К содержанию
РецензированоUZ2026

Q-M TEMIR YO‘L UCHASTKASI ISH TAHLILI

Butunov Dilmurod Baxodirovich · Jonuzoqov Choriyor Berdimurodovich

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Q” mintaqaviy temir yo‘l uzeli tarkibidagi “Q-M” temir yo‘l uchastkasining ishi tahlil qilindi. “Q-M” temir yo‘l uchastkasining istiqboldagi ish hajmi oshishini hisobga olgan holda uchastkaning o‘tkazuvchanlik va stansiyalarning vagon oqimlarini qayta ishlash qobiliyatlarini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ushbu chora-tadbirlar Q-M uchastkasi asosiy ish ko‘rsatkichlari bajarilish darajasini oshirish va stansiyalarda samarasiz vaqt yo‘qotishlarini minimallashtish imkoniyatlarni yaratadi. Kalit so‘zlar: temir yo‘l uchastkasi, stansiya, o‘tkazuvchanlik qobiliyati, peregon, harakat tezligi, yuk poyezdi. Transport bozorida yuk va yo‘lovchilarni tez, qulay, sifatli, xavfsiz va o‘z vaqtida tashish bo‘yicha temir yo‘l transporti yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Shu munosabat bilan temir yo‘l transportining asosiy ish ko‘rsatkichlari bajarilish darajasini tahlil qilish, natijalarini asosli baholash va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida tezkor bartaraf etish uchun zaruriy chora- tadbirlar ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi [1-4]. Temir yo‘l transporti ish ko‘rsatkichlari bajarilishida temir yo‘l uchastkalari va stansiyalari ishi alohida muhim mahamiyat kasb etadi. Bunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati (“O‘TY” AJ) tasarrufidagi temir yo‘l uchastkalarida poyezdlar harakatini tashkil etish va stansiyalarda poyezdlarni qayta ishlash jarayonlarini tahlil qilish muhim vazifalardan biri sanaladi. “O‘TY” AJ temir yo‘l sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan. 1-rasm. “O‘TY” AJ temir yo‘l sxemasi “O‘TY” AJ tasarrufidagi Q mintaqaviy temir yo‘l uzeli tarkibidagi “Q-M” temir yo‘l uchastkasi ish ko‘rsatkichlarini o‘rganish tadqiqot ishining asosiy obyekti sifatida belgilandi. “Q-M” temir yo‘l uchastkasida poyezdlar harakati tashkil etish sxemasi 2-rasmda keltirilgan. 93 94 Q Elektr ta’minoti Elektr ta’minoti Elektr ta’minoti Elektr ta’minoti Q-M uchastka si· oy-Q z-N n-lA m-yA m-J s-U z-G Lokomotiv xo‘jaligi M – uzel stansiyasi; – oraliq stansiya; Juft – razyezd. Toq 2-rasm. Q-M temir yo‘l uchastkasi sxemasi “Q-M” temir yo‘l uchastkasi “O‘TY” AJning Q mintaqaviy temir yo‘l uzeli tarkibida joylashgan va bir yo‘lli ikki tomonlama avtobilokirovkali elektrlashgan temir yo‘l uchastkasi hisoblanadi. Q-M uchastkasi tarkibida 9 ta stansiya, 4 ta elektr ta’minoti moslamalari mavjud. Hozirgi kunda ushbu uchastkada yuk va yo‘lovchi poyezdlar harakati aralash tashkil etiladi. Ularning sutkalik miqdori quyidagicha: - 2 juft yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi (760/761, 757/758); - 5 juft mahalliy masofaga qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari (Nasaf (3/4), Sharq (15/16), Sariosiyo-Toshkent (81/82), Termiz-Toshkent (79/80), Andijon-Termiz (129/130)); - yuk poyezdlari (o‘tkinchi, terma, uchastka) – 12 juft. Demak, Q-M uchastkasida o‘rtacha sutkada 19 juft poyezd harakatlanadi [2]. Bundan tashqari 1-jadvalda poyezdlar o‘tkazish qobiliyatiga bog‘liq o‘shimcha ma’lumotlar keltirildi. Bunda har bir peregonning o‘tkazuvchanlik qobiliyati (1)-ifoda orqali hisoblab topildi. 1-jadval Q-M temir yo‘l uchastkasi peregonlarining masofasi va yuk poyezdlari yurish tezligi Yuk Yurish Q-M Peregonlar Mavjud poyezdlari vaqti, uchastkasi Joylashgan orasidagi o‘tkazuvchanlik yurish tezligi, daqiqa peregonlari kilometri masofa, qobiliyati, km/soat (toq/juft) nomi km juft poyezd (reja/amalda) (max) Q-Q-yo 3866,2 12,3 60/36,9 20/20 27,3 Q-yo-N-z 3846,2 19,8 60/47,52 27/23 22,5 N-z-Al-n 3825,1 21,2 60/51,9 25/24 22,9 Al-n-Ay-m 3803,2 21,9 60/54,75 25/23 23,3 Ay-m-J-m 3788,1 15,1 60/51,7 18/17 30.5 J-m-U-s 3774,7 13,4 60/44,7 21/15 29,8 U-s-G-z 3758,6 16,1 60/47,1 22/19 26,7 G-z-M 3738,6 20 60/40,7 29/30 19,4 Temir yo‘l uchastkalari mavjud o‘tkazuvchanlik qobiliyatini quyidagi ifoda orqali aniqladi [4] 𝑁 = (1440−𝑡𝑡𝑒𝑥 )⋅𝛼𝑚𝑢𝑠, juft poyezd (1) 𝑚𝑎𝑣 𝑇 𝑑𝑎𝑣𝑟 bu yerda 𝑡 - texnologik “okno” davomiyligi: 1 yo‘lli uchastkalar uchun – 60 𝑡𝑒𝑥 daqiqa; 𝛼 - mustahkamlik koeffitsiyenti: elektrovozli tortuvda – 0,93; 𝑚𝑢𝑠 teplovozli tortuvda – 0,90; 𝑇 − grafik davri (uchastkaning o‘tkazish qobiliyatini 𝑑𝑎𝑣𝑟 chegaralaydigan peregon uchun hisoblanadi), daqiqa. 𝑇 = 𝑡𝑡 +𝑡 𝑗 +𝑡 ,𝑑𝑎𝑞𝑖𝑞𝑎 𝑑𝑎𝑣𝑟 𝑦𝑢 𝑦𝑢 𝑞 bu yerda 𝑡 − poyezdlarning peregonda harakatlanishi uchun sarflangan qo‘shimcha 𝑞 vaqt, daqiqa Q-M uchastkasi tadqiqot obyekti sifatida yangi yo‘nalishlarning, jumladan “Xitoy- Qirg‘iziston-O‘zbekiston” (27.12.24 yil qurilishi boshlangan) va “O‘zbekiston-Afg‘oniston- Pokiston” (rejalashtirilayotgan) temir yo‘l yo‘nalishlarining qurilishi hamda qurilish ishlari yakunlanib ekspluatatsiya jarayoniga topshirilgandan so‘ng ish hajmining keskin oshishi sababli tanlab olindi. Qurilish ishlari yakunlanishi bilan ushbu uchastkada tranzit poyezdlarni o‘tkazish va stansiyalarning qayta ishlash qobiliyatlariga bo‘lgan talab oshadi. Q-M uchastkasida Q, Q-yo va M stansiyalari uzel stansiyalari hisoblanadi. Ish hajmi oshishi bilan ushbu stansiyalarning hamda uchastkaning yuklanganlik darajas

Доказательный фрагмент

«“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Q” mintaqaviy temir yo‘l uzeli tarkibidagi “Q-M” temir yo‘l uchastkasining ishi tahlil qilindi.»

Образец извлечения

Демо-превью

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Q” mintaqaviy temir yo‘l uzeli tarkibidagi “Q-M” temir yo‘l uchastkasining ishi tahlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
harakat tezligi, stansiya, yuk poyezdi., peregon, o‘tkazuvchanlik qobiliyati, temir yo‘l uchastkasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники