ta'sirida sh…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola Amerika ingliz tilining evolyutsiyasi, tarixiy va madaniy o‘zgarishlari, shuningdek, yangi emigratsiya to‘lqinlari, ijtimoiy o‘zgarishlar, texnologik taraqqiyot va global kommunikatsiyasining ta'sirida sh… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mahalliy hindu tili, Evolyutsiya bosqichlari, Globallashuv jarayoni, Ilm fan, leksikalogik shakillar., Ilm fan va texnalogiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники