К содержанию
РецензированоRU2025

TARIX DARSLARINI O`QITISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI

Gadayeva Mohigul Muxamedovna · Toshpo`latova Shaxnoza Shuhratovna · Muyiddinov Bekali

Современная наука и исследования · 1 · 2025

Аннотация

В связи с проводимыми в нашей стране реформами возрастает необходимость эффективного