Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDA OILADAGI TARBIYANING AHAMIYATI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ismoilova Marhabo Hamitovna (in-academy.uz/index.php/yo) · Ergashev Dilshodbek (in-academy.uz/index.php/yo) · TAFU Pedagogika fakulteti PPU-guruh talabasi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Olimlar oilada tarbiyaning muhimligini turli nuqtai nazarlardan ta’kidlab, uning shaxsiy rivojlanishi va jamiyatdagi o‘rni haqida bir qancha fikrlar bildirganlar. Oilada tarbiya, avvalo, insonning axloqiy, ruhiy va ma’naviy shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada Oilada tarbiyaning o‘rni xususida fikrlar yurutilgan. Kalit so‘zlar: Oila, oilaviy muhit, farzand tarbiyasi, jamiyat, mehr-shafqat, farzandlik burchi, adolat. Kirish. Fitratning “Oila asari oila tarbiyasi - oilada ota-ona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash, yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch - oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllab-quvvatlash va hokazolarni nazarda tutadi. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Tarbiya ikki qismdan-oila va maktabda beriladigan tarbiyadan tashkil topadi. Oilada to‘g‘ri yo‘naltirilgan tarbiya keyingi bosqich uchun poydevor vazifasini o‘taydi, va aksincha, oilada tarbiyaga e’tibor qaratilmasa, bu vaziyat maktabda olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini birmuncha orqaga tortadi. Abdulla Avloniy ota-onalar bilan farzand o‘rtasidagi munosabatlarga yangicha izoh beradi. U bolaning nafsoniyatiga tegadigan, bolaning hissiyotiga shikast yetkazadigan, uni ruhan va ma’nan ezadigan jazoni qoralaydi. Bolani sevish va unga ustalik bilan ta’sir ko‘rsatish zarur, uni ishontirish vositasi bilan o‘z burchini anglatish zarur, deb hisoblaydi. Farzand tarbiyasida bola yashab turgan shart-sharoit, muhit, atrofidagi kishilarning roli katta ekanligi ko‘rsatiladi 1. “Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilinur? degan savol keladur. Bu savolga, birinchi uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur”, deb javob bersak, bir kishi deyurki, “qaysi onalarni aytursiz, bilimsiz boshi paqmoq, qo‘li to‘qmoq onalarmi? O‘zlarida yo‘q tarbiyani qaydan olib berurlar”, der.Mana bu so‘z kishini yuragini ezar, bag‘rini yondurar”. Ayni paytda, adib ta’lim bilan tarbiya bir butun jarayon ekanligini ta’kidlaydi: “Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham ikkisi bir-biridan oyilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur”. Beshikdan to mozorga borguncha ilm o‘rgan”-demishlar. Bu hadisi sharifning ma’nosi bizlarga dalildur. Hukamolardan biri: “har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdur”-demish”. Abdulla Avloniy o‘zining pedagogik nuqtayi nazarida tarbiyani uch turga ajratadi: badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi va axloq tarbiyasi 34 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo kabi. Bundan tashqari ularning bir-biri bilan uzviy bog‘liqligini ta’kidlaydi. Adibning aytishicha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilmu ma’rifatga ega bo‘lish uchun avvalo badanni tarbiya qilish zarur. “Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qumoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir. Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o‘ng ila terisi kabidur”. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustini qo‘yib astarini yuvub ovora bo‘lmoq kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mahkam va sog‘lom bir vujud kerakdur. Shuning uchun ota- onalar bolalari kasal bo‘lgan zamon beparvolik qilmay, tezlik ila tabib va do‘kturga boqizmak kerak.” Bolalarda fikrlash qobiliyatini o‘stirish, fikr tarbiyasini uyushtirish juda zarur va muqaddas bir burch hisoblanadi. Shu tufayli ham ulug‘ allomalarimiz fikriy tarbiyaga alohida e’tibor berganlar. Avloniy ham fozilona, hikmatlarga yo‘g‘rilgan tasdiqlarga suyanib, fikr tarbiyasi haqida quyidagilarni aytib o‘tadi: “Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik, g‘ayratlik bo‘lishiga sabab bo‘ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so‘ng daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog‘lidur”. Xalqimizda “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan naql bejizga aytilmagan. Har bir ota-ona o‘z farzandi uchun ko‘zgudir. Ularning muomala va munosabati, o‘zini tutishi farzandiga bo‘lgan e’tibori alohida ahamiyatga ega. Buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy farzand tarbiyasi xususida shunday deydi: “Yos
Доказательный фрагмент
«Olimlar oilada tarbiyaning muhimligini turli nuqtai nazarlardan ta’kidlab, uning shaxsiy rivojlanishi va jamiyatdagi o‘rni haqida bir qancha fikrlar bildirganlar.»
Образец извлечения
Демо-превьюOlimlar oilada tarbiyaning muhimligini turli nuqtai nazarlardan ta’kidlab, uning shaxsiy rivojlanishi va jamiyatdagi o‘rni haqida bir qancha fikrlar bildirganlar. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- oilaviy muhit, farzand tarbiyasi, adolat., jamiyat, Oila, farzandlik burchi, mehr-shafqat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024