Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM TARBIYA JARAYONIDA O’QUVCHILARNING KREATIV SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI
RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI · Abdushukurova Nazokat Abdug’affor qizi · ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article examines the issues of improving the creative qualities of students, highlights the essence of creativity and its theoretical and methodological foundations, human thinking, and forms of critical thinking in it. The educational system highlights pedagogical features that contribute to the formation of a creative student. Keywords: creativity, pedagogical features, modern education, critical thinking, innovation, imagination. Fan va texnalogiyalarning rivojlanishi hozirgi kun zamonaviy ta’lim tizimida ham sezilarli darajada o’zgartirish, yangiliklar kiritish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. 4 81 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shu sababli ta’limdagi islohotlar mohiyatini tushunish va anglab yetish uchun zaruriy pedagogik shart-sharoit va ijodiy muhitni yaratish muammosi yuzaga keldi. Boshlang’ich ta’lim — bu bolalarning bilim olish jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi, bu jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirish yorqin kelajak uchun mustahkam asosdir. Ta’lim tizimini modernizatsiyalash va uni shaxs imkoniyatlariga to‘liq moslashtirishga ko‘maklashuvchi ta’lim tizimining asosiy vazifalari bu ta’lim oluvchilarda tashabbuskorlik, mustaqillik, kreativlik sifatlarini qaror toptirish va rivojlantirishdan iborat etib belgilangan. Ta’lim jarayonida kreativlik, ya’ni ijodkorlik sifatlar, bolalarning fikrlash jarayonlarini tizimli olib borishda yangi g’oyalarni ishlab chiqishida muhim omil hisoblanadi. Bu esa o’quvchilarning jamiyatga foydali, innovatsion fikrlovchi shaxs bo’lib ulg’ayishida asosiy dastak bo’lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish”1 kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Shunga ko’ra har bir o’quvchining shaxsiy imkoniyatlarini inobatga olib uni yanada rivojlantirish va olgan bilimlarini amaliy holda qo’llay olishi uchun zamin yaratish bir so’z bilan aytganda jamiyatning faol a’zosiga aylantirish hozirgi kun pedagogning asosiy vazifasi hisoblanadi. Ma’lumki shaxs rivojlanishida o’ziga hoslik, biror bir muamoga noodatiy yondashish, har bir voqea hodisaga o’zining mustaqil fikrini bildira olish ko’nikmalarini rivojlantirgan inson ko’pgina natijalarga erisha olishi mumkin. O’quvchilarning kreativ sifatlarini oshirishdan ko’zlangan maqsad, ularning ijodiy fikrlashlarini oshirish, muammolarni yangi o’ziga xos yo’nalishda hal qilish ko’nikmalarini rivojlantirish, o’quv jarayonidagi faolligini ko’paytirish, tassavurini boyitishdan iborat. Shu o’rinda ta’lim jarayonida ijodkor o’quvchini rivojlantirish masalasi yuzaga keladi. Hozirgi zamonaviylashgan dunyoda o’quvchilardan kreativ sifatlarga egalik ularni hayot faoliyatlarida qo’llab ko’rib to’g’ri xulosalar chiqarish malakalari talab qilinmoqda. Ta’lim faoliyatida o’quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning asosiy mexanizmi bu o’quv jarayonini ular shaxsiga yo’naltirish hisoblanadi. Bu esa, o’z navbatida, o’quvchilarni axloqiy hamda kasbiy yetuklik, mustaqillik, nazariy-tahliliy faoliyatga undash imkonini beradi. 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017-йил 7-февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида”ги ПФ–4947-сон Фармони // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда. 4 82 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Buning natijasida o’quvchilarda o’z-o’zini rivojlantirish, yaratuvchilik, faollik, hayotiy faoliyatga o’zini tayyorlash va moslashtirish kabi layoqatlarni tarkib toptiradi. Boshlang’ich sinf o’qiuvchilarida kreativ sifatlarni rivojlantirish jarayonining umumiy ahamiyatini anglash uchun dastlab “kreativlik”, “keativ yondashuv” tushunchalarining ma’nosini tushunib olish talab etiladi. Kreativlik atamasi Angliya-Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo‘ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi. J.Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko‘rsatadi:2 Fikrni maqsadga O‘ziga xoslik muvofiq yo‘llay Qiziquvchanlik (originallik) olish Farazlar yaratish Xayol qila olish qobiliyati (fantaziya) Kreativlik (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) – shaxsning yangi g’oyalarni ishlab chiqishga tayyorligini tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o’tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim o
Доказательный фрагмент
«This article examines the issues of improving the creative qualities of students, highlights the essence of creativity and its theoretical and methodological foundations, human thinking, and forms of critical thinking…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the issues of improving the creative qualities of students, highlights the essence of creativity and its theoretical and methodological foundations, human thinking, and forms of critical thinking… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- creativity, pedagogical features, modern education, critical thinking, Kreativlik, tasavvur., innovatsiya, zamonaviy ta’lim, pedagogik xususiyatlari, tanqidiy fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026