Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSTAQILLIK DAVRI NAVOIYSHUNOSLIGIDA TASAVVUFIY ISTILOHLARNING O‘RGANILISH TADRIJI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · ISTILOHLARNING O‘RGANILISH TADRIJI (in-academy.uz/index.php/si) · Rahmatova Sitora Bobir qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 1990
Аннотация
Ushbu maqola mustaqillik davri o‘zbek navoiyshunosligida tasavvufiy istilohlarning o‘rganilish jarayoni, uning bosqichlari va tadqiqotlarning ahamiyatini tahlil qilishga qaratilgan. Mazkur maqolada ulug` mutafakkir Alisher Navoiy asarlaridagi tasavvufiy istilohlar, ularning ma’no-mohiyati va ularni sharhlashdagi zamonaviy yondashuvlar asosida muhim olimlarning ishlari va bu bo`yicha olib borilgan tadqiqotlar yoritiladi. Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, tasavvuf, istiloh, mustaqillik davri, navoiyshunoslik, ilohiy ishq. O‘zbek tasavvuf she’riyati rivojida muhim o‘rin egallagan ulug‘ shoir Alisher Navoiy ijodini o‘rganishga bo`lgan e’tibor mustaqillik davrida sezilarli darajada ortdi. O‘zbek navoiyshunosligida tasavvufiy qarashlar va istilohlarning chuqur tadqiq etilishi yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu borada akademik Aziz Qayumov, Yoqubjon Is’hoqov, Sultonmurod Olim, Ergash Ochilov, Sayfiddin Rafiddinov, Najmiddin Komilov, Ibrohim Haqqul tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlari muhim ahamiyatga ega. Navoiy ijodining mazmun-mohiyatini ochib berishda asosiy manba sifatida xizmat qiluvchi tasavvufiy istilohlar bu davrga kelib islom falsafasi, madaniy qadriyatlar nuqtayi nazaridan qayta tahlil etildi. 1990-2000-yillarda Aziz Qayumov, Yoqubjon Is’hoqov kabi olimlarimiz yetakchi tadqiqotchilar sifatida maydonga chiqdi. Jumladan, Azizxon Qayumovning “Bu ohang ila bo‘lg‘aysen Naqshband” asari Alisher Navoiy va Naqshbandiya tariqati o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Ushbu asarda shoir ijodida uchraydigan tasavvufiy istilohlar va ramzlarning ma’nosi, ularning Naqshbandiya ta’limoti bilan bog‘liqligi aks ettirilgan. Masalan, “Ishq”, “ma’rifat”, “haqiqat” kabi tushunchalarning Navoiy she’riyatidagi o‘rni va ularning tasavvufiy talqini ilmiy va falsafiy jihatdan asoslangan. Ushbu asar Navoiy ijodini tasavvufiy nuqtai nazardan o‘rganishda muhim manba bo‘lib, shoirning Naqshbandiya ta’limoti bilan aloqalarini chuqur anglashga yordam beradi. Bundan tashqari “Farhod va shirin sirlari”(Navoiy “Xamsa”sining ikkinchi dostoni “Farhod va Shirin”ning badiiyati, obrazlar tizimi va mavzulari chuqur tahlilga tortilgan va dostonning yaratilish tarixi, manbalari va undagi ramziy ma’nolari ochib berilgan), “Ishq vodiysi chechaklari”(Navoiy g‘azallarining tasavvufiy mazmuni va badiiy xususiyatlari tahlil etilgan va shoir she’riyatidagi ishq mavzusini tasavvufiy nuqtai nazardan o‘rganib, uning falsafiy asoslarini ochib bergan), “Navoiyga ta’zim”(Mazkur to‘plamda Aziz Qayumovning Navoiy ijodidan ilhomlanib yozgan muxammaslari jamlangan. Bu asar olimning Navoiyga bo‘lgan hurmat va ehtiromining ifodasi sifatida e’tiborlidir) kitoblari orqali ham qimmatli tadqiqotlar yaratdi. Adabiyotshunos Yoqubjon Is’hoqovning ilmiy izlanishlari asosan Navoiy lirikasi va tasavvufiy ta’limotlarning o‘zbek adabiyotiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan. Olim quyidagi asarlari orqali navoiyshunoslik ilmida yangicha talqin va tahlillarni olib kirdi: 73 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si 1. “Navoiyning ilk lirikasi”: Ushbu tadqiqotda Navoiy ijodining dastlabki davridagi lirik asarlari tahlil qilingan. Muallif shoirning ilk g‘azallari va ularning badiiy xususiyatlarini o‘rgangan. 2. “Navoiy lirikasi”: Bu asarda Navoiy lirik merosining janr xususiyatlari, mavzulari va badiiy uslubi tahlil etilgan. Olim shoirning lirik asarlaridagi obrazlar tizimi va ularning estetik ahamiyatini yoritgan. 3. “Naqshbandiya ta’limoti va o‘zbek adabiyoti”: Mazkur asar mustaqillikdan so‘ng nashr etilgan bo‘lib unda naqshbandiya ta’limotining o‘zbek adabiyotiga, xususan, Navoiy ijodiga ta’siri o‘rganilgan. Muallif tasavvufiy g‘oyalar va ularning badiiy ifodasini tahlil qilgan. 2000-2010-yillarda tasavvufiy istilohlarning lingvistik va semantik jihatlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar kengaydi. Sultonmurod Olimov va Najmiddin Komilov kabi olimlar Alisher Navoiy asarlarida tasavvufiy tushunchalar – ilohiy ishq, komil inson va riyozat – qanday ifodalanishini chuqur tahlil qildi. Najmiddin Komilovning “Tasavvuf va komil inson axloqi” nomli asari ushbu davr navoiyshunosligida muhim ilmiy manbadir. Olimning mustaqillik davrida tasavvuf mohiyatini anglash, Navoiy ijodini o‘rganish, turli tasavvufiy timsol va istilohlarni sharhlashga qaratilgan yana ko‘plab izlanishlari ham mavjud. Jumladan, uning “Tasavvuf”, ”Badiiy adabiyot va tasavvuf timsollari” asari, “Timsollar timsoli:Alisher Navoiy g‘azaliga sharh”, “Tasavvuf va badiiy ijod” kabi bir qator maqolalari tasavvuf ilmini va Navoiy ijodining mohiyatini anglashda asosiy tayanch bo‘la oladi. 2009-yilda chop etilgan “Tasavvuf” asarida tasavvufning paydo bo‘lishi, tarixiy rivoji va asosiy tamoyillari haqida so‘z boradi. Muallif tasavvufning diniy-falsafiy jihatlarini tahlil qilib, uning Sharq xalqlari ma’naviyati tarixidagi o‘rnini ochib beradi. Unda tasavvufiy istilohlar va ularning ma’nolari ham batafsil tushuntiriladi. Asarda tasavvuf g‘oyalarining lirikaga uyg’unlashishi haqida so‘z
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola mustaqillik davri o‘zbek navoiyshunosligida tasavvufiy istilohlarning o‘rganilish jarayoni, uning bosqichlari va tadqiqotlarning ahamiyatini tahlil qilishga qaratilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola mustaqillik davri o‘zbek navoiyshunosligida tasavvufiy istilohlarning o‘rganilish jarayoni, uning bosqichlari va tadqiqotlarning ahamiyatini tahlil qilishga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- istiloh, navoiyshunoslik, Alisher Navoiy, tasavvuf, ilohiy ishq., mustaqillik davri
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014