Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“ONA” LEKSIK BIRLIGINING KOGNITIV TAHLILI
Azamjonova Xurshidaxon Nozimjon qizi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Maqolada “Ona” leksik birligining kognitiv tahlili tadqiq qilindi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi ona so‘zining ifodalaydigan ma’nosi hamda jamiyat tafakkurida mazkur birlik bilan bog‘liq semalar va ularning paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan bilimlar haqida fikr bildiriladi. Kalit so‘zlar. Kognitiv tilshunoslik, tafakkur, til, konsept, konseptosfera, sema, lingvistik tahlil. Til jamiyat taraqqiyoti, inson fikri va hissiyoti bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanib borar ekan, so‘zning leksik ma'nosida, semantik tuzilishida ma’no qirralari kengayib boraveradi. So‘zning shu tarzda ma’no jihatidan rivojlanish jarayonida subyektiv munosabatlar muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan bir qatorda, “ijtimoiy hayot, moddiy dunyo, ma’lum muhitdagi farqlar, o‘ziga xosliklar tushunchalar tizimidagi nomutanosibliklarni tug‘diradi”1. Hozirgi kunda tilshunoslar e’tiborini jalb qilib kelayotgan “shaxs va til” munosabati bevosita kognitiv tilshunoslik doirasida o‘rganishni talab qilmoqda. Zero, “lingvistik tahlil – kognitiv tahlilning bir turi, uning ma’lum bir ko‘rinishda namoyon bo‘lishidir”2. Olamning lisoniy manzarasini tasvirlashda til egalarining dunyoni qanday idrok etishi, milliy-madaniy qarashlari, tafakkuri kabi omillar, albatta, shaxsning kognitiv-diskurs faoliyati bilan bog'liq. … “kognitiv tilshunoslik til va ong munosabatini, olamni konseptuallashtirish va kategoriyalashtirish, bilish jarayonlarida va tajribalarni umumlashtirishda tilning o‘rni kabi masalalarni tadqiq etadi”3. Tadqiqotimizda “ona” leksemasini tahlil qilish orqali insonning kognitiv bilimlarini shakllanishini, “ona” leksemasi konseptosferasidagi semalar maydonini va bu leksemaning paydo bo‘lishida qanday bilimlar asos bo‘lganini o‘rganishni maqsad qilganmiz. Mazkur tadqiqot ishida “Ona” leksik birligi tanlab olindi va uning konseptologik tahlilini yoritish maqsad qilindi. Ona-bu so‘z negizida olam-olam ma’no mujassam. Ona haqida qancha ta’rif bersak shuncha kam. “Ona” konseptosferasi bilish birligi sifatida barcha tillar va madaniyatlar sohiblari uchun universal hodisadir, ayni paytda uning idrok etilishi, oʻziga xos xususiyatlarining lisoniy voqelanishi va borliqni kategoriyalashdagi ahamiyati har bir milliy tilda oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Shu nuqtai nazardan, tadqiqotimizda ingliz va o‘zbek xalqlariga xos olamni idrok qilishdagi idioetnik xususiyatlar “ona” - “mother” konseptosferasi misolida ko‘rib chiqiladi. Ona konseptosferasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Ona, qo‘lida chaqaloq tutgan ayol, xursand, baxtli, hurmatli, chiroyli, aqlli, g‘amxo‘r, suyukli, qahramon, oshxona, mazali taomlar oshpazi, oltindan ham qadrliroq, jamiyat va yerning yaratuvchisi, yangi nasl asoschisi, oppoq ro‘mol, alla, farzand haqida qayg‘urish, Momo Havo. Bir so‘z bilan aytganda, ona-bu hayot, tiriklik ramzi. Ne-ne buyuk daholarni, podshohlarni, dunyo tan olgan shaxslarni dunyoga keltirgan, tarbiyalagan inson. Ona millatning tayanchi, asosi. U hech qachon aynimaydigan, zanglamaydigan oltin. Ona simfoniyasida hayotning turli-tuman ohanglari, tovushlari, ranglari 1 Safarov Sh. Semantika. –Toshkent: O‘zME davlat nashryoti, 2013. -B. 89 2 Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik.-Jizzax: “Sangzor” nashriyoti, 2006. –B.7 3 Xudayberganova D. O‘zbek tilida badiiy matnlarning antroposentrik talqini. Filol. fan. dokt. dis. –Toshkent 2015. – B 223 6 uyg‘unlashgan. Unda kamalak go‘zalligi va maftunkorligi mujassam. Ranglar va ohanglarning o‘zaro birlashishidan ona va hayot mohiyati, uning buyuk falsafasi yuzaga keladi. Mazkur semalarni quyidagi mavzuiy guruhlarga ajratgan holda ko‘rishimiz mumkin: ONA - turmush qadriyatlarini hurmat qilishda, aqlda, hayoda, tashqi go‘zallikda, jasoratda tengi yo‘q. Konsept mujassamlashtiradigan quyidagi semalarda “ona” leksik birligini talqin qilishimiz mumkin: oilaparvar, sadoqatli, sevimli, mehribon, pazanda, rostgo‘y, itoatkor, ozoda; sermulohaza, o‘ziga sodiq, oqil, zukko, diqqatli, madaniyatli, fahmfarosatli; or-nomusli, iymonli, iboli, vijdonli, iffatli, diniy va dunyoviy bilimga ega; nazokatli, matonatli, nafis; mehnatkash, kuchli, tadbirkor, sabrli va boshqalar. Ko‘rinib turibdiki, faqatgina “ona” so‘zini ishlatganda ham inson juda ko‘p ma'noni ifoda eta oladi. Bu, uning bu haqdagi bilimlarga ega ekanligini, tasavvurga ega ekanligini ko‘rsatadi. “Ona” so‘zi aslida farzandni tug‘ib voyaga yetkazuvchi shaxs ma'nosini bildirsa-da, nutqda boshqa vazifalarni ham bajaradi. Masalan, keksa ayollarga hurmat ko‘rsatish maqsadida, kichik yoshdagi qizlarni erkalash ma'nosida ham bu so‘zdan foydalaniladi4. Ushbu semani bilmagan shaxs “ona” so‘zini faqatgina to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma'nosini tushunadi, yondosh ma'nolari uning ongida tushuncha hosil qilmaydi. O‘zbek tilida ona leksik birligining volida, volidai muhtarama, oyi, ena, nana, aya shaklidagi ma’nodoshlari bor. Ingliz tilida esa mother so‘zi mum, mummy, mom shaklida qo‘llaniladi. Mazkur shakllar har ikki xalqning mavjud madaniyati, bilish darajasi asosida vujudga kelgan. Ingliz tilida ona so‘zi quyidagicha k
Доказательный фрагмент
«Maqolada “Ona” leksik birligining kognitiv tahlili tadqiq qilindi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada “Ona” leksik birligining kognitiv tahlili tadqiq qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- konseptosfera, tafakkur, til, konsept, sema, Kognitiv tilshunoslik, lingvistik tahlil.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026