К содержанию
РецензированоUZ2025

FITRATNING ILMIY ADABIY QARASHLARI XUSUSIDA

Xurramova Farangiz Ollanazarovna · Norkulova Shaxnoza Tulkinovna

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

The article examines the views on literary criticism of Abdurauf Fitrat, a major figure in Jadid literature. His literary works "Rules of Literature" and the treatise "On Aruze" are analyzed, and the scholar's contribution to the development of Uzbek literary criticism is discussed. Key words and phrases: Abdurauf Fitrat, "Rules of Literature", "Wordplay", epic and lyric poetry, drama, treatise "On aruz", poetry, verse, aruz, structural unit of verse. О НАУЧНЫХ И ЛИТЕРАТУРНЫХ ВЗГЛЯДАХ ФИТРАТА Аннотация. В статье рассматриваются взгляды на литературную критику Абдурауфа Фитрата, крупного деятеля джадидской литературы. Анализируются его литературные произведения «Правила литературы» и трактат «Об арузе», а также обсуждается вклад ученого в развитие узбекского литературоведения. Ключевые слова и выражения: Абдурауф Фитрат, «Правила литературы», «Игры слов», эпическая и лирическая поэзия, драма, трактат «Об арузе», поэзия, стих, аруз, структурная единица стиха. Fitrat XX asr o’zbek adabiyotining asoschilaridan biridir. Fitrat tilshunos va tarixchi olim, davlat arbobi sifatida ham katta ishlarni amalga oshirdi. Fitratning 250 bosma tabog’dan ortiqroq adabiy merosi e’lon qilingan, 100 bosma tabog’dan ortiq badiiy va ilmiy asarlari esa hali e’lon 5 07 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ qilinmagan. Uning ijodi asosan O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin keng o’rganila boshlandi. U Buxoroda ziyoli oilasida tug’ilgan. Buxoro, Istambul madrasalari va dorilfununda o’qigan. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o’zlashtirgan. Ma’lumki, ijodkor uslubi asar tili orqali ro’yobga chiqadi. Tilda yozuvchining o’ziga xosligi ham, hayot haqiqatini qayta tiriltira olish salohiyati ham, badiiy tasvir vositalaridan foydalanish bilan mahorati ham aniq ko’rinadi. Shuning uchun ham uslubshunoslik ham, adabiyot ilmi ham tilshunoslik ilmini ajralmas bo’lagi kabi qabul qilinadi. Tilshunoslikning uslubiyat qismi, avvalo, har bir soha, shuningdek, ilmiy asarlar va badiiy adabiyotning yozilish tarzlarini farqlaydiki, Fitrat bu borada bunday deb yozadi: “Umuman, jug’rofiyo, hisob, handasa kabi ilmiy fanniy masalalar to’g’risida yozilg’on asarlarning uslubi bilan adabiy, she’riy parchalarning uslubi orasida ko’zga ko’rinarlik ayirma bor. Fanniy, ilmiy asarlardan maqsad tuyg’ularimizni o’quvchilarga o’tkazib, ularda bir turli hayajon (ruhiy to’lqun) qo’zg’atmoq emas, ilmiy bir haqiqatni onglatishdir... Mana shu ayirmani ko’zda tutib, adabiyot kitoblarida uslubni “sodda uslub”, “bezalgan yo tasviriy uslub” deb ikkiga ajratadirlar”. Bu kabi ilmiy va badiiy uslub masalalari bizning davrimizda ko’p ishlangan mavzu hisoblansa ham Fitrat uslubshunoslikda yana ham chuqurroq kuzatishlar qiladi va uslubning “umumiy” hamda “xususiy hollari” tahliliga kirishadi “... shuncha o’zgarishgan, bir holda turmag’ur bo’lgan uslubning xususiy, umumiy hollarini ajratib, aniqlab qoida shaklida ko’rsatmak mumkin bo’lmag’an bir ishdir. Albatta, bu kabi masalalarni o’rganishga bizning uslubshunoslarimiz (tilshunoslik yo’nalishidan borsalar ham, adabiyotshunoslik yo’nalishidan borsalar ham) hali yetib kelganicha yo’q. Fitrat “uslubning umumiy hollari” deganda “har bir uslubda topilishi matlub bo’lg’an holatlar”ni belgilab, ularni tuzuklik, soflik, ohang (ohangdoshlik) ochiqlik, uyg’unlik kabi sifatlarga ajratadi va badiiy asarda me’yor va muvofiqlikning qoidasi darajasiga ko’taradi. Shu bilan birga, bu “qoidalarga” amal qilmaslik nomuvofiqliklarga, saktaliklarga olib kelishini eslatish bilan cheklanmay, ulardan qutulish yo’llarini ham o’z o’rnida eslatadiki, o’zbek adabiyotshunosligida hali bu masalalar Fitrat davri darajasida ham o’rganilgani yo’q. “Uslubning xususiy hollari” deb Fitrat bizning adabiyotshunosligimiz badiiy til vositalari (I.Sulton) yoki tasviriy vositalar (N.Hotamov) deb tushuntirayotgan adabiy hodisalarni nazarda tutadi. Bular asosan badiiy asar uslubida qo’llanilgani uchun “uslubning umumiy hollari” kabi ilmiy uslubda ishlatilmaydi. Sifatlash, o’xshatish, istiora, kinoya, majoz, jonlantirish, so’rash, mubolag’a, undash, qarshulik, qaytish (ruju’), kesish va boshqa vositalar haqida mumtoz adabiyotshunosligimizda ayrim ilmiy asarlar yozilgani ma’lum. 5 08 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Abdurauf Fitrat ham bular talqinida o’shanday asarlar sirasidan Atoulloh Husayni kitobini ko’rgan bo’lishi tabiiy. Biroq, Fitrat bu o’rinda ulug’ alloma “ma’naviy san’atlar” deb atagan unsurlar tahliliga kirishibgina qolmas, ularga imkon boricha zamonaviy adabiyotdan misollar axtaradi va topganlarini mumtoz asarlardan olingan namunalar bilan qiyoslab, ularga munosib baho berib o’tadi. “Adabiyot qoidalari” kitobining “So’z o’yunlari” deb atalgan bobida muallif adabiyot tarixida lafziy san’atlar deb qaralgan t

Доказательный фрагмент

«The article examines the views on literary criticism of Abdurauf Fitrat, a major figure in Jadid literature.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article examines the views on literary criticism of Abdurauf Fitrat, a major figure in Jadid literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
and phrases: Abdurauf Fitrat, "Rules of Literature", "Wordplay", epic and lyric
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники