К содержанию
РецензированоUZ2026

QORAQALPOQ TILIDA OTNING “BARIS”, “SHIǴIS”, “ORIN” KELISHIKLARI VA ULARNING INGLIZ TILIDA IFODALANISHI

Bekbergenov Hikmet Utepovich

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article discusses the spatial cases as “barıs”, “shıǵıs” and “orın” in karakalpak language and their expressions in English. Keywords: noun, case, morphological markers, semantics, preposition. Hozirgi qoraqalpoq tilidagi ot so‘z turkumi olti kelishikdan (ataw, iyelik, barıs, tabıs, shıǵıs, orın), ingliz tilida esa ikki kelishikdan (common case, genitive case) iborat. Qoraqalpoq tilida ‘ataw’ (bosh) kelishigidan boshqa barcha kelishiklar maxsus affikslarga ega. Ular birlik, ko‘plik va egalik shaklidagi otlarga bevosita bog‘lanadi va hech qanday fonetik o‘zgarishlarga uchramaydi. Qoraqalpoq tilidagi kelishik affikslari istalgan turdagi otlarga qo‘shila oladi va ularga beriladigan so‘roq so‘zlar ham shu kelishik shakllarida bo‘ladi. Ingliz tilida faqat ‘genitive’ kelishigi maxsus morfologik ko‘rsatkichga ega. U qoraqalpoq tilidagi kabi otlarning oxiriga qo‘shiladi va birlik, ko‘plik shakllariga ega. Lekin ingliz tilidagi ‘genitive’ kelishigi qo‘shimchasi istalgan turdagi otlarga qo‘shila olmaydi. “Barıs” kelishigi. Qoraqalpoq tilida “barıs” (jo‘nalish) kelishigi –ǵa/ge, -qa/ke affikslari bilan ifodalanadi. Bu kelishik shaklidagi so‘zlar harakatning subyekti va obyektiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi xususiyatlarga ega. Harakatning bir obyektga yo‘nalishini bildiradi. Bunda “barıs” kelishigidagi otlar harakatning nishonini ko‘rsatadi va shunga bog‘liq uchta holatni vujudga keltiradi: a) predmetdan chiqqan harakat ikkinchi predmet (nishon) ga qaratiladi. Bunda voqea ishtirokchilari ikkitadan bo‘ladi: oqıtıwshıǵa aytıw, súwretke qaraw (to tell the teacher, to look at the picture); b) harakat orqali predmetning o‘zi ikkinchi predmetga yo‘naltiriladi. Bunda ham voqea ishtirokchilari ikkitadan bo‘ladi: diywalǵa súyeniw, avtobusga miniw, úyge kiriw (to lean against the wall, to get on the bus, to get into the house); c) predmet harakati orqali ikkinchi predmetning uchinchi predmetga yo‘nalishida uchta predmet ishtirok etadi va “barıs” kelishigi shaklidagi so‘z predmetning qabul qiluvchisi rolini bajaradi: balaǵa kitap beriw, balanı mektepke alıp barıw (to give a book to a child, to take a child to school). Shuni ham ta‘kidlash joizki, otning “barıs” kelishigida bo‘lishi, uni boshqaruvchi fe’llarning semantikasiga bog‘liq bo‘ladi. Ingliz tilida harakat yo‘nalishi to, into, in, on, onto va boshqa predloglar yordamida, shuningdek, predlogsiz ifodalanadi. “Barıs” kelishigi quyidagicha periferik ma’nolarni ham bildiradi: 1) predmetning nimaga mo‘ljallanganligini ko‘rsatadi. Ingliz tilida bu ma’no for predlogi orqali ifodalanadi: balalarǵa sawǵalar –presents for children; 2) ikki narsani taqqoslashda qo’llaniladi. Ingliz tilida qiyoslash, taqqoslash ma’nolari as, like, kabi so‘zlar yordamida beriladi: Sen piyazǵa uqsaysań (G. Ibragimova) - You look like an onion; 3) predmetning miqdor-darajasi yoki predmetga xos belgini ko‘rsatishda ishlatiladi. Bunda “barıs” kelishigidan keyin predmetning miqdor- darajasini bildiruvchi sifatlar qo‘llaniladi. Inglis tilida in va boshqa predloglar orqali ifodalanadi: mineralǵa bay -rich in minerals, neftke jarlı - poor in petroleum resources; 4) 38 predmet yoki hodisaning yangi holatiga nisbatan qo‘llaniladi. Ingliz tilida predmetning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi into predlogi orqali ifodalanadi: Jap-salmalarda suwlar muzǵa aylandı (G. Ibragimova) - The water in the streams turned into ice; 5) vaqt ma’nosidagi so‘zlar ma’lum bir muddat, vaqt oralig‘ini, harakatning davomiyligini anglatadi. Ingliz tilida vaqtning davomiyligi (period) for predlogi orqali ifodalanadi: úsh jılǵa - for three years, bir ayǵa - for a month; 6) “barıs” kelishigi harakatning aniq vaqtga rejalashtirilganligini bildiradi. Ingliz tilida bu ma’no for predlogi yordamida beriladi: Toydı usı aldımızdaǵı shembi kúnge belgiledik (S. Jumaǵulov) - We fixed the wedding for next Saturday; 7) ish-harakatning maqsadini bildiradi va nima uchun? nega? kabi savollarga javob beradi. Ingliz tilida bu ma’noda otdan oldin for predlogi qo‘llaniladi: Orenburgqa júnge ketip edi (M. Nızanov) - He had gone to Orenburg for wool. “Shıǵıs” kelishigi. Qoraqalpoq tilidagi ‘shıǵıs’ (chiqish) kelishigi ma’nolari –dan/-den, - tan/-ten va -nan/-nen qo‘shimchalari orqali ifodalanadi va ular quyidagi ma’nolarni anglatadi: 1) “shıǵıs” kelishigidagi so‘zlar kimdan? nimadan? savollariga javob berib, harakat chiqqan obyektni ko‘rsatadi. Bu ingliz tilida from, out of, off predloglari orqali ifodalanadi: Bir háptelikte men Nursulıwdan xat aldım (K. Raxmanov) - A week ago I received a letter from Nursuluw; 2) harakatning boshlangan, chiqqan o‘rnini ko‘rsatadi. Ingliz tilida predmetning chiqish nuqtasi from predlogi orqali beriladi: Búgin aǵam Tashkentten keldi (Z. Ishmanova) - My father returned from Tashkent today; 3) biror o‘rin yoki uch o‘lchovli obyektlarni ifodalaydigan otlarga qo‘shilib, predmetning bir tomonnan ikkinchi tomonga o‘tish qurolini ko‘rsatadi: parkten ótiw, tunnelden ótiw, kósheden júriw, dáryadan keship ótiw. Bunday ma’nolar ingli

Доказательный фрагмент

«This article discusses the spatial cases as “barıs”, “shıǵıs” and “orın” in karakalpak language and their expressions in English.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the spatial cases as “barıs”, “shıǵıs” and “orın” in karakalpak language and their expressions in English. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
noun, case, morphological markers, semantics, preposition, morfologik ko‘rsatkish, predlog., semantika, kelishik, preposition., ot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники