Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TOSHTUTGICH QURILMASINING TEXNOLOGIK SXEMASINI TANLASH VA ISHLASH PRINTSIPINI TUZISH
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · ISHLASH PRINTSIPINI TUZISH (in-academy.uz/index.php/yo) · Ibroximov Ilg’orbek (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu tadqiqotda paxta xom ashyosiga dastlabki ishlov berish texnologik jarayonida paxta tarkibidagi turli o’gir aralashmalarni tutib qoluvchi toshtutgich qurilmasini takomillashtirish ishlar olib borilgan. Natijada takomillashtirilgan qurilma ishchi sxemasi ishlab chiqilgan. Kalit so’zlar. Paxta xomashyosi, tosh, og’ir aralashmalar, toshtutgich, havo oqimi, ishchi kamera, bunker, pnevmotransport, separator. Paxta xomashyosini dastlabki tozalash jarayonida unda tuproq, tosh, metall parchalar va boshqa og‘ir jismlar bo‘lishi mumkin. Toshtutgich qurilmasi ushbu og‘ir jismlarni ajratib, keyingi texnologik jarayonlarga faqat toza xomashyoni yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan. Bu nafaqat uskunalarning shikastlanishini oldini oladi, balki tolaga zarar yetkazilishining ham oldini oladi. Toshtutgichning texnologik sxemasi paxta korxonasining ish hajmi, paxta tarkibidagi aralashmalar miqdori va zaruriy tozalash samaradorligiga qarab tanlanadi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan usullar: 1. Havo oqimi yordamida ajratish 2. Vibratsion ajratish 3. Magnit usuli Ko‘pincha kombinatsiyalangan usuldan foydalaniladi, ya'ni havo oqimi + vibratsion yoki magnitli usul birgalikda ishlatiladi. Oʼrnatiladigan joyiga qarab ikki turga boʼlinadi. Birinchisi chiziqli toshtutgichlar, deyiladi. Ular havo yordamida tashuvchi qurilmaning chizigʼida joylashgan boʼlib, separatorgacha oʼrnatiladi. Ikkinchisi chiziqli boʼlmagan toshtutgichlar boʼlib, ular separatordan keyin oʼrnatiladi. Havo yordamida tashuvchi qurilma quvurlarining oʼtish qismiga oʼrnatiladigan 2ChTL, LKS markali silindrik shaklli, markazdan qochma turdagi va shunga oʼxshash ogʼir jismlarni tutib qoluvchi moslamalar mavjud. Ular hammasi bittadan shartli ravishda «choʼntak» deb ataluvchi ogʼir aralashmalar yigʼish joyiga ega. Toshtutgich konstruktsiyasin yaratishda paxta tarkibidagi ogʼir aralashmalarni eng yuqori tutib qolish darajasiga erishish uchun choʼntaklarni eng qulay joylashish oʼrnini aniqlash lozim. Yaʼni paxta va ogʼir jismlar har xil solishtirma massa va tezlikka ega boʼlgan holda havo yordamida tashilish jarayonida oʼtish joylarida har xil traektoriyalar boʼyicha harakatlanadi [1-5]. Ogʼir jismlar paxtaga nisbatan kattaroq massaga egaligi va ular har xil traektoriya boʼylab harakatlanishi tufayli ularni tutib qolish uchun choʼntakni toshtutgichning ajratish kamerasining qaerga oʼrnatishni bilish lozim. Paxta tozalash korxonalarining ish tajribasi mavjud tosh tutgichlar paxtadan ogʼir jismlarni ajratish masalasini yetarlicha hal qila olmasligini koʼrsatmoqda. Bu qurilmalarning ish unumi ancha past boʼlib, ular asosan katta oʼlchamdagi ogʼir jismlarni tutib qoladi. Mayda jismlar esa texnologik jarayonga oʼtib ketadi. Bundan tashqarii, mavjud tosh tutgichlar yuqori 66 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo aerodinamik qarshilikka ega. Bu esa oʼz vaqtida, pnevmotransport quvurlarida havo bosimining keskin pasayishiga hamda tosh tutgich choʼntaklarining paxta bilan toʼlib qolishi va chiqindiga qoʼshilib ketishiga olib keladi. Shuning uchun hozirgacha paxtani ogʼir jismlardan tozalovchi yuqori samarali uskunalarni yaratish va mavjudlarini takomillashtirish vazifasi dolzarbligi yoʼqotgani yoʼq. Toshtutgich qurilmasi paxta tozalash korxonalarida majburiy dastlabki tozalash bosqichi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz va xavfsiz bo‘lishini ta’minlaydi. Uni tanlashda paxta tarkibidagi og‘ir aralashmalar miqdori va texnologik jarayon talablariga e’tibor berish muhim. Paxta tarkibidagi aralashmalar turi va miqdori ko’p tomonlama toshtutugich ishlashiga ta’sir qiladi. Tuproq, tosh, metall, yog‘och va boshqa aralashmalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, mos texnologiyani tanlash shunchalik muhim bo‘ladi. Masalan, paxta ko‘proq mayda qum va chang bilan aralashgan bo‘lsa, havo ajratish tizimi samaraliroq bo‘ladi. Agar katta toshlar uchrasa, vibratsion va tortishish kuchiga asoslangan ajratish usuli qo‘llaniladi. Paxta tozalash korxonasining quvvati va sutkalik qayta ishlash hajmiga qarab qurilmaning samaradorligi oshirilishi kerak. Tadqiqotda tahliliy ma’lumotlar natijasida takomillashtirilgan toshtutgichning texnologik sxemasi ishlab chiqildi (1-rasm). 1-rasm. Takomillashtirilgan toshtutgich qurilmasining sxemasi 1-kirish, 2-ishchi kamera, 3-aerodinamik qarshilik (paxtani titib beruvchi qism), 4-elastik qoplamalar, 5-bunker, 6-chiqish qismi Ushbu toshtutgich qurilmasi quyidagicha ishlaydi: paxta qirish qismi 1 orqali yuqori tezlikda ishchi kamera 2ga kirib keladi. ishchi kamera 2ning markazida aerodinamik qarshilik 3 oʼrgatilgan boʼlib, u ishchi kamera 2 ni ikki qismga ajratib turadi. Yaʼni yuqori va quyi qismlarga. Аerodinamik qonuniyatga koʼra yuqori qismda havoninig tezligi past va havo bosimi yuqori boʼladi. Quyi qismda esa havoning tezligi yuqori va havo bosimi past boʼladi. Havo oqimi bilan aralashib kelayotgan paxta boʼlakchalari aerodinamik qarshilik 3 yordamida titilib, kichik massaga ega paxta quruq paxta boʼlakchalari yuqori qismdan oʼtib, elastik
Доказательный фрагмент
«Ushbu tadqiqotda paxta xom ashyosiga dastlabki ishlov berish texnologik jarayonida paxta tarkibidagi turli o’gir aralashmalarni tutib qoluvchi toshtutgich qurilmasini takomillashtirish ishlar olib borilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tadqiqotda paxta xom ashyosiga dastlabki ishlov berish texnologik jarayonida paxta tarkibidagi turli o’gir aralashmalarni tutib qoluvchi toshtutgich qurilmasini takomillashtirish ishlar olib borilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- havo oqimi, toshtutgich, og’ir aralashmalar, ishchi kamera, tosh, pnevmotransport, Paxta xomashyosi, bunker, separator.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026