Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TEMURIYLAR DAVRIDA KUTUBXONACHILIK, HUJJATCHILIK VA ISH YURITISHNING O’ZIGA XOSLIGI
YURITISHNING O’ZIGA XOSLIGI · Muyiddinov Bekali · Toshpo‘latova Shaxnoza Shuhratovna · Gadayeva Mohigul Muxamedovna · THE TIMURID ERA (Kitob bezash san’ati, Hirot, Sharqshunoslik Instituti, I.Mo’minov, kutubxonachilik, ish yuritish.)
Современная наука и исследования · 1 · 2025
Аннотация
this article reflects on the sayings of the figures of Science in the organization of librarianship, documentation and proceedings, an integral part of the cultural spheres developed during the Timurid era. Key words: Amir Temur, Alisher Navoi, Kamoliddin Behzod, Sultanali Mashhadi, art of book decoration, Herat, Institute of Oriental Studies, I.Mo'mining, librarianship, proceedings. СВОЕОБРАЗИЕ БИБЛИОТЕЧНОГО ДЕЛА, ДОКУМЕНТОВЕДЕНИЯ И ДЕЛОПРОИЗВОДСТВА В ЭПОХУ ТИМУРИДОВ Аннотация. В этой статье рассматриваются действия научных деятелей в организации библиотечного, документального и канцелярского дела, которые были неотъемлемой частью культурных сфер, развитых во времена Тимуридов. Ключевые слова: Амир Темур, Алишер Навои, Камалиддин Бехзад, Султанали Машхади, искусство оформления книг, Герат, Институт востоковедения, I.Mo Минов, библиотечное дело, канцелярские товары. O’rta Osiyo Amir Temur davriga kelib iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy va madaniy tomondan rivojlana boshlaydi. Bu davrga kelib ko’plab kalligraflar, rassomlar, san’at ustalari, xattotlar etishib chiqdi, kitobchilik sohasida yangi burulish yuz berdi. Ayniqsa, bu rivojlanish Temurning farzandi Shohruh va uni o’g’li Ulug’bek davrida sezilarli tus oldi. Adabiyot maydoniga Atoyi, 97 Yanvar, 2025-Yil Sokkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek, Lutfiydan so’ng she’riyat mulkining sultoni va mutafakkir shoir Alisher Navoiy chiqdi. Alisher Navoiy kitobatchilik san’ati tarixida o’ziga xos yangi oqimni boshlab berdi. Uning bevosita ko’magi bilan Kamoliddin Behzod, Sultonali Mashhadiy kabi o’nlab kitobatchilik san’atida mohir xattot, lavvoh, musavvirlar har bir qo’lyozma asarlariga noziklik, nafislik bilan naqshu nigor chizganlar. Kitobatchilikka mehr qo’ygan ustalar o’z kasblarini yuqori san’at durdonasi sifatida qadrlanganlar. Kitobxona mutaxasislarining mehr-muxabbat bilan qilgan mehnatlari tufayli qo’lyozma san’atining uslub an’analari keyingi yillardagi kitobatchilik san’atiga asos soldi. Amir Temur va temuriylar davrida ham kutubxona-arxivlari mavjud bo’lgan. Ayniqsa Amir Temur harbiy yurishlari davrida ko’pgina nodir qo’lyozma asarlarini Movarounnahrga olib keldi. B. G’ofurov o’z asarida Amir Temurning o’g’li Shoxruh hukumronligi vaqtida Hirotda kutubxona tashkilib qilinib, unda qirqqa yaqin yetuk rassom, kalligraf va muqavasoz ustalar ishlagani, XV asrning ikkinchi yarmida Hirot yirik ilmiy va madaniy markaz bo’lganligini, ajoyib saroy kutubxonasi o’ziga xos ilmiy muassasaga aylanganligini, kitoblar kalligraflar yordamida ko’chirilganligi va bezaklar berilganligi haqida keltirib o’tadi. O’rta asrlarda mohir naqqosh va musavvirlar qo’li bilan ziynatlangan kitoblar juda