Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BANK MENEJMENTINING NAZARIY ASOSLARI
Abdukaxarova Shoira Abduvaxobovna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Mazkur makolada bank menejmentining nazariy asoslari, bank faoliyatining mazmuni va nazariy asoslari buyicha fikr muloxazalar keltirilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatida boshqaruvni samarali tashkil etish, banklarning xizmatlarini kengaytirish va uni realizatsiya qilish masalasi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Har qanday bank hozirgi moliyaviy bozorning yuqori darajada rivojlanishi bilan iqtisodiy barqarorlik bo‘lganda ham ma’lum jiddiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Kalit suzlar: bank, menejment, faoliyat, bozor munosabatlari, nazariy asos. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida bank sohasi qiziqarli, dolzarb va ustuvor sohalardan biri hisoblanadi, chunki iqtisodiy jihatdan dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga chiqib olishni vazifasi belgilagan respublikamiz taraqqiyotida va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bank va bank tizimining salmoqli ulushi bor. O‘zbekiston bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimizda ikki pog‘onali bank tizimi shakllantirildi va banklarning amalga oshiradigan operatsiyalari xalqaro darajaga ko‘tarildi. Xususan bank tizimining erkinlashtirilishi va xususiylashtirilishi bunga misol bo‘la oladi. Banklarning ixtisoslashuvidan voz kechish va ular faoliyatining universallashuvi ham aynan mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlarning biri hisoblanadi. Har bir korxona va tashkilot faliyatini amalga oshirishda muhim masalalardan biri sifatida boshqaruv masalasiga duch keladi. Tijorat banklari ham ko‘zlangan strategik va joriy maqsadlarga erishish uchun samarali boshqaruv tizimiga ega bo‘lishi talab etiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit tashkilotlarining faoliyati o‘ziga xos boshqaruvni talab etadi. Banklarning oldiga qo‘ygan masadlari amalga oshirish va vazifalarini bajarish boshqaruvning ahamiyati oshadi. Banklar faoliyatini boshqarish rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish va nazorat qilish kabilardan iborat bo‘lib, ular banklar faoliyatining samaradorligini va raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ma’lumki, menejment so‘zi, inglizcha «management» so‘zidan olingan va o‘zbek tilida “boshqarish” ma’nosini anglatadi. Ilmiy adabiyotlarda ba’zi hollarda “korxonani boshqarish” deb tushunilsa, ba’zida “korxonani boshqarish shakli, vositalari, tamoyillari va bilimlar yig‘indisi” deb ta’riflanadi. Ushbu yondashuv hozirgi sharoitda korxonalar faoliyatini boshqarish chuqur bilim va vositalarga ega bo‘lishni talab etadi. Tijorat korxonasi sifatida banklar faoliyatini boshqarish ma’lum bir sohadagi bilimlar bilan kifoyalanmasdan, barcha tarmoq va sohalar bo‘yicha bilimga va tushunchalarga ega bo‘lishni talab etadi. Shunday qilib, bank menejmenti – bu banklar faoliyatida xodimlarni, moliyaviy xizmat va operatsiyalarni hamda bankning moliyaviy natijalarini boshqarish shakli, vositalari va maxsus bilimlar yig‘indisidir. Bank menejmenti boshqaruv faoliyatining ob’yekti bo‘lib, nazariy va amaliy soha hisoblanadi. Bank menejmenti fan sifatida o‘zida ma’lum soha faoliyatining nazariy va uslubiy asoslarini o‘zida ifoda etadi. Amaliy faoliyat sifatida esa, ma’lum tijorat bankini boshqarish va tashkil qilish shakli hisoblanadi. Boshqaruv sohalari menejmentning yo‘nalishlari hisoblanib, 146 o‘z ichiga moliyaviy menejment, xodimlar menejmenti, ko‘chmas mulkni boshqarish va boshqalarni boshqarish. Bank menejmenti ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi. Ular quyidagilar: Bank moliyaviy menejmenti menejment xodimlar menejmenti 2-rasm. Bank menejmentining tarkibiy tuzilishi. Bank menejmentining tarkibiy qismi hisoblangan moliyaviy menejment alohida yo‘nalish sifatida XX asrning 50 yillarida shakllangan. Bunda asosan aktiv va passivlarni boshqarish, kapitalni boshqarish, portfelni boshqarish kabilarni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy menejmentning asosiy maqsadi bank operatsiyalarini boshqarish va ushbu jarayonda bank faoliyatidagi risklarni minimallashtirishga xizmat qiladi. Banklarda moliyaviy menejmenti bankning pul mablag‘larini boshqarishga asoslanadi. Unga banklarning iqtisodiyotdagi roli, maqsad va vazifalari, ob’yektlari, usullari va bank faoliyatini boshqarishni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy menejment orqali tijorat banklari likvidliligini boshqarishi, moliyaviy resurslarini boshqarish, kredit, investision va valyuta portfelini boshqarishi, moliyaviy natijalarini va balansdan Bank menejmenti Moliyaviy menejment Xodimlar menejmenti 9 tashqari operatsiyalarini boshqarishi mumkin. Tijorat banklari kutilayotgan daromad darajasini ushlab turgan holda risk darajasini minimallashtiradi. Demak, moliyaviy menejment bank menejmentining ajralmas va muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bank menejmenti o‘z tarkibiga moliyaviy menejmentdan tashqari xodimlar menejmentini o‘zida mujassamlashtiradi. Xodimlar menejmentida bank mutaxassislari va yollangan xodimlarn boshqarish amalga oshiriladi. Bank va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish, ularni ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilish dolzarb masalalardan b
Доказательный фрагмент
«Mazkur makolada bank menejmentining nazariy asoslari, bank faoliyatining mazmuni va nazariy asoslari buyicha fikr muloxazalar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur makolada bank menejmentining nazariy asoslari, bank faoliyatining mazmuni va nazariy asoslari buyicha fikr muloxazalar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bank, bozor munosabatlari, menejment, nazariy asos., faoliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025