Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAMLAKATSHUNOSLIK TERMINLARINING QIYOSIY SEMANTIK-SINTAKTIK O‘RGANILISHI: O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI MISOLIDA
Tairova Maxfuza Abdusattorovna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston va ingliz tillaridagi mamlakatshunoslik terminlarining qiyosiy semantik va sintaktik o‘ziga xosliklari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Mamlakatshunoslik terminlari faqat siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy voqeliklarni ifodalab qolmasdan, balki til tizimining semantik va sintaktik strukturasida ham muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada terminlarning leksik-semantik xususiyatlari, morfologik tuzilishi hamda so‘z birikmalari, iboralar, sintaktik modellar shaklida qo‘llanishi qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, terminlarni o‘zbek va ingliz tillarida tarjima qilishda madaniy kontekstni hisobga olish, sharhlovchi tarjimadan foydalanish, terminlarning sinonimik va variant shakllarini aniqlash masalalariga e’tibor qaratiladi. Olingan natijalar tilshunoslik, madaniyatshunoslik, tarjimashunoslik va chet tili o‘qitish metodikasi uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: mamlakatshunoslik, termin, semantika, sintaksis, qiyosiy tahlil, o‘zbek tili, ingliz tili, lingvomadaniy omil, tarjima, terminologiya. XXI asr globallashuv davrida turli tillar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir yanada kuchayib, ayniqsa, xorijiy tillarni o‘rganishda lingvomadaniy kompetensiya shakllantirish muhim o‘rin egallamoqda. Bunday kompetensiyani rivojlantirish jarayonida mamlakatshunoslik terminlarining o‘rni beqiyosdir. Sababi, mamlakatshunoslik terminlari muayyan davlatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy xususiyatlari haqida aniq va ixcham ma’lumot beradi. Chet tilini o‘rganish jarayonida talabalar ana shu terminlar orqali xorijiy madaniyat va tarixi bilan tanishadilar, natijada lingvomadaniy kompetensiyani yanada boyitadilar. O‘zbek va ingliz tillarida mamlakatshunoslik terminlari o‘ziga xos fonetik, morfologik, semantik va sintaktik ko‘rinishlarga ega. Ular etimologik ildizlari, shakllanish jarayoni, semantik rang-barangligi hamda ijtimoiy-siyosiy kontekst bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, o‘zbek tilidagi “Oliy Majlis”, “Senat” kabi atamalar mustaqillik davridagi siyosiy- huquqiy islohotlar ta’sirida shakllangan bo‘lsa, ingliz tilidagi “House of Lords”, “House of Commons”, “Cabinet” kabi terminlar esa asrlar mobaynida rivojlangan Britaniya monarxiya tizimining bir bo‘lagidir. Mazkur maqolada mamlakatshunoslik terminlarini qiyosiy o‘rganish asnosida ularning semantik va sintaktik xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Xususan, terminlarning leksik- semantik tahlili, ularning so‘z birikmalaridagi o‘rni, morfologik va sintaktik modellar ustida to‘xtalib o‘tiladi. Shuningdek, terminlarni tarjima qilishdagi nozik jihatlar, madaniy kontekstni to‘g‘ri ifodalash, sinonimik terminlardan foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Termin – muayyan soha yoki fan doirasida tushunchani aniq ifodalovchi lingvistik birlikdir. Terminlarni tadqiq etish terminologiya fanining asosiy mavzularidandir. Termin, ko‘pincha, ommabop so‘zdan farqli o‘laroq tor ma’noga ega bo‘ladi va soha ichida kelishilgan ma’noni ifodalaydi. Mamlakatshunoslik terminlari siyosat, iqtisod, huquq, tarix, madaniyat singari sohalar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ilmiy va rasmiy nutqda muhim rol o‘ynaydi. Qiyosiy lingvistika bir yoki bir nechta tillarning leksik, fonetik, grammatik jihatlarini 40 taqqoslash va o‘xshash hamda farqli jihatlarini aniq ko‘rsatishga qaratilgan. Mamlakatshunoslik terminlarini qiyosiy tadqiq etishda lingvomadaniy yondashuv ham alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, bir millatning siyosiy yoki ijtimoiy terminlari bevosita uning madaniy, tarixiy rivojlanish jarayoniga bog‘liqdir. Masalan, “Lord Mayor” atamasini to‘liq tushunish uchun Britaniya tarixidagi monarxiya va shahar boshqaruvi rivojlanish tarixi haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak. Tilshunoslikda semantika (ma’no) va sintaksis (so‘zlarning nutq ichidagi joylashuvi, grammatik tuzilishi) uzviy bog‘liqdir. Mamlakatshunoslik terminlari ko‘pincha so‘z birikmalari, iboralar yoki rasmiy nomlar shaklida namoyon bo‘ladi. Masalan, “House of Commons” atamasi ikki asosiy so‘z (house, commons) va bitta predlogdan (of) tashkil topgan bo‘lib, semantik jihatdan “Britaniya parlamentining quyi palatasi” ma’nosini ifodalaydi. O‘zbek tilida “Qonunchilik palatasi” atamasi ham xuddi shunday funktsiyani bajaradi, ammo sintaktik qurilishi ham, semantik ko‘lami ham til tizimiga mos ravishda shakllangan. Mamlakatshunoslik terminlarining semantik ko‘lamini tushunish uchun ularning tarixiy-madaniy ildizlarini bilish juda muhimdir. Ingliz tilidagi “Crown” atamasi dastlab qirolning tojini anglatuvchi so‘z bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirda “davlat” yoki “monarxiya” institutining ramziy ifodasi sifatida ham ishlatiladi. O‘zbek tilida esa “Oliy Majlis” mustaqillik e’lon qilinganidan so‘ng parlament institutini ifodalash uchun qo‘llanila boshlagan bo‘lib, uning zamirida xalq hokimiyati tushunchasi mujassam. Ba’zan bir mamlakatshunoslik termining o‘zi turli kontekstlarda bir nechta ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, “Cabinet” so‘zi ingliz tilida oddiy “javon” yoki “shkaf” ma’nosini ham ifodalaydi, biroq si
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada O‘zbekiston va ingliz tillaridagi mamlakatshunoslik terminlarining qiyosiy semantik va sintaktik o‘ziga xosliklari ilmiy asosda tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada O‘zbekiston va ingliz tillaridagi mamlakatshunoslik terminlarining qiyosiy semantik va sintaktik o‘ziga xosliklari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mamlakatshunoslik, terminologiya., sintaksis, lingvomadaniy omil, qiyosiy tahlil, semantika, termin, tarjima, ingliz tili, o‘zbek tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025