К содержанию
РецензированоUZ2026

BUYRUQ NUTQIY AKTLARIDA PRAGMATIK KOMPETENSIYA

Nasridinov Muxridin Vaslidin o‘g‘li

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 41-47 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo’lgan pragmalingvistika sohasi haqida ma’lumot beriladi. Turli tizimli tillar ingliz, o‘zbek hamda nemis tillarida “buyruq” nutqiy aktini voqelantiruvchi pragmatik kompetensiya tadqiq qilinadi. Tayanch so’z va iboralar: Buyruq, nutqiy akt, pragmatika, pragmalingvistika, ijtimoiy kontekst omillari, stilistik muvofiqli va ijtimoiy mavqe. Pragmatik kompetensiya – bu muloqot a’zolarining kontekst xususiyatlarini inobatga olgan holda tildan o‘sha jamiyatga tegishli ijtimoiy-madaniy omillarga amal qilish asosida foydalanish bo‘yicha qoidalar to‘plamidir1. Ushbu soha so‘zlovchining nutq harakatini tushunish va shakllantirish usulini belgilaydigan muvofiqlik va xushmuomalalik qoidalarini bilishi va ulardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini o‘zida mujassam etadi. Tilshunos olim M.Mursiya tadqiqotlari davomida pragmatik kompetensiyaning ijtimoiy normalariga asoslanib har bir jamiyatda uchraydigan umumiy turli omillar bilan izohlaydi2. Ijtimoiy kontekst omillari (Social contextual factors). Murojat qiluvchi shaxs muloqot jarayonida tinglovchining yoshi, jinsi, maqomi, jamiyatdagi o‘rni, mavqeyi kabi omillar nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda to‘g‘ri funksiyalar pozitsiyasini tanlashi, grammatik, sintaktik, semantik jihatidan to‘g‘ri bo‘lishi va intonatsiyani o‘rinli qo‘ya olish qobiliyatini talab etadi. Ushbu omilda so‘zlovchi tomonidan bayon etilgan nutqiy aktni munosib qo‘llanilganligi nafaqat til birliklaridan mukammal foydalana olishga, balki adresantning jamiyatdagi mavqeyiga ham bog‘liqdir. Misol uchun, yosh nuqtayi nazardan quyidagi misollarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir: O‘zbek tilida: – Bolalaringni o‘ylasangchi, tentak! –Bolalarimni deb shu ahvolga tushib o‘tiribman-da. – Gapirmaysanmi? Bo‘lmasa men ketdim, bor, bilganlaringni qillaring. Nima mening boshqa tashvishim yo‘qmi? – O‘tiring, aka, sal o‘zimni bosib olay, o‘tiring. (X.To‘xtaboyev. “Mungli ko‘zlar”) Nemis tilida: David, komm schnell nach Hause! Mama, bitte lass mich noch etwas spielen! (Devid, uyga tezroq kir! Onajon, iltimos yana biroz o‘ynashimga ruxsat bering!) (Thomas Mann. “Mario und der Zauberer”) Ingliz tilida: Sister: – (After an hour) Rony are you still busy with the T.V? Brother: – Yes! I am watching my favorite movie. Sister: – I want to talk to you. Can you please switch off the T.V.? Brother: – Just wait for sometime. The movie is going to end. (Opa :(Bir soatdan keyin) Roni hali ham televizor bilan bandmisan? Uka: Ha! Men sevimli filmimni tomosha qilyapman. Opa: Men sen bilan gaplashmoqchiman. Iltimos, televizorni oʻchira olasanmi? Uka: Biroz kuting. Film tugaydi. (Net explanation) 1M.Celce-Murcia., Olshtain E. Discourse And Context In Language Teaching. – Cambridge: Cambridge University Press, 200. – P. 21. 2Celce-Mucia M. Rethinking the role of communicative competence in language . In: E.S. Alcon and M.P. Safant (Eds.). Intercultural Language Use and Language Learning. – Springer, 2007. – P. 41-47 . 73 Asarlardan olingan parchalarning o‘zbek, ingliz va nemis tilidagi misollarida yosh jihatidan ikki xil shaxslarni uchratish mumkin. Ingliz va nemis tillaridan olingan misollardan ko‘rishimiz mumkinki, nutq egalarining yoshi turli darajada ekanligi sabab, buyruq nutqiy akt elementlaridan turlicha foydalanilganini kuzatish mumkin. Ya’ni bu tillarda yoshi kichik shaxs kattaga nisbatan “hurmat” konsepti doirasida ishlatiladigan til birliklari, qo‘shimchalar va intonatsiyadan foydalanadigan bo‘lsa, yoshi katta adresant esa, nisbatan erkin muloqotda bo‘ladi. Ushbu qoidalarga rioya qilmaslik kommunikativ jarayonning buzilishiga olib keladi. Ushbu tillarning kishilik olmoshida va kesim yasalishida hurmat tamoyillarining ikki ko‘rinishi mavjud bo‘lsa, ingliz tilida mutloqo o‘zgacha bo‘lib, muloqotda har qanday yoshdagi insonlarga nisbatan bir xil holatda murojaat qilinadi. Ingliz tilida hurmat tamoyillarining turli ko‘rinishlari va ulardan foydalanish elementlarini modal fe’llarda uchratish mumkin. Ijtimoiy kontekst omilining yana bir elementlaridan biri hisoblangan turli jins o‘rtasidagi illokutiv nutqiy akt ko‘rinishi ham bir-biridan farq qiladi. Amerikalik olim M.Vud tomonidan turli gender o‘rtasida o‘tkazilgan tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, nutqiy akt jarayonida ayol jinsiga mansub so‘zlovchi illokutiv maqsadni bayon etishda ko‘proq hissiyotlari (emotsiya) bilan birga ifoda etadi. Bu esa buyruq nutqiy akti erkak gender tomonidan aniq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilsa, ayol kishida nutqiy akt emotsiyalarga boy bo‘lishini ko‘rsatadi3. 1. Ota: Qo‘y bunaqa gaplaringni o‘g‘lim. Yosh bola emassan, endi hayotga ko‘zingni kattaroq ochib qaraydigan payting keldi. 2. Ona: Yig‘lama, – dedi o‘ng qo‘li bilan boshim aralash yelkamni silab. O‘zingni qo‘lga ol, toylog‘im! (X.To‘xtaboyev. “Mungli ko‘zlar”) Yuqoridagi asardan olingan misollarda ota-ona (qarama-qarshi gender) tomonidan farzandiga qarata aytilgan buyruq nutqiy aktlaridan ko‘rinadiki, birinchi misolg

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo’lgan pragmalingvistika sohasi haqida ma’lumot beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo’lgan pragmalingvistika sohasi haqida ma’lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nutqiy akt, ijtimoiy kontekst omillari, pragmatika, Buyruq, stilistik muvofiqli va ijtimoiy mavqe., pragmalingvistika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники