К содержанию
РецензированоUZ2026

JAMIYAT RIVOJIDA G'OYALARNING ORNI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Sultamuratov Azamat Baxit og'li (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada jamiyatdagi g'oyalarning orni, shakllanishi va rivoji haqida so'z boradi. Jamiyat rivojida g‘oyalarning ta’sirini tasdiqlovchi tarixiy va zamonaviy ko'rinishlari ham bayon qilingan. Kalit so'zlar: G‘oya, din, milliy va global, Renessans, ilm-fan, Leonardo da Vinchi, Galiley, kosmos, Modernizatsiya, Martin Lyuter King, Ekologik ong, Greta Tunberg, texnologiya. Jamiyat rivojida g‘oyalar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular insonlarning qarashlari, hayotga bo‘lgan munosabatlari va harakatlarini shakllantiruvchi asosiy omillardan biridir. Insoniyat tarixida shunday g‘oyalar bor, ular butin insoniyat rivojiga tasir qiladi. Qadimgi Xitoy, Hindiston, Yunoniston va Orta Osiyo xalqlarining g‘oyalari o'zining gumanistik ma'nosi bilan butin insoniyatning ma'naviy rivojiga tasir qila oldi. Hindistonda foyda bolg'an buddizm dini Janub, Shimoliy Osiyoning ko'pshilik xalqining asosiy g'oyalaridan biriga aylandi. Milodiy I asrda Rim imperiyasida foyda bolg'an xristianlik dini esa ko'plab xalqlarning ma'naviy hayotida katta siljishiga olib keldi. Quyida g‘oyalar jamiyat rivojiga qanday ta’sir qilishi haqida asosiy jihatlar keltirilgan: 1. Jamoaviy maqsadlarni shakllantirish: G‘oyalar jamiyatni yagona maqsad sari yo‘naltiruvchi kuchdir. Masalan, ozodlik, adolat yoki barqarorlik kabi g‘oyalar milliy va global darajada birlikni ta’minlaydi va jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi. 2. Ijtimoiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirish: Yangicha qarashlar va innovatsion g‘oyalar jamiyatda yangiliklarni joriy etishga turtki beradi. Ilm-fan, texnologiya va san’at sohasidagi yuksalishlar ko‘pincha ilg‘or g‘oyalardan boshlanadi. Masalan, Renessans davri (XIV-XVII asrlar): Ilm-fan va san’at sohasidagi yuksalish insonni olam markaziga qo‘yuvchi gumanistik g‘oyalarga asoslangan edi. Bu davr Leonardo da Vinchi, Galiley kabi buyuk shaxslarning yetishib chiqishiga sabab bo‘ldi. Kosmosni tadqiq qilish (XX asr): “Inson oyga qadam qo‘yishi” (1969) kabi hodisalar ilm-fan va texnologiyani rivojlantirish haqidagi g‘oyalarning mahsuli bo‘ldi. 3. Madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirish: G‘oyalar millatning madaniyati va ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradi. Ular insonlar orasidagi munosabatlarni tartibga solib, tinchlik va totuvlikni mustahkamlaydi. Masalan, Milliy g‘oyaning jamiyatni birlashtirishi O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston – yangi taraqqiyot bosqichida” degan g‘oya davlat siyosatida asosiy tamoyil sifatida qabul qilingan. Bu g‘oya mamlakatda islohotlarni amalga oshirishda xalqni umumiy maqsad atrofida birlashtirishga yordam beradi. 4. Rahbarlik va liderlikni ta’minlash: G‘oya va mafkura liderlarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Yaxshi g‘oyalar ortidan ergashgan jamiyatlar tezroq rivojlanadi. Masalan, Nelson Mandela va Irqiy Tenglik Mafkurasi (20-asr Janubiy Afrika) Apartheid tizimiga qarshi kurashda Nelson Mandela irqiy tenglik va birdamlik g‘oyalariga asoslangan mafkura bilan jamiyatni birlashtirdi. U uzoq yillik qamoq jazosiga qaramasdan, xalqni umidbaxsh fikrlari bilan ruhlantirib, Janubiy Afrikada irqiy diskriminatsiyani yengishda lider bo‘ldi. Mustafa Kemal Ataturk va Modernizatsiya G‘oyasi (20-asr Turkiya) Birinchi Jahon urushidan keyin 60 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Turkiyaning parchalanish xavfi tug‘ilgan bir davrda, Atatürk modernizatsiya va milliy tiklanish mafkurasi orqali jamiyatni yangi davrga olib chiqdi. Uning siyosiy va iqtisodiy islohotlari krizislarni yengishga yordam berdi. 5. Krizislarni yengishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish: Murakkab davrlarda ijobiy va umidbaxsh g‘oyalar jamiyatni ruhlantirib, qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Masalan, Abraham Linkoln va Qullikni Bekor Qilish Mafkurasi (19-asr AQSh) AQShda fuqarolar urushi davrida (1861-1865) Abraham Linkoln qullikni bekor qilish va milliy birlikni saqlash g‘oyasi bilan liderlik qildi. U o‘zining qarorlarida mustahkam mafkuraga tayanib, millatni birlashtira oldi. Bu, jamiyatni o‘zgartirgan va krizisni yengib o‘tishga yordam bergan tarixiy misollardan biridir. 6. Boshqaruv tizimining asosini yaratish: Davlat va jamiyat boshqaruvi asosan g‘oyaviy asosga tayanadi. Masalan, demokratik yoki diniy boshqaruv tizimlari turli g‘oyalardan kelib chiqadi. Jamiyat rivojida g‘oyalarning ta’sirini tasdiqlovchi tarixiy va zamonaviy misollarni quyidagicha keltirish mumkin: 1. Milliy ozodlik g‘oyalari: Amerika mustaqilligi (1776): AQSh mustaqilligi erkinlik va tenglik g‘oyalariga asoslangan. Bu g‘oyalar jamiyatni mustamlakachilikka qarshi birlashtirib, yangi davlatning shakllanishiga olib keldi. Hindiston mustaqilligi: Mahatma Gandining zo‘ravonliksiz qarshilik ko‘rsatish g‘oyasi (satyagraha) hind xalqini Britaniya mustamlakachiligidan ozod qilishda asosiy o‘rin tutdi. Uning mafkura haqida ajoyib iqtibosi bor, ya'niy: "Men uyimning darvoza va eshiklarini mahkam berkitib o'tira olmayman. Chunki unga toza havo kirib turishi kerak va shu barobarida, eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo'lib, xonadonimni ag'dar- to'ntar qil

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada jamiyatdagi g'oyalarning orni, shakllanishi va rivoji haqida so'z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada jamiyatdagi g'oyalarning orni, shakllanishi va rivoji haqida so'z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
G‘oya, din, milliy va global, Renessans, ilm-fan, Leonardo da Vinchi, Galiley, texnologiya., kosmos, Martin Lyuter King, Modernizatsiya, Ekologik ong, Greta Tunberg
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники