К содержанию
РецензированоUZ2026

METHODS AND OPPORTUNITIES OF USING DIDACTIC GAMES AT PRIMARY CLASSES

USULLARI VA IMKONIYATLARI · Bekbo’taeva Durdona Elmurot qizi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

In this article the author outlines the effective use and opportunities of didactic games, in particular, interactive methods in the reading lessons of primary school pupils. Keywords: method, explanatory reading, didactic, art reading, expressive reading, interactive, logical reading. Hammamizga ma’lumki, bolalarning hayotida maktab davri juda katta o’rin tutadi. Chunki bolalar bog’cha ta’limidan so’ng aynan savodining chiqishi shu davrga to’g’ri keladi. Bu davrda bolalarga har taraflama tushunarli bo’lgan mashg’ulotlardan, qiziqarli zamonaviy usullardan foydalanish lozim. Maktab davrida esa bolaning savodi chiqishi bilan birgalikda uning dunyoqarashi shakllanib, fikrlash doirasi kengayib boradi. Shu sababdan, bolalarning bilimini rivojantirishda turli xil o’yinlardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Bolalar o’yinlar orqali o’z bilimlarini mustahkamlab oladilar. ularni o’rganib oladilar. Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan didaktik o’yinlar ta’lim sifatini yanada oshirish, bilish jarayonining muvafaqqiyatli boshqarilishiga turtki bo’ladi. Didaktik o’yinlar boshlang’ich ta’limning keyingi bosqichlarida ham bolalarning bilimini rivojiga turtki bo’lishi mumkin. Dars jarayonida o’zlashtirishi past o’quvchilarning bilimini oshirishga bu o’yinlar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda pedagogik texnologiyalar asosida ta’limni tashkillashtirishga e’tibor kuchaymoqda. Pedagogik texnologiyalardan foydalailmoqda. Pedagogik texnologiyalar - ta’limning shakllari, metodlari hamda yangi usullari tarbiyaviy vositalar yig’indisi hisoblanadi. Pedagogik texnologiyalar o’quvchilar imkoniyati va qobiliyatini yuzaga chiqarishda eng mahoratli vositalardan biri hisoblanadi, ular orqali ta’lim jarayonining tezlashishi oshadi. Oʻquvchilardaning mustaqil fikrlash doirasi shakllanadi. Bolalarda mexr muhabbat qiziqish hissi ortib boradi. Ta’lim tizimiga texnologik vositalar orqali yondashish tufayli ta’lim jarayonining maqsadi belgilanadi, o’qitish tizimining uzviy bog’liqligi rivojlanadi hamda ta’limning harakatlanish tezligi yuqorilab boradi. Texnologiyalardan foydalanishda ular ta’limning sifatini belgilashi lozim, undan ko’zlangan maqsadga yetishish nazarda tutilishi kerak. Bunda o’qituvchilar o’z o’quv fanini maqsadini belgilab chiqishi kerak. Belgilangan maqsad asosida albatta samara bo’lmog’i lozim. 61 Bola har bir o’yinga qiziqishi undan o’ziga biror narsa olmog’i kerak. Boshlang’ich sinf bolalariga dars jarayonida foydalanadigan o’yinlar orqali bolaning bilimi oshishi dars jarayonini o’zlashishi bilan birgalikda uning maktabga ustozlariga bo’lgan mexr-muhabbati oshib boradi. Aynan boshlang’ich sinflarda pedagogik texnologiyalardan foydalanish bolani darsga jalb etishga yordam beradi. O’yinlar orqali erkin fikr yuritish tafakkurining shakllanishini ortganini ko’rish mumkin. Aynan boshlang’ich sinflarda pedagogik texnologiyalardan foydalanish bolani darsga jalb etishga yordam beradi. Ularda oʻquvchilardaning diqqati bir joyga to’planadi tafakkuri o’sib boradi. O’zlarida erkin fikr yuritish jarayoni shaklanadi. Dars jarayonida qo’llanadigan didaktik o’yinlardan Zanjir o’yini: Bu o’yinda o’qituvchi bir so’z aytadi. Shu so’zning tugagan harfidan boshab bolalar so’zni davom ettiradi. O’yin orqali bolalar hammasi darsga jalb etiladi. «Tez ayt» o’yini: bu o’yinda o’qituvchi sinf bo’ylab yuradi bir bolani turg’izib uga bir tur nomini aytadi. Bola shu turga kiruvchi so’z topib aytishi kerak. Bu orqali bolaning fikri atrof-muhitga bo’lgan munosabati sinchikovlik qobiliyati oshib boradi. O’yinda toki javob berolmagan o’quvchilar tugatadi. O’yin bir ishtirokchi qolguncha davom etadi. Bu o’yinni o’tilgan darsga moslab ham tashkillashtirsa bo’ladi. O’qituvchi: «Hayvon» O’quvchi: mushuk O’qituvchi: «Mevalar» O’quvchi: olma O’qituvchi sinf jihozlari: O’quvchi: doska Dars jarayonida shunday o’yinlardan foydalanish orqali o’quvchilarda dars jarayoniga bo’lgan qiziqish ortib boradi. Bolada topqirlik, chaaqqonlik, tez harakat qilish jarayonari shakllanib boradi. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, buyuk bobokalonimiz va tarixchi, olim Abu Rayxon Beruniy o’z asarlarida yosh avlodga bilim berishda turli xil qulay, o’quvchi uchun tushunarli bo’lgan usullardan foydalanishni tavsiya etadi. «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar asarida» Beruniy dars samaradorligini oshirish bolaning xotirasini rivojlanishi bolaning erkin fikrlashini oshirish usullarini izlashni ta’kidlagan. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad bolalarni zeriktirmaslik turli usullar bilan uning dunyoqarashini, bilim darajasini kengaytirish. Beruniy bundan tashqari didaktik o’yinlar orqali bola zerikish uyg’otmasligi lozim deydi. Ta’lim sifatini har taraflama muvafaqqiyatli qilishimiz uchun didaktik o’yinlardan foydalanishimiz lozim. Bunday usullarni to’g’ri tanlay bilish orqali dars jarayonida samarali natijalarga erishishimiz mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak o’qituvchining yangiliklari orqali yosh avlodni yanada bilimi qilish ko’zlanadi.

Доказательный фрагмент

«In this article the author outlines the effective use and opportunities of didactic games, in particular, interactive methods in the reading lessons of primary school pupils.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article the author outlines the effective use and opportunities of didactic games, in particular, interactive methods in the reading lessons of primary school pupils. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
method, explanatory reading, didactic, art reading, expressive reading, izohli o’qish, ifodali o’qish, badiiy o’qish, didaktik, interfaol, interactive, logical reading., metod, mantiqiy o’qish.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники