Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ILK O‘SPIRINLIK DAVRIDA AQLIY RIVOJLANISH
Qahharova Sayyora Bahodirovna
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
The article describes the development of cognitive processes in early adolescence. It is analyzed that adolescents develop the ability to plan their activities in advance, after forming personal opinions, judgments about the material world, and a scientific worldview, the critical nature of thinking begins to develop. Also, when choosing a profession, early adolescents should take into account their inclinations and abilities, personal qualities, type of nervous system, emotional-volitional qualities of analyzers. The higher a person rises, the more he acquires originality, various individual qualities, personal qualities and, as a result, psychological maturity. Keywords: Mental development, ability, work, thought, character, thinking, intuition, society, personality, college, school. УМСТВЕННОЕ РАЗВИТИЕ В РАННЕМ ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ Аннотация. В статье описывается развитие познавательных процессов в раннем подростковом возрасте. Анализируется, что у подростков формируется способность заранее планировать свою деятельность, а после формирования личного мнения, суждения и научного мировоззрения о материальном мире начинает развиваться критический характер мышления. Также при выборе профессии младшим подросткам следует учитывать свои склонности и способности, личностные качества, тип нервной системы, эмоционально-волевые качества анализаторов. Чем выше поднимается человек, тем большую уникальность, многообразие индивидуальных качеств, личностных качеств и, в конечном итоге, психологическую зрелость он приобретает. 549 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Ключевые слова: Умственное развитие, способности, работа, мысль, характер, мышление, интуиция, общество, личность, колледж, школа. Yuqori sinf o‘quvchilarining bilish jarayonlari turli nuqtai nazarlarni tahlil etishga va bu masala bo‘yicha har tomonlama o‘ylagan o‘z fikrini berishga yordam bera oladi. Bu yoshdagi o‘spirinlar atrofdagi turli voqea-hodisalardagi haqiqatni bilishga intiladi. Ularning tayyor yechimlar, ma’lumotlar emas, balki shu yechim va ma’lumotlarni o‘zlari mulohaza yurgizib, qidirish jarayonining o‘zi ko‘proq qiziqtiradi. Bu borada turli masalalar bo‘yicha bahs va munozaralar yuritishga va ularning fikrlarini isbotlashga juda qiziqadilar. O‘spirinlik davrida bilish jarayonlarining rivoji faol ravishda davom etadi. Lekin, bu rivojlanish o‘spirinning o‘ziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. Bu davrga kelib, o‘spirinlar to‘la ravishda mantiqiy tafakkurga egabo‘ladilar, nazariy fikr yuritib, o‘zlarini-o‘zlari tahlil eta oladilar. Ular endi bemalol axloqiy, siyosiy va boshqa mavzularda bahslasha olib, o‘z munosabatlarini bildira oladilar. O‘spirinlik davrida bolalar juda ko‘p ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirib, ulardan turli masala va muammolarni yengishda foydalana oladilar. O‘spirinning o‘z-o‘zini anglashi o‘quv, mehnat va muloqot motivatsiyalarini o‘zgarishida o‘z aksini topadi. Bu davrda, bolada yangi faoliyatlar yuzaga kelib, psixik rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. O‘spirinlik yoshi o‘qish, menat, muloot singari yetakchi faoliyatlar asosida umumiy va maxsus layoatlarning rivojlanayotganligi bilan xarakterlanadi. O‘spirinlik davrida bilish jarayonlarining rivojlanishi faol kechadi. Lekin, bu rivojlanish o‘spirinning o‘ziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. O‘spirinlik davriga kelib, juda ko‘p bolalarda o‘z faoliyatlarini oldindan rejalashtirish layoqati yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Shuningdek, o‘z-o‘zini boshqarish ham o‘spirinlik yoshidagi bolalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘spirinning o‘quv mashg‘ulotiga munosabati o‘z xususiyati va mazmuni jihatidan boshqa yoshdagi o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi munosabatidan tubdan farq qiladi. O‘quv rejasi va dasturning murakkablashuvi, yangi fan va mavzularning kiritilishi, o‘zlashtirilishi nazariy tafakkur yordamida amalga oshirishni taqozo etadi. Ana shundan kelib chiqqan holda, o‘quvchilarning o‘qishga munosabati ham o‘zgaradi, ular ayrim fanlarga tanlab munosabatda bo‘la boshlaydilar. O‘spirinlik davrida bilishga oid qiziqish ko‘lami tobora amaliy xususiyat kasb eta boshlaydi. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy masalalarga, texnika, tabiatga, osmon jismlariga, sport va hokazolarga qiziqishi kuchayadi. O‘spirinlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik yanada takomillashib boradi, mantiqiy xotirasi, esda olib qolishining oqilona yo‘li, vositalari ta’lim jarayonida yetakchi vazifani ado eta boshlaydi. O‘spirin turli janrdagi adabiy asarlarni o‘qishi, tushunishi orqali mustaqil fikr yuritish, mulohaza qilish va munozaraga kirishishga o‘rganib boradi. 550 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 O‘spirinlik tafakkurining sifatiga uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, mustaqilligi, samaradorligi, tezligi kabilar kiradi. Tafakkurning mazmundorligi deganda, o‘spirin ongida tevarak-atrofdagi voqelik to‘g‘risida qancha miqdorda mulohazalar, muhokamalar va tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi. Tafakkurning chuqurligi deganda esa, mod
Доказательный фрагмент
«The article describes the development of cognitive processes in early adolescence.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article describes the development of cognitive processes in early adolescence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mental development, ability, work, thought, character, thinking, intuition, xarakter, tafakkur, layoqat, sezgi, maktab., Aqliy rivojlanish, kollej, jamiyat, shaxs, fikr, mehnat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024