Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’SMIRLARDA HISSIY INTELLEKT VA UNING SHAKLLANISHI
Qahharova Sayyora Bahodirovna
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
The article analyzes the concept of emotional intelligence and its importance in personal and professional life. Emotional intelligence is defined as the ability of people to understand, manage their own emotions, and understand the emotions of others. It also shows the impact of emotional intelligence on leadership, personal relationships, stress management, and overall success. By being open to new approaches and changes, developing emotional intelligence, and applying it in everyday life, people can increase their own success and that of those around them. Key words: Leadership, emotional, empathy, motivation, social skills, personal life, professional, feeling, intelligence. Аннотация. В статье анализируется понятие эмоционального интеллекта и его значение в личной и профессиональной жизни. Эмоциональный интеллект определяется как способность людей понимать и управлять своими эмоциями, а также быть чувствительными к эмоциям других. В нем также показано влияние эмоционального интеллекта на лидерство, личные отношения, управление стрессом и общий успех. Будучи открытыми для новых подходов и изменений, развивая эмоциональный интеллект и применяя его в повседневной жизни, люди могут повысить свой собственный успех и успех окружающих. Ключевые слова: Лидерство, эмоциональность, эмпатия, мотивация, социальные навыки, личная жизнь, профессиональная деятельность, чувства, интеллект. 126 Fevral, 2025-Yil O'smirlik davri ijtimoiy aloqalar va ijtimoiylashuv jarayonidagi muhim o'zgarishlar bilan tavsiflanadi. O‘smir o‘zining juda ko‘p istaklari, «xohlayman»larini amalga oshirishga intiladi: katta yoshli odamlar egabo‘lgan ham¬ma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bo‘lishga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, ko‘rqmas va epchil bo‘lishga inti-ladi. Tarbiyachilar ham o‘z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday bo‘lishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat «kerakligi» uchun shunday bo‘lishini istaydilar. Ana shunday «xohlayman» va «kerak» o‘rtasidagi qaramaqarshiliklar ba’zan oilada, maktabda, keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga kel¬tiradi. Tarbiyalangan odamda «xohlayman» fakat «kerak»ni bajarish orqaligina amalga oshiriladi. Agar o‘smir bola tushunishga o‘rgatilmagan bo‘lsa va «kerak» bo‘lgan narsani bajarishga odatlanmagan bo‘lsa, u o‘zboshimchaligini namoyon qilish orqali tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi hamda o‘zining shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi. O‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. O‘smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa bo‘ladi va norozilik bildiradi. O‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bo‘lmagan inson, deb biladi. Bolalikdagi kattalar bilan bo‘lgan munosabat haqidagi fikrlari o‘zgaradi va uning o‘z kattaligi darajasi haqidagi tasavvurlari bilan mos kelmay qoladi. U kattalar huquqini cheklaydi, o‘zinikini esa kengaytiradi. Kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum teng huquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi. O‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya - qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar. O‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari ham mumkin. O‘smir katta odam, shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o‘zini noqulay his qiladi. Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin bo‘lgan o‘smirda juda ko‘p noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bo‘ladi va ular o‘smirda krizisni yuzaga keltirib chiqaradi. Endi o‘smirlar o‘yin hamda damga kamroq vaqtlarini ajratgan holda ko‘proq jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi. Maktab ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat jihatidan o‘zgarishda asosiy omil 127 Fevral, 2025-Yil bo‘lib xizmat qiladi. O‘qish o‘smirlar hayotida katta o‘rinni egallaydi. Ular uchun mashg‘ulotlarning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o‘smirlarning fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari, qiziqishlarining ortishi, o‘qituvchining o‘quv materialini tushuntira olish mahoratiga bog‘liq. O‘qish faoliyati asosida o‘smirning o‘z-o‘zini anglash darajasi kengayadi, boshqa odamlar, atrof olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. Bilim o‘rganish ehtiyojlari asosida asta-sek
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the concept of emotional intelligence and its importance in personal and professional life.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the concept of emotional intelligence and its importance in personal and professional life. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Leadership, emotional, empathy, motivation, social skills, personal life, Liderlik, empatiya, emotsional, shaxsiy hayot, profitsional, motivatsiya, aql-idrok., ijtimoiy ko’nikma, his-tuyg’u
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026