qadrlangan. Kitob bezash san’atida naqqoshlikda turunj degan naqsh turi mavjud bo’lib, bu usulda kitoblarning muqovasi bilan ilk sahifasi bezatilgan. Kitob tuzish ishida varroq yoki sahhof (sahifalarni tayyorlovchi) jildsoz, xattot, lavvoh, musavvirlar aktiv ishtirok etganlar va ularni san’ati uzoq asrlardan beri yuksak qadrlanib kelmoqda. Sahhof sahifalarni tayyorlagandan so’ng, xattot unga asar matnini ko’chiradi, lavvoh esa muqova, musavvir qo’lida kitob yanada o’zgaradi, bezak, surat chizilishi shart bo’lgan joylarga musavvir o’z san’atini bitadi. Natijada tugal ish jarayonidan o’tgan yetuk asar yaratiladi. Kitobga jildsoz charm, kumush va zardan muqova ishlaydi. Dastlabki davrda yog’ochdan ham muqova yasaganlar. Lekin bu usul yaxshi natija bermaganligidan charmga o’tilgan. Charmdan ishlash usuli, umuman, kitobatchilik ishlari aslida temuriylar davridan boshlab keng rivojlana boradi. XV asrning 2-yarmida Hirotda kitobat san’ati yanada rivoj topadi. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasini nodir asarlar bilan boyitishga g’oyat g’amxo’rlik qiladilar. Navoiyning ukasi Darveshali devonxona kutubxonasining dorug’asi etib tayinlanadi. U kutubxonaga Hirotning ko’plab xushnavis kotib, xattotlar va mohir naqqosh-u, musavvirlarni to’playdi. Amir Temur va temuriylar davrida hujjatchilik va ish yuritish tizimiga oid ba’zi bir hujjatlar bizgacha yetib kelgan. O’zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi 98 Yanvar, 2025-Yil Sharqshunoslik Instituti (hozirgi Sharq qo’lyozmalari markazi) olimlari 1992-yilda Yaponiyaning Kioto Universitetining professori Toru Xorikava boshchiligidagi delegatsiyaning O’zbekistonga qilgan safarlarining birida xivalik Aliya Aliakbarovadan 1713 ta asl nusxa Xiva qozilik hujjatlarini sotib olishdi va institutga taqdim etildi. Bu hujjatlar ichida temuriylar davriga oid bo’lganlari ham tadqiqotchilar tomonidan aniqlandi. Jumladan, bizgacha yetib kelgan “Yorliqlar” ichida eng nodir hujjat 1378-yilda Amir Temur tomonidan Xorazmdagi Darxonota mavzesida istiqomat qiluvchi Abu Muslim avlodlariga berilgan imtiyozlar haqidagi “Inoyatnoma” yorlig’idir. Bu hujjatda o’sha avlodga berilgan imtiyozlar haqida farmon berilgan. Yorliqni ancha sinchiklab o’rgangan olimlar B.Mannonov va G.Ostonovalarning fikricha, yorliq N.P.Ostroumov qo’liga yetib kelguniga qadar o’ta muhim va muqq
Доказательный фрагмент
«this article reflects on the sayings of the figures of Science in the organization of librarianship, documentation and proceedings, an integral part of the cultural spheres developed during the Timurid era.»
Образец извлечения
Демо-превьюthis article reflects on the sayings of the figures of Science in the organization of librarianship, documentation and proceedings, an integral part of the cultural spheres developed during the Timurid era. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Amir Temur, Alisher Navoi, Kamoliddin Behzod, Sultanali Mashhadi, art of, kutubxonachilik, Alisher Navoiy, Sultonali Mashhadiy, ish yuritish., I.Mo’minov, Sharqshunoslik Instituti, Kitob bezash san’ati, Hirot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025