Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ALISHER NAVOIYNING ISLOMGA MUNOSABATI IN’IKOSI (ZUHUR ETISHI)
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Hoshimxonov Mo‘min (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
ushbu ilmiy maqolada o‘zbek shoiri va mutafakkiri, ijtimoiy-falsafiy g‘oyalari bilan turkiy she’riyatga ulkan hissa qo‘shgan, tilni forsiy va arabiy she’riyat nufuzidan kam emasligini amalda isbotlagan Alisher Navoiyning islomga munosabati in’ikosi falsafiy nuqtai nazardan tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: oyat, Qur’on, Alloh, sura, hadis, ibodat, taqvodor, farz, daho, najot, munojot, tashbih, imon, Muhammad (s.a.v.), tasavvuf, olam, Makka, Odam Ato, hidoyat, rasul, arbain, forsiy, jannat, tavhid, vahdat, do‘zax, hurlar, mistika, zohid, taqvodor, soqiy. Inglizchcha: Qur’oni Karimda ilm tushunchasi 750 marta, aql atamasi esa 50 marta va aql egalari to‘g‘risidagi so‘zlar 10 marta qayd qilingan. Aslida barcha ilmlar, hikmat sohibi Allohning o‘zi ekanligi alohida takror va takror eslatib o‘tiladi. Ilmdan yiroq kimsalar, aql-zakovatdan benasib insonlar Allohning nazaridan tashqaridadirlar. U haqiqatni bilmaydigan kimsalarning dillarini berkitib qo‘yadi, deyiladi Qur’onning Rum surasida. Bundaylar kofirlardir, ular oyat- mo‘jizalarning ma’no va mazmunini tushunmaydilar, ularni uqib olishga urinmaydilar. Iymon-e’tiqodning sustligi bilimsizlikning sababidir. Shunday ekan, «kar va soqov bo‘lib olgan aqlsiz kimsalar Alloh nazdida eng yomon hayvonlardir» (Qur’on, 8, 22)1 ,—deyiladi Qur’onning Anfol surasida. Alloh bandalari orasidagi bilimdon odamlarga ixlosi balanddir, chunki ular Allohdan qo‘rqarlar, uning sura-oyatlariga amal qilishga tayyordirlar. Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kishilar bir- biriga teng emaslar. «Ayting: «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi?!» Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand- nasihat olurlar» (Qur’on, 39, 9),—deb ta’kidlanadi Zumar surasida. Umuman olganda, aql va ilm tushunchalari islomda, islom madaniyatida o‘ziga xos o‘rin egallab kelganligi sir emas, albatta. Ko‘pgina hadislarda ilmni egallash har bir mo‘min uchun farz ekanligi uqtiriladi, chunki ilm tolibi uchun «Hamma narsa, hatto dengizdagi baliqlar ham gunohini so‘rab istig‘for aytadi», «Bir soatgina ilm o‘rganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir kunlik dars esa uch oy tutilgan nafl ro‘zadan afzaldir»2. Ilm shu darajada ustuvor talabga aylanganki, hatto u ibodatdan ham yuqori qo‘yiladi. Hadislarda «Mening nazdimda ibodatga qaraganda ilmning fazilati ortiqdir. Dindagi eng yaxshi xislat — bu taqvodorlikdir»,—deyilgan. Shunday ekan, «Garchi Xitoyda bo‘lsa ham ilmga intilinglar, chunki ilm olishga harakat qilish har bir mo‘minga farzdir»3,—deyilishi tabiiy bir holdir. Daho san’atkorlar qalamiga mansub asarlarning katta-kichigi bo‘lmaydi. Ularning har birida hayot haqiqati o‘zining mukammal badiiy ifodasini topadi. «Munojot» Alisher Navoiy umrining oxirida yaratgan asarlaridan biridir. Munojot Allohdan najot tilab, iltijo etmak demakdir. Ulug‘ shoir mazkur asarida o‘zining butun hayotiy va ijodiy yo‘liga yakun yasaydi va yaratguvchiga dil izhori-la murojaat qiladi. Asar matniga diqqat qilsak, uning satrlari zimnida shoir dunyoqarashi, shaxsiy hamda ijodiy taqdiri ilg‘or g‘oyalar bilan yo‘g‘rilganligini idrok etamiz. 1Qur’oni Karim / Tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur,—T.: Cho‘lpon, 1992. B.: 520. 2Axloq – odobga oid hadis namunalari. Toshkent. “Fan”, 1990. B.: 104. 3O‘sha manba, B.: 32. 71 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo «Munojot» asosan Allohga tazarru’ bayonidan iborat. Shoir unda davr, muhit bilan bog‘lik armon-o‘kinchlarini, insonning asl his-tuyg‘ularini qalamga oladi. U voqe’likning norasoliklaridan shikoyat qiladi, yolg‘iz Allohdan madad istaydi. «Munojot» mazmun bilan shakl uzviy birligining betakror namunasi hamdir. Unda Navoiy tili o‘zining butun qudrati, ajib nafosati ila namoyondir. Bu til — tafakkur tili, his- hayajon tili. Shu bois u musiqa kabi dillarga orom baxsh etadi ham junbushga soladi. Har bir so‘z, har bir iltijo muallifning ruhiy holatini ochib berishga xizmat qiladi. Navoiy qo‘llagan tashbihlar, ta’rifu tavsiflar faqat Allohga emas, balki shoirning o‘ziga ham qaratilgandek tuyuladi. Bular uning beorom ruhiyatining pokizaligidan, yaralangan qalbining foje’ ahvolotidan bizni ogoh etadi. «Munojot» Navoiy ezgu niyatlarining, samimiy intilishlarining tajassumi o‘laroq, mohiyatan kelajak avlodlarga qarata bitilgan asardir. Unda mutafakkir shoir inson zotini o‘zligini anglashga, ma’naviy kamolot, imon-e’tiqod ustuvorligi, yuksak maqsadlar sari intilishga da’vat etadi, bu yo‘lda to‘sqinlik qiluvchi jamiki illatlarga qarshi turishga chorlaydi.4 Tasavvuf falsafasiga ko‘ra, Muhammad nuri olam, odam yaratilmasdan burun ham bor edi. Chunki Alloh taoloning olamni ham, odamni ham yaratishidan maqsadi— Muhammad alayhissalom bo‘lgan. Shuning uchun ham bu nur hatto Odam alayhissalomning manglayida porlagani haqida «Qisasi Rabg‘uziy»da shunday deyiladi «Mavlo azza va jalla (Qudratli va ulug‘ Alloh) Odamni kamug‘ ko‘rkluklar birla bezadi. Tishlarindin nur balqinur erdi ko‘z nur mengizlik. Muhammad al-Mustafoning nuri Odamning oldinda qo‘miyur erdi to‘lun oy meng
Доказательный фрагмент
«ushbu ilmiy maqolada o‘zbek shoiri va mutafakkiri, ijtimoiy-falsafiy g‘oyalari bilan turkiy she’riyatga ulkan hissa qo‘shgan, tilni forsiy va arabiy she’riyat nufuzidan kam emasligini amalda isbotlagan Alisher Navoiyn…»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu ilmiy maqolada o‘zbek shoiri va mutafakkiri, ijtimoiy-falsafiy g‘oyalari bilan turkiy she’riyatga ulkan hissa qo‘shgan, tilni forsiy va arabiy she’riyat nufuzidan kam emasligini amalda isbotlagan Alisher Navoiyn… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- taqvodor, tasavvuf, jannat, hurlar, ibodat, Qur’on, imon, zohid, mistika, munojot, forsiy, arbain, vahdat, Alloh, Makka, tavhid, sura, daho, hidoyat, Muhammad (s.a.v.), oyat, farz, rasul, najot, olam, hadis, soqiy., Odam Ato, tashbih, do‘zax
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026