К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘QUVCHILARDA TINGLAB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH

Marjona Toshpulatova · Sabdenova Kamila Janibekovna

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

The article talks about the development of students' listening comprehension skills. Opinions were expressed on the importance of developing listening comprehension skills in students, for their success in the learning process and effective communication. Key words: multimedia resources, interactivity, attention, intuition, memory, ability. Tinglab tushunish ko‘nikmasi — bu tinglagan ma’lumotni nafaqat eshitish, balki uni to‘g‘ri anglash, tahlil qilish va xulosa chiqarish qobiliyatidir. Bu ko‘nikma muloqotda, ta’limda, ishda va kundalik hayotda muhim ahamiyatga ega. Tinglab tushunish faqat eshitish bilan cheklanmaydi, balki tinglangan nutqni chuqurroq tushunishga, uning ma’nosini anglashga, va natijada to‘g‘ri javob berishga yordam beradi. Har qanday tilni o‘rganishda muhim bo‘lgan to‘rtta ko‘nikma orasida tinglab tushunish asosiy o‘rin tutadi1. Tinglasb tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda diqqat, xotira va sezgi juda muhim rol o‘ynaydi. Bu uchala omil bir-biriga bog‘liq bo‘lib, insonning nutqni yaxshiroq tushunishi va unga tez va to‘g‘ri javob berishini ta’minlaydi. Agar diqqatimiz jamlanasa, biz eshitayotgan ma’lumotlarni yaxshiroq tushunib, xotiramizda saqlaymiz. Diqqatning yuqori darajasi, nutqni tahlil qilish va keyinchalik eslab qolish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni samarali ravishda qabul qilish imkonini yaratadi. Xotira o‘zida saqlangan ma’lumotlar orqali biz tinglangan nutqni qayta ko‘rib chiqib, tahlil qilamiz. Xotira, xususan qisqa muddatli xotira, tinglangan ma’lumotlarni vaqtincha saqlashda yordam beradi, bu esa muloqot 1 Inamova G. Tinglab tushunish ko‘nikmasini audiovisual vositalar yordamida rivojlantirishda zamonaviy vositalar. // Maqola. – T. 2022. www.oriens.uz 157 Fevral, 2025-Yil davomida ma’lumotlarni to‘liq tushunishga yordam beradi. Uzun muddatli xotira esa bizning umumiy bilim bazamizni kengaytiradi va murakkab muloqotlarni tushunishda yordam beradi. Sezgi ham tinglash tushunish ko‘nikmasining ajralmas qismi bo‘lib, ovoz, tonlama, intonatsiya va boshqa ovozli belgilarni to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. Sezgilar orqali biz nafaqat so‘zlarning ma’nosini, balki ularni aytish uslubini, his-tuyg‘ularni va muhitni ham his qilamiz. Tushunish, idrok etish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, fikrni aniq va to‘liq ifodalay olish, o‘qitishning interfaol usullari, o‘zidan va o‘zgalardan foydalanish, “men” tez rivojlanadi va ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘qitishning interfaol usullarini qo‘llash orqali o‘quvchilar o‘rtasida raqobat muhiti yaratilib, o‘quvchilarning ilg‘orligi ta’minlanadi va buning natijasida o‘quvchilar birgalikda bilim olishga kirishadilar 2 Bu, ayniqsa, muloqotda turli kontekstlarni to‘g‘ri talqin qilishda foydalidir. Boshlang‘ich sinflarda tinglab tushunish o‘quvchilarning ta’lim jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayon orqali bolalar: 1. Diqqatni jamalash: O‘quvchilar diqqatlarini o‘qituvchining so‘zlariga qartishadi, bu esa ularning o‘rganish samaradorligini oshiradi. 2. Ma’lumot qabul qilish: O‘qituvchining tushuntirishini tinglab, bolalar bilimlarni oson o‘zlashtirishadi. 3. Savol berish va fikr almashish: Tinglab tushunish orqali bolalar o‘z fikrlarini ifoda etish va savollar berish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 4. Tanqidiy fikrlash: O‘quvchilarda tinglagan ma’lumotlarini tahlil qilish orqali tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi shakllanadi. Tinglab tushunishni rivojlantirish uchun o‘qituvchilarga interaktiv usullar, multimediya resurslari va audio visual vositalarni qo‘llash tavsiya etiladi. Bu o‘quvchilarning qiziqishini oshirib, ta’lim jarayonini yanada samarali qiladi. Tinglab tushunish haqida dunyo olimlari quyidagicha fikr -mulohazalar bildirishgan. 1.Jean Piaget: Piaget bolalarning kognitiv rivojlanishi haqida yozgan. Uning “The Origins of intelligence in Children” asarida bolalarning ma’lumotni qanday qabul qilishlari va tushunishlari haqida fikr yuritadi va ular qanday qilib dunyoni tushunish o‘rganayotganini yoritadi. Piaget, asosan, bolalar o‘z tarjibalari va atrof – muhit bilan o‘zaro aloqalari orqali bilim va tushunchalarini shakllantirishadi deb takidlaydi. Shu bilan birga, Piaget bolalarninh nutq va tushunish qobilyatlari yoshga qarab taraqqiy etishini va bu jarayon o‘zaro tarjiba va o‘zgarishlarga asoslanganligini ko‘rsatadi. 2 Uraimshikova M. Tinglab tushunishdagi qiyinchiliklar va ularning yechimlari. – Toshkent, 2022. 7-bet. 158 Fevral, 2025-Yil 2.Lev Vygotskiy: Vygotskiy o‘zining “ Mind in society” asarida ijtimoiy interaksiyaning o‘rganishga ta’sirini tahlil qiladi. U tinglab tushunish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotning ahamaiyatini takidlaydi. U bolalarning nutqni, xususan, tinglab tushunishni o‘zaro muloqot jarayonida rivojlanishini aytib o‘tadi. Uning nazariyasiga ko‘ra nazariyasiga ko‘ra, til – bu nafaqat kommunikatsiya vositasi, balki o‘ylash va tushunishning asosi hamdir. Bolalar atrofdagilar bilan muloqot qilish orqali nutqni va tushunishni rivojlantiradilar, va bu jarayon faqat individual o‘rgatish emas, balki ijtimoiy

Доказательный фрагмент

«The article talks about the development of students' listening comprehension skills.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article talks about the development of students' listening comprehension skills. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
multimedia resources, interactivity, attention, intuition, memory, ability
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники