К содержанию
РецензированоUZ2026

ELEKTRON BIZNESDA TOVAR VA XIZMATLARI IMKONIYATLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Xujanova Munira Muhitdinovna (in-academy.uz/index.php/si)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda Navoiy viloyati ekologik muammolarni o`rganish hamda viloyat hududida aholi orasida uchrayotgan turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari va ularni oldini olishda qilinayotgan tadbirlar haqida aytilgan. Kalit so’zlar: ekologik holati, sanoat, qishloq xo`jaligi va transport vositalari tabiatni ifloslantiruvchi antropogen omillar, onkologik kasalliklar. Atrof-muhitni ifloslovchi tabiiy omillarga antropogen ta’sir va asosan sanoat korxonalari, avtomobil, havo, temir yo‘l transporti chiqindilari shuningdek, turli yoqilg`ilarni ishlatilishi natijasida hosil bo‘ladigan zararli moddalarni ko‘rsatish mumkin. Hozirgi kunda Navoiy shahrida atmosfera havosini turli ifloslanishlardan muhofaza qilish, havo tarkibidagi zararli moddalar miqdorini kamaytirish, hech bo‘lmaganda hozirgi holatda saqlab qolish chora tadbirlarini olib borish lozim. Havoning ifloslanishi ayniqsa geoekologik sharoitlarning nihoyatda yomonlashuviga olib keladi. Ifloslangan atmosfera havosining atrof muhitga, o‘simliklarga, insonning sog`ligiga va turmush tarziga salbiy ta’siri juda kattadir. Tadqiqotlar shuni ko‘satadiki, atmosfera havosi ifloslangan hududlarda kasalliklar ko‘p uchraydi. Ekologik muammolarni asosiy ko`rsatgichi sifatida atmosfera havosini, suv va suv havzalarini ifloslanish darajasi, zararli moddalarni ruxsat etilgan me’yordan ortib ketishi, tuproq erroziyasi sho`rlanishi kiradi. Viloyatda atmosfera havosining ifloslanishi yuqori darajadaligi kuzatilmoqda. Ishlab chiqarish texnologik jarayonida yiliga 650 ming tonna zaharli moddalar hosil bo`lib, shundan 95 % ushlab qolinadi va atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar miqdori 55 ming tonnani tashkil etadi. Atmosfera havosi eng ifloslangan ko`plab sanoat korxonalari ichida atmosfera havosini ifloslashda ”Navoiy azot”, ”Navoiy elektrokimyo”, ”Qizilqum sement” kabi korxonalarni hissasi katta. Yuqoridagi sanoat korxonalari qurulgandan keyin XX asrning 70 - 80 yillaridan to hozirgacha havoni ifloslovchi moddalar 50 turdan ortib ketdi. Navoiy shahrida har yili o`rtacha sanoat korxonalaridan va transport vositalaridan 79,0 ming tonna chang va gazlar atmosfera havosiga chiqariladi. Shundan 48 ming tonnasi sanoat korxonalariga, 31,0 ming tonnasi avtotransport vositalariga to`g`ri keladi. Shahar atmosferasini ifloslovchi asosiy manbalardan biri Navoiy azot kombinatidir. Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasi 2010-yilda atmosferaga 7306 ming tonna zaharli moddalarni chiqargan. Korxonadan atmosferaga chiqarilgan zaharli gazlar, aerozollar birlashma atrofida joyning o`simlik va hayvonot dunyosiga salbiy ta’sir ko`rsatib kelmoqda. Ozon qatlamining yemirilishiga va ultrabinafsha nurlarni to’g’ridan-to’g’ri yerga, o’simliklarga, insonlarga tushishi natijasida ularga salbiy ta’sir etib kemoqda. Navoiy viloyati sog`liqni saqlash muassasalaridagi kasallik varaqalarining ko`pchiligida onkologik kasalliklar tashkil etib, asosan yuqori nafas olish yo`llari kasalliklariga chalinganlar ko`pchilikni tashkil etadi. Undan tashqari bronxial astma, allergik rinit, teri toshma kasalliklari aholi orasida rivojlanib 49 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si ketgan. Turli og’ir metal, zararli gaz, radioaktivlik, nurlanish tufayli aholi sog’ligiga jiddiy zarar yetmoqda. Aholi iqlimning issiqligi, havoning iflosligidan turli kasalliklarga chalinmoqda. Bugungi kunda ham Navoiy azot ishlab chiqarish havoni ifloslovchi me’yor hozirgi talablarga javob bermaydi. Bunday korxonalar qatoriga Navoiy GRES ni ham kiritish mumkin. Masalan: 1997 yilda atmosferaga 111,9 tonna zaharli moddalar atmosferaga chiqarilgan bo`lsa, hozirda bu ko`rsatgich 50 tonnadan ko`proqni tashkil etadi. Navoiy issiqlik ekektrostansiyasida gaz yoqishdan hosil bo`ladigan azot oksidlarni tozalash inshootlari qurilgan. Ammo shunga qaramasdan ushbu moddalarning me’yordan yuqoriligi saqlanib qolinmoqda.Navoiy sement zavodi shahardan ancha uzoqda lekin sement bilan birgalikda atmosferaga juda ko`p miqdordagi turli xil kimyoviy chiqindilar chiqishiga sabab bo`ladi. Har yili atmosferaga birgina sement zavodining o`zi 10000 tonnadan ortiqroq zararli moddalarni chiqaradi. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, bunday zararli havodan nafas olayotgan aholi qiynalmoqda. Zavodning chiqindilarini havoga chiqishini butunlay to’xtatish lozim. Yanada takomillashgan boshqa mexanizmlarni jalb etish kerak. Daraxt va turli o’simliklar ko’plab ekilsa, havoni tozalanishi ta’minlanadi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda Navoiy viloyati ekologik muammolarni o`rganish hamda viloyat hududida aholi orasida uchrayotgan turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari va ularni oldini olishda qilinayotgan tadbirlar haqida aytilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda Navoiy viloyati ekologik muammolarni o`rganish hamda viloyat hududida aholi orasida uchrayotgan turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari va ularni oldini olishda qilinayotgan tadbirlar haqida aytilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Raqamli Bozor., Tovar Savdosi, Iste’molchilar Xulq-Atvori, Elektron Biznes, Xizmatlar, Elektron Tijorat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники