Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNING YOZMA NUTQ MALAKALARINI OSHIRISH USULLARI
OSHIRISH USULLARI · Abdurazakova Nurjamal Salımatdinovna
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Information is provided on methods for improving the written speech skills of primary school students and on writing essays and identifying errors in written work. Keywords: Essay, literary and artistic, logical thinking, creative activity, statement, sentence, written literacy, stylistic error, punctuation marks, artistic taste. МЕТОДЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПИСЬМЕННЫХ И УСТНЫХ НАВЫКОВ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ Аннотация. Приведена информация о методах совершенствования письменных навыков учащихся начальной школы, а также о том, как писать сочинения и выявлять ошибки в письменных работах. Ключевые слова: Эссе, литературно-художественное, логическое мышление, творческая деятельность, высказывание, предложение, письменная грамотность, стилистическая ошибка, знаки препинания, художественный вкус. Insho yozish boshlang‘ich ta’lim o‘quv faoliyatidagi murakkab masalalardan biridir. Bu ish turi tayyorgarlik talab etadigan va o‘quvchini o‘z ustida ishlashga o‘rgatadigan ijodiy jarayondan iborat. Insho yozish uchun ma’lum bir adabiy-badiiy material bilan tanishib chiqish, uning mohiyatini anglash, ma’lumot va voqea-hodisalarni mazmunini chuqur o‘zlashtirish talab etiladi. Bu borada o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarning qayta ifodasi, shuningdek, o‘quvchilarning shaxsiy taassurotlari bilan boyitilgan va ongida analiz-sintez qilingan shaklda insho yuzaga keladi. 4 49 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ “Insho” so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, “tashkil etish; yaratish, qurish, barpo qilish; ijod, bayon”1 degan ma’nolarni bildiradi. Insho boshlang‘ich 1-sinfdan boshlab kichik og‘zaki axborot va hayajonli hikoya qilish tarzida o‘tkaziladi hamda reja asosida aqliy faoliyat yuritishni taqozo etadi. O‘quvchilarda insho yozish orqali ijodiy fikrlash, atrofni kuzatish, voqea-hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash, qiyoslash va shu asosda xulosa chiqarish ko‘nikmalari shakllanib boradi. Yozma ishlarning bu turi fikrni tizimli va uzviylikda ifodalashga o‘rgatishi bilan o‘quvchilarni ijodga unyaydi. “Insho tushunchasining zamirida mavzu va hajmning cheklanganligi, o‘quvchining ana shu cheklanganlik doirasidan chetga chiqmagan holda qo‘yilgan masalani ochib berishga asoslangan mustaqil faoliyati yotadi. Inshoga material sifatida hayotdagi biror hodisa, badiiy asardagi qandaydir epizod yoki boshqa biror kishining hayotidan lavha, biror joyga, biror tasvirga munosabatni olish mumkin”2. O‘quvchilarni insho yozishga tayyorlash uchun dastlab kichik va qiziqarli matnlarni qayta hikoyalashni, keyinchalik rasmli bayon, kichik matnlarga asoslangan bayon va insholar rejasini tuzish va matnlar yaratish ishlari izchil tarzda olib borilishi maqsadga muvofiq. Insho o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi ijodiy ishidir. Mazkur jarayonda har ikki subyektning o‘z faoliyat doirasi mavjud bo‘lib, insho uning amaliy mahsulidir. O‘qituvchi rahbarligi o‘quvchi faoliyatiga jiddiy ta’sir qiladi. O‘quvchilar insho yozishda o‘z hayotiy tajribasi, bilimi, kitobxonlik darajasiga tayanadi. O‘qiganlari orasidan insho mavzusiga doir ma’lumotlarni tanlaydi, zarur o‘rinlarda ijodiy foydalanadi. Bu o‘z-o‘zidan shakllanmaydi, balki tizimli holda mashqlar orqali tarkib toptiriladi. O‘quvchilar insho yozishda, masalan, adabiy insholarda, mualliflarning yoki asar haqida boshqalarning fikrlarini takrorlashadi. Buning sababi ular shaxsiy fikrini bildirishga o‘rgatilmaganligi, asarning qaysi o‘rinlari ta’sir qilganini ajrata bilishi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Insho yozdirishdan avval o‘quvchilardan badiiy asarni qay darajada tushunganliklarini aniqlab olish zarur. Buning uchun suhbatlar o‘tkazish, muhokamalar chog‘ida anglanmay qolgan jihatlarga ijodiy yondashish muhim sanaladi. Yozma ishda xatolarning belgilanishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yozma ishlarni tekshirishda yo‘l qo‘yilgan xatolar tagiga chizish hamda daftar hoshiyasiga belgilar chiqarish yo‘li bilan ko‘rsatiladi va hisobga olinadi. Xatolarni ko‘rsatish uchun: 1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. И ҳарфи. – 221-б. www.ziyouz.com kutubxonasi. 2 Nasrullayev E., Hazratqulov M. Insho – o‘quvchi shaxsini shakllantirishning muhim vositasi // Til va adabiyot ta’limi. – Toshkent, 2020. – № 9. – B. 15-b. 4 50 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ imlo xatosi ostiga ikki chiziq (–) ortiqcha yozilgan harf (=) so‘z xato yozilgan yoki jumlada sintaktik aloqa buzilgan bo‘lsa (_______) tinish belgilardagi xato ostiga bir chiziq (–) uslubiy xato ostiga to‘lqinli chiziq (~~~~~) chiziladi. Daftar hoshiyasiga esa quyidagi shartli belgilar qo‘yiladi: / (shtrix) – imlo xatosini bildiradi; V (ve) – tinish belgisidagi xatoni bildiradi; W (dubl ve) – uslubiy xatoni bildiradi; Z (zet) – abzatsni, ba’zan matndagi behuda bo‘sh qoldirilgan yoki noo‘rin band qilingan satrlarni bildiradi3. Yozma ishni tekshirishda chiroyli jumla, juda o‘rnida
Доказательный фрагмент
«Information is provided on methods for improving the written speech skills of primary school students and on writing essays and identifying errors in written work.»
Образец извлечения
Демо-превьюInformation is provided on methods for improving the written speech skills of primary school students and on writing essays and identifying errors in written work. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Essay, literary and artistic, logical thinking, creative activity, statement, uslubiy xato, badiiy did., mantiqiy fikrlash, jumla, adabiy-badiiy, tinish belgilari, Insho, ijodiy faollik, yozma savodxonlik, bayon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024