Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OLMOSHLI BIRIKMALARNING ILMIY USLUBDA QO‘LLANILISHGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR
AYRIM MULOHAZALAR · Yusupova Orziboni Sunnatovna · Temirova Mohidil Komilovna · SCIENTIFIC STYLE
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article studies the use of pronominal combinations such as for this purpose, therefore, that's why, hence, as a result, in this way, thus, anyway, in this sense, at the same time, including, for this, in addition, as we know, in scientific texts. Several functions of these combinations, such as ensuring brevity and logical consistency, initiating or emphasizing a thought, connecting sentences, paragraphs and microtexts, are studied based on examples specific to scientific texts. Keywords: pronoun combinations, scientific style, generalizing fragment, isolated fragment, connecting means. НЕКОТОРЫЕ СООБРАЖЕНИЯ ПО НАУЧНОМУ ИСПОЛЬЗОВАНИЮ МЕСТОИМЕНИЙ Аннотация. В этой статье, с целью, следовательно, поэтому, следовательно, в результате, таким образом, таким образом, таким образом, в этом смысле, более того, в том числе, для того, более того, насколько нам известно изучено употребление местоименных сочетаний в научных текстах. Некоторые функции этих соединений, 3 84 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ такие как обеспечение краткости и логической последовательности, начало или подчеркивание идеи, соединение предложений, абзацев и микротекстов, были изучены на основе примеров, характерных для научных текстов. Ключевые слова: местоименные соединения, научный метод, обобщающее предложение, отдельное предложение, соединительный аппарат. Til birliklarining fan sohasida, ilmiy bayon jarayonida ishlatilishi ilmiy uslubning shakllanishiga asos bo‘lgan. Tabiat va jamiyatdagi faktlarni, narsa-hodisalarni bayon qilish, ularning voqe bo‘lish sabablari va o‘zaro munosabatlarini o‘rganish va izohlash bu uslubning mazmunini tashkil etadi. Monografiya, risola, darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma, dastur, maʼruza matnlari, ilmiy maqolalar, taqriz kabilar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy matnlar ko‘pgina adabiyotlarda ikkiga: ilmiy va ilmiy-ommabop matnlarga bo‘lib o‘rganiladi. Keng omma uchun mo‘ljallanganlik, tushunarli uslubda yozishga intilish ilmiy-ommabop matnlarni muayyan bir fan sohasi doirasida chegaralangan va faqat shu soha mutaxassislariga daxldor bo‘lgan ilmiy matnlardan farqlovchi belgilar bo‘lib hisoblanadi [Karimov, 2010: 31]. Azim Hojiyev esa bu uslub turlarini yanada aniqlashtirib quyidagi turlarga ajratadi: “Ilmiy uslub. Funksional uslubning bu turi terminologik va mavhum leksikaning, murakkab sintaktik tuzilmalarning qo‘llanishi, so‘zlarning asosan konkret, to‘g‘ri ma’noda qo‘llanishi, maxsus iboralarga egaligi va sh.k. bilan ajralib turadi. Ilmiy uslub o‘z ichida quyidagi mayda uslublarga bo‘linadi: ilmiy-texnik uslub, ilmiy-ish uslubi, ilmiy-ommabop uslub, ilmiy-publitsistik uslub” [Hojiyev, 2002: 54]. Ilmiy uslubda fikr ifodalash usuli boshqacha bo‘lib, voqelikni, narsa va hodisani mantiqiy fikrlash, mushohada yuritish, muhokama qilish va isbotlash orqali izchil bayon etiladi. Bu uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini monografik tarzda o‘rgangan olim M.Mukarramov aniqlik, obyektivlik, logik izchillik, neytrallik, qisqalik va to‘liqlik kabi omillar ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari ekanini taʼkidlaydi [Mukarramov, 1984: 17]. Ana shu xususiyatlardan ayrimlari, ya’ni qisqalik va mantiqiy izchillikni ta’minlash uchun olmosh so‘z turkumi, olmosh ishtirokida hosil qilingan birikmalar katta o‘rin tutadi. Quyidagi ilmiy-ommabop hisoblangan darsliklardan olingan misollarda olmoshli birikmalar bir gap o‘rnida kelib, qisqalikni ta’minlash vazifasini bajarmoqda: Mikroskopik texnikaning taraqqiy etishi 1950-yillarda mitoz va meyoz jarayonida xromosomalarning rolini o‘rganish imkoniyati yaratdi va shundan keyin molekulyar biologiya faniga asos solindi. (Maxmudova Z. “Hujayra biologiyasi”, 15); Ma‘lumki, qoraqat va zirklarda fellogen va undan hosil bo‘lgan periderma poya po‘stlog‘ining ancha ichkarisida hosil bo‘ladi. Bunday hollarda 3 85 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ yasmiqchalar to‘g‘ridan to‘g‘ri fellogen hujayralaridan ajralib chiqadi (Islomov B., Hasanov M. “Botanika”, 65). Quyida, yuqorida, bu o‘rinda, shu o‘rinda kabi so‘z va birikmalar ilmiy bayonda mantiqiy izchillikni ta’minlash uchun qo‘llaniladi: Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkinki, xromosoma ikki xil funksional holatda, ya’ni ishchi to‘liq dekondensatsiya holatida bo‘ladi (Maxmudova Z. “Hujayra biologiyasi”, 127). Olmoshli birikmalardan shu singari, shu kabi birikmalar uyushiq bo‘laklarni umumlashtiruvchi bo‘lak (so‘z) vazifasini bajaradi: Bu to‘qimalar organlarni shamol, qor va shu singari boshqa tashqi omil ta‘sirlaridan saqlaydi (Islomov B., Hasanov M. “Botanika”, 74). Ilmiy matnlarda shuning uchun, shu bois, shu sababli, shuning natijasida buning uchun, shu tarzda, shu tariqa birikmalari o‘zidan oldingi voqea, hodisa sababini yoritish, izohlash, umumlashtirish uchun qo‘llaniladi hamda gaplarni bir-biriga bog‘laydi: Ko‘pchilik hujayral
Доказательный фрагмент
«This article studies the use of pronominal combinations such as for this purpose, therefore, that's why, hence, as a result, in this way, thus, anyway, in this sense, at the same time, including, for this, in addition…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article studies the use of pronominal combinations such as for this purpose, therefore, that's why, hence, as a result, in this way, thus, anyway, in this sense, at the same time, including, for this, in addition… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pronoun combinations, scientific style, generalizing fragment, isolated fragment, ilmiy uslub, umumlashtiruvchi bo‘lak, olmoshli birikmalar, bog‘lovchi vosita., ajratilgan bo‘lak
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026