Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HARBIY XIZMATCHILARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TUSHUNCHASINING KONSEPTUAL ASOSLARI TAHLILI
KONSEPTUAL ASOSLARI TAHLILI · Hamroyev Anvar Abdikarimovich · FOR MILITARY PERSONNEL
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article explores the key conceptual aspects, foundations, and approaches to the concept of social protection for military personnel. It includes definitions that reflect the content and essence of social protection as proposed by various scholars. Keywords: Social protection, reforms, scientific and technical resources, human resources, political and social stability, economic and legal mechanisms. АНАЛИЗ КОНЦЕПТУАЛЬНЫХ ОСНОВ ПОНЯТИЯ СОЦИАЛЬНОЙ ЗАЩИТЫ ВОЕННОСЛУЖАЩИХ Аннотация. В данной статье рассматриваются важные концептуальные аспекты, основы и подходы к понятию социальной защиты военнослужащих, включая определения, отражающие содержание и сущность социальной защиты, разработанные рядом ученых. Ключевые слова: Социальная защита, реформы, научно-технические и человеческие ресурсы, политическая и социальная стабильность, экономические и правовые механизмы. Kirish. Bugungi iqtisodiy rivojlanish sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish bozor iqtisodiyotiga ega davlatlar ijtimoiy siyosatining ajralmas qismiga aylanmoqda. Ijtimoiy himoya tizimi, aholining hayot darajasi va sifatini maʼlum standartlar asosida kafolatlashga qaratilgan boʻlishi kerak, chunki zamonaviy bozor iqtisodiyoti koʻpincha ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etmaydi va koʻplab sohalar va kasblar bozor talablariga mos kelmay qolmoqda. 4 06 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Yurtimizda aholining munosib hayot sifatini taʼminlash uzoq muddatli davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻlib, bu ilmiy-texnik va insoniy resurslarni rivojlantirishning muhim mezoniga aylanmoqda. Aholini qamrab oladigan samarali ijtimoiy himoya tizimi nafaqat farovonlikni oshiradi va mamlakatning mehnat salohiyatini kengaytiradi, balki iqtisodiy oʻsishga, siyosiy va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashga ham xizmat qiladi. Davlat siyosatining ajralmas qismi sifatida harbiy xizmatchilar uchun kafolatlar va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimi dolzarb hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zamonaviy rivojlanish bosqichi bu sohada sifatli yangi yondashuvlarni talab qilmoqda, xususan, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy maqomini oshirish va qonunchilikda belgilangan kafolatlarni toʻliq amalga oshirish zarurati yuzaga kelmoqda. Qurolli Kuchlar tarkibi va vazifalarini optimallashtirish hamda ularni qisqartirishga doir chora-tadbirlar natijasida harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada tizimli va tartibli ravishda rivojlantirish zarurati tugʻilmoqda. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Davlat ijtimoiy himoyasining ilmiy tushunchasini aniqlash, uning predmet doirasi, obyekt va subyektlarini belgilash, shuningdek, ijtimoiy himoyani amalga oshirish mezonlari va tamoyillarini aniqlash muhim nazariy va amaliy vazifalardan biridir. Himoyalashning iqtisodiy va huquqiy mexanizmlari hamda usullarini ishlab chiqish bu jarayonning asosiy yoʻnalishlaridan hisoblanadi. Bunda, avvalo, xorijiy davlatlar, MDH davlatlari, jumladan, Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻistonning tajribasini oʻrganish, ularning olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy-nazariy tadqiqotlarni tahlil qilish, shuningdek, foydali va samarali jihatlarini amaliyotda qoʻllash lozim. Tadqiqot mavzusi doirasida milliy va xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlarini oʻrganish davomida bir qator dissertatsiya, monografiya, ilmiy maqolalar hamda xalqaro konferensiyalarning materiallari tahlil qilindi. Muammoga nisbatan berilgan mulohazalar va tadqiqotlarni geografik jihatdan shartli ravishda uch guruhga boʻlib oʻrganish mumkin: Birinchi guruh. Xorijiy mutaxassislar va olimlarning tadqiqotlari; Ikkinchi guruh. Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlari olimlarining tadqiqotlari; Uchinchi guruh. Mustaqil Oʻzbekiston sharoitida olib borilgan ilmiy izlanishlar. Birinchi guruh. Xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy himoya tizimini tashkil etish tajribasini oʻrganish jarayonida bir qator Gʻarb olimlari muhim ilmiy hissa qoʻshishgan. Ayniqsa, bu sohada Amerika iqtisodchilari S. Fisher, R. Dornbush va R. Shmalenzi oʻz tadqiqotlari bilan taniqli hisoblanishadi. 4 07 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ular ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirish, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini boshqarish va moliyalashtirish masalalarini batafsil tahlil qilib, ushbu tizimning iqtisodiy tamoyillariga alohida eʼtibor qaratishgan1. Bundan tashqari, boshqa xorijiy mutaxassislardan A. Barrientos, R. Sabats-Uiler va S. Dereveukslar ham ijtimoiy himoya boʻyicha xalqaro tajribalarni chuqur tahlil qilganlar. Ularning tadqiqotlari ijtimoiy himoya tizimining turli modellarini solishtirish, ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirishda davlatning roli va majburiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Ushbu olimlarning ilmiy ishlari turli davlatlarning ijtimoiy himoya tizimlarini shakllantirishda va ularni moliyalashtirish boʻyicha eng
Доказательный фрагмент
«This article explores the key conceptual aspects, foundations, and approaches to the concept of social protection for military personnel.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the key conceptual aspects, foundations, and approaches to the concept of social protection for military personnel. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Social protection, reforms, scientific and technical resources, human resources, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik, islohotlar, iqtisodiy va huquqiy mexanizmlar., Ijtimoiy himoya, ilmiy-texnik va insoniy resurslar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026