К содержанию
РецензированоRU2026

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING IJODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI

RIVOJLANTIRISH MAZMUNI · Maxliyo Turopova Erkin qizi

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

В статье анализируется содержание развития творческого мышления будущих учителей начальных классов. В системе образования творческое мышление не только способствует эффективной организации педагогической деятельности учителя, но и позволяет обучать учащихся новым, инновационным подходам и методам. Ключевые слова: будущие учителя начальных классов, творческое мышление, педагогические методы, инновационные подходы, образовательный процесс, креативное мышление, методика обучения. Annotation: This article analyzes the content of developing the creative thinking of future primary school teachers. In the educational system, creative thinking not only facilitates the effective organization of the teacher's pedagogical activities but also enables teaching students new, innovative approaches and methods. Key words: future primary school teachers, creative thinking, pedagogical methods, innovative approaches, educational process, creative thinking, teaching methodology. Bugungi kunda olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi odatda iste’dodli, daho deb ataladigan odamlarning qobiliyatlari - anomaliya emac, balki odatiy me’yorga mos ekanligini namoyish qildi. Vazifa faqat inson tafakkurini ochish, uning foydali ish koeffitsientini oshirish va nihoyat ko‘pchilik mavjudligi haqida xayoliga ham keltirmaydigan tabiat in’om etgan boy imkoniyatlardan foydalanishdan iborat. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim faoliyatining turli metodlar va vositalardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar biz ishlab chiqqan pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi. YUNECKOning ta’rifiga ko‘ra pedagogik texnologiya - ta’limning yanada samarali shakliga erishish uchun inson va texnika resurslarini va ular orasidagi o‘zaro aloqadorliklarni hisobga olish orqali ta’lim va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini rejalashtirish, amalga oshirish va baholashning tizimli usulidir. Tadqiqot ishimizda: «Texnologiya pedagogika fani va maktab amaliyoti taraqqiyotida merosiylikning, izchillik, ketma-ketlikning uzluksiz saqlanib qolishi sharti bilan pedagogika va metodikaning instrumetnal va metodik vositalarini tubdan yangilashdir». bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining faoliyat harakatlarini tanqil qilish va me’yorlashtirish funksiyalarini rejalashtirish natijalarini baholash o‘z-o‘zini kuzatish asosida rivojlantirib, ulardagi ijodiy faoliyati shakllanib boradi. Shuningdek, qiyinchiliklarni bartaraf etish strategiyasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida muntazam infrospeksiya va 44 ` retrospeksiya qilish asosida ularning faoliyati rivojlantirish texnologiyasi mazmuni asosida shakllanadi. Pedagogik texnologiya – ta’lim berish va o‘zgartirish usullarini yaratish, qo‘llash, ularni yagona tizimga keltirish yo‘li bilan inson salohiyati va texnik vositalarining barcha imkoniyatlaridan muvofiq foydalanib, bilimlar o‘zlashtirilishining eng maqbul jarayonidir (YuNESKO). Pedagogik texnologiya – pedagogik (ijtimoiy) va texnologik (ishlab chiqarishdagi muhandislik) yondashuvlar integratsiyasidir. Pedagogik texnologiya – ma’lum loyiha asosida tashkil etiladigan, belgilangan maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizim sifatida qarab, ushbu maqsadning natijalarini kafolatlovchi ta’lim jarayoniga texnologik yondashadigan ta’limiy tadbir. Pedagogik texnologiyaning mohiyati – ta’lim samaradorligini yaxshilash, o‘quvchilarning bilim olishdagi faolligini oshirish asosida ularning mustaqil fikrlashlarini rivojlantirish, darsga qo‘yilgan maqsadga erishishni kafolatlaydigan pedagogik jarayonni anglatadi. Demak, pedagogik texnologiyani o‘qituvchining professional faoliyatini ta’minlovchi va yakuniy rejalashtirilgan natijani kafolatlovchi texnologik tartiblar majmui deb tavsiflash mumkin. Tadqiqot ishimizda ijodiy to‘garakning shart-sharoitini bo‘lajak o‘qituvchilar o‘rtasida hamkorlik faoliyatlari asosidagi metodlardan va vositalardan foydalanish orqali bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Mustaqil ta’lim faoliyati orqali bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish tizimi uchun pedagogik texnologiyaning konseptual asoslarining metodologik yondashuvlari va A.N. Leontevning faoliyatning psixologik nazariyasi bo‘yicha fikrlari muhim. Mustaqil ta’lim faoliyatini loyihalashning texnologik darajasiga chiqish va texnologiyani amalga oshirish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga tizimli malaka oshirish imkonini beradi, ta’lim oluvchining rolini sezilarli darajada kuchaytirishga yordam beradi va texnologiya hammuallifi - o‘qituvchi ijodining rivojlanishi uchun yangi istiqbollar ochadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyasi mazmunining asosiy xususiyatlari 1.1-jadvalda keltirilgan. 1.1 – jadval Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ijodiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyasining xususiyatlari Rivojlan- Maqsad Vazifalar Ha

Доказательный фрагмент

«В статье анализируется содержание развития творческого мышления будущих учителей начальных классов.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируется содержание развития творческого мышления будущих учителей начальных классов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
future primary school teachers, creative thinking, pedagogical methods, инновационные подходы, teaching methodology., educational process, ta’lim metodikasi., педагогические методы, pedagogik usullar, творческое мышление, ta’lim jarayoni, ijodiy tafakkur, innovative approaches, креативное мышление, будущие учителя начальных классов, innovatsion metodlar, kreativ fikrlash, методика обучения., bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, образовательный процесс
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники