К содержанию
РецензированоUZ2026

SUN’IY INTELLEKT VA ELEKTRON TEZAURUSLARNING AXBOROT QIDIRUV TIZIMLARIDAGI O‘RNI

TUZISHDAGI O‘RNI · Najmiddinov Muhammadjon

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 117-119 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi semantik maydonlarning lug‘atshunoslik, tarjima va kompyuter lingvistikasi sohalaridagi ahamiyati tahlil qilinadi. Semantik maydon – umumiy ma’no bilan bog‘langan so‘zlar tizimi bo‘lib, so‘zlarning o‘zaro aloqalarini tushunishda muhim rol o‘ynaydi. Lug‘at tuzishda, tarjima jarayonida va sun’iy intellekt asosida matnlarni qayta ishlashda semantik maydon tamoyillaridan foydalanish til tizimining samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi. Ushbu tadqiqot semantik maydonlarning lingvistik va texnologik jihatdan muhimligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Semantik maydon, o‘zbek tili, lug‘atshunoslik, tarjima, leksik tizim, kompyuter lingvistikasi, sun’iy intellekt, NLP, sinonim, antonim. Til – inson tafakkurining muhim ifodasi bo‘lib, uning asosiy komponentlaridan biri so‘zlardir. So‘zlar mustaqil ravishda mavjud bo‘lavermaydi, balki ularning o‘zaro bog‘liqligi, ma’no jihatdan yaqinligi yoki qarama-qarshiligi tildagi tizimlilikni ta’minlaydi. Ushbu tizimlilikni tushunish va tahlil qilishda semantik maydon (semantic field) tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Semantik maydon – umumiy ma’no bilan bog‘langan so‘zlarning to‘plami bo‘lib, tilshunoslikda so‘zlarning o‘zaro aloqalarini o‘rganish va ularni tizimlashtirishda keng qo‘llaniladi. Ushbu maqolada semantik maydonlarning lug‘at tuzishdagi o‘rni, ularning xususiyatlari va qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Semantik maydon tushunchasi birinchi marta XX asr tilshunosligida faol muhokama qilina boshlangan bo‘lib, nemis tilshunosi Yost Trier tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Uning fikricha, so‘zlarning ma’nolari alohida mavjud bo‘lmaydi, balki ular o‘zaro bog‘langan tizimda mavjud bo‘lib, shu tizim orqali tushuniladi. Keyinchalik bu yondashuv Jan Baudouin de Courtenay, Ferdinand de Saussure va Lev Shcherba kabi olimlar tomonidan yanada rivojlantirildi. Zamonaviy lingvistikada semantik maydon tushunchasi tahlil qilish, tarjima qilish va lug‘atlar tuzishda muhim ahamiyat kasb etadi. Semantik maydonlar turli mezonlar asosida tasniflanishi mumkin. Birinchidan, ular ma’no doirasi bo‘yicha umumiylikka ega bo‘lgan so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, rang nomlari semantik maydonini olaylik: “qizil”, “ko‘k”, “yashil”, “sariq”, “pushti” va boshqa rang nomlari bir guruhni tashkil qiladi. Shuningdek, qarindoshlik atamalari, inson hissiyotlari, hayvon nomlari kabi toifalar ham semantik maydon sifatida qaraladi. Ikkinchidan, semantik maydonlar struktura jihatidan gorizontal va vertikal bog‘lanishga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, “transport vositalari” semantik maydoni ichida “avtomobil”, “samolyot”, “velosiped” kabi so‘zlar mavjud bo‘lib, bu so‘zlar bir-biri bilan gorizontal bog‘liq. Shu bilan birga, “avtomobil” tushunchasi ostida “yengil avtomobil”, “yuk mashinasi”, “sport avtomobili” kabi pastki birliklar hosil bo‘lishi mumkin, bu esa vertikal bog‘lanishning namunasi hisoblanadi. Semantik maydonlarning lug‘atshunoslikdagi ahamiyati katta. Har qanday lug‘at tuzishda so‘zlarning faqat alohida tushuntirilishi emas, balki ularning boshqa so‘zlar bilan aloqasi ham hisobga olinishi kerak. Masalan, izohli lug‘atlarda so‘zning ma’nosi berilgandan 146 ` so‘ng, uning sinonimlari, antonimlari va boshqa bog‘liq so‘zlar keltiriladi. Bu esa foydalanuvchiga so‘zning aniq tushunilishini va uning qo‘llanilish doirasini anglash imkonini beradi. O‘zbek tilida ham semantik maydon asosida tuzilgan lug‘atlar mavjud. Masalan, sinonimlar lug‘ati semantik maydon tamoyiliga asoslangan bo‘lib, ma’no jihatidan yaqin so‘zlarni guruhlab beradi. Masalan, “chiroyli” sifatiga sinonim sifatida “go‘zal”, “ajoyib”, “nazokatli”, “betakror” kabi so‘zlar berilishi mumkin. Bunday lug‘atlar nutq boyligini oshirish, matn yozish va tarjima jarayonlarini osonlashtirishda muhim vosita hisoblanadi. Semantik maydon tushunchasi tarjima jarayonida ham katta ahamiyatga ega. Har bir til o‘ziga xos ma’no tizimiga ega bo‘lib, ba’zan bir tilning so‘zlari boshqa tilga aniq mos kelmaydi. Masalan, o‘zbek tilidagi “mehmon” so‘zi rus tiliga “гость” deb tarjima qilinadi, lekin bu so‘z ba’zi hollarda “постоялец” (mehmonxonada qoluvchi) yoki “визитёр” (tashrif buyuruvchi) shaklida ham tarjima qilinishi mumkin. Bu holatda so‘zning semantik maydoni, uning kontekstga bog‘liqligi tarjima jarayonida aniqlik talab qiladi. Shu sababli, tarjimonlar bir so‘zning semantik maydonini o‘rganib, eng mos variantni tanlashi kerak. Kompyuter lingvistikasi sohasida ham semantik maydonlar katta ahamiyatga ega. Hozirgi kunda sun’iy intellekt asosida matnlarni qayta ishlash, avtomatik tarjima, nutqni tushunish kabi texnologiyalar aynan semantik maydon tahliliga asoslangan holda rivojlanmoqda. Masalan, Google Translate kabi tarjima tizimlari faqat so‘zma-so‘z tarjima qilish bilan cheklanmay, balki butun jumlaning kontekstini tushunishga harakat qiladi. Buning uchun esa, har bir so‘zning semantik maydonini to‘g‘ri aniqlash va uni boshqa tildagi mos keluvchi so‘z bilan bog‘lash muhimdir. Semantik maydonlar nutq madaniyatini oshirishda

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi semantik maydonlarning lug‘atshunoslik, tarjima va kompyuter lingvistikasi sohalaridagi ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi semantik maydonlarning lug‘atshunoslik, tarjima va kompyuter lingvistikasi sohalaridagi ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
semantik tahlil, tabiiy tilni qayta ishlash, ma’lumotlar bazasi., sun’iy intellekt, qidiruv tizimi, mashina tarjimasi, elektron tezаurus
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники