К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO’LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALAR NUTQINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Xamidova Muborak Ubaydullayevna · Usarova Madina Odil qizi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

In the process of speech communication, people exchange ideas and influence each other. Speech communication is carried out through language, language is a system of phonetic, lexical and grammatical tools. The speech is complete in this article clinical manifestations of underdeveloped children, depending on the type of defect the organization of the correctional work process is explained. Key words: Speech, children with incompletely developed speech, corrective work system, therapy, fairy tale therapy, fairy tale, speech deficiency, logopedic game. Nutq— tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Nutq- murakkab ruhiy faoliyat hisoblanadi. Nutq – inson tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani oʻzlashtirish, avlodlarga uzatish yoki aloqa oʻrnatish, oʻz shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayoni hisoblanadi . Bejizga so’zimnu nutqqa alohida ta’rif berishdan boshlamadim, sababi tezisimni nutq nuqsonlari hamda nutqing to’liq rivojlanmaganligiga bag’ishlayman. Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi muammosini ilk bor nazariy jihatdan R.E.Levina asoslab bergan. Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi deb, intellekti normada bo‘lgan nutqning fonetik-fonematik, leksik-grammatik tomondan rivojlanmaganligiga aytiladi. Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarda tovushlar talaffuzi va ularni eshitib farqlash u yoki bu darajada buzilgan bo‘ladi, morfemalar sistemasini o‘zlashtirish ko‘nikmalari yaxshi egallanmaydi. Lug‘at boyligi yosh normasidan ham miqdor ham sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha 30 orqada qoladi; bog‘lanishli nutq yetarlicha rivojlanmaydi1. (V.K.Vorobeva, B.M.Grinshpun, V.P.Gluxova, R.E.Levina, G.B.Filicheva, G.V.Chirkina). Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi bolalarda nutqiy patalogiyaning tobora murakkab shakllari: alaliya, afaziya, shuningdek, rinolaliya, dizartriya, duduqlanish xollarda - qachonki bir paytning o‘zida lug‘at boyligi yetishmasligi, nutqning grammatik ko‘rilishi va fonetik- fonematik rivojlanishida nuqsonlar aniqlanganida kuzatiladi. Bunday bolalarning nutqiy tajribasi cheklangan, til vositalari takomillashmagan bo‘ladi. Nutqiy muloqotga ehtiyoj yetarlicha qondirilmaydi. Eng asosiy belgilardan biri nutqni ancha kech shakllanishi hisoblanadi; birinchi so‘zlar 3-4 yoshda, ba’zan esa, 5 yoshda paydo bo‘ladi. Nutqning grammatikasi buzilgan va fonetik tuzilishi aniq emas. Birinchi qarashda unga aytilgan gapni tushunish deyarli yaxshi hisoblanganida mazmunli (ekspressiv) nutqning ortda qolishi ancha aniq ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunday bolalarning nutqi tushunarli emas. Nutqiy faollik yetarli emasligi kuzatiladi, yoshi ulg‘ayib borgan sari unga maxsus ta’lim berilmasa, keskin pasayib ketadi. Biroq bolalar o‘z nuqsoniga ancha tanqidiy qaraydilar. Nuqsonli nutqiy faoliyat bolalarda sensorli, intellektual va affektiv irodaviy sohalari shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Diqqat-e’tiborning yetarli darajada mustahkam emasligi, uning boshqarish imkoniyatlari cheklanganligi kuzatiladi. Bolalarda ma’noli, mantiqiy xotirasi nisbatan saqlanib qolgan bo‘lsa ham, ularning verbal xotirasi pasaygan eslab qolish maxsuldorligi zararlangan bo‘ladi, ular murakkab ko‘rsatmalarni, topshiriqlarning ketma-ketlik tartibini va elementlarini esdan chiqarib qo‘yadilar. Juda ham bo‘sh bolalarda esga olish faolligi past bo‘lishi, idrok etish faoliyatining rivojlanish imkoniyatlarini cheklanganligi bilan to‘ldiriladi. Nutqiy buzilish va psixik rivojlanishning boshqa tomonlari o‘rtasidagi bog‘liqliq tafakkurning o‘ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqaradi2. Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar normal rivojlangan bolalardan topshiriqni bajarishda masofa vaqt, tafakkur ko‘rsatkichlarida ortda qoladilar, xarakatlar ketma-ketlik tartibini buzib, uni tashkil etuvchi qismlarni qoldirib ketadilar. Masalan: to‘pni qo‘ldan-qo‘lga yumalatish, uni katta bo‘lmagan masofadan uzatish, qo‘lni almashtirib to‘pni yerga urish, chap va ung oyog‘ida sakrash, musiqa eshitib ritmik xarakatlar bajarish.Nonutqiy jarayonlarni to‘g‘ri baxolash nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash va shu bilan birga ularning o‘rnini to‘ldirishi imkoniyatlarini aniqlash uchun zarurdir. Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarni shunga o‘xshash - nutqiy rivojlanishi orqada qolgan bolalardan farq qilishi kerak. Shuni nazarda tutish kerakki, Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarda odatiy muddatlarda kundalik so‘zlashni nutqini tushunish, atrof-muhitga bo‘lgan hissiy tanlash munosabati rivojlanadi. Nutqiy va ruhiy rivojlanish o‘rtasidagi aloqaning yo‘qolishi diagnostik belgilardan biri bo‘lib xizmat qilishi mumkin3.Bu belgi bunday bolalarning ruhiy rivojlanishi odatda nutqiy rivojlanishdan ko‘ra ancha o‘tib bor

Доказательный фрагмент

«In the process of speech communication, people exchange ideas and influence each other.»

Образец извлечения

Демо-превью

In the process of speech communication, people exchange ideas and influence each other. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Speech, children with incompletely developed speech, corrective work, ertak, nutq kamchiligi, nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar, ertak terapiya, korreksion ish tizimi, terapiya, Nutq, logopedik o’yin.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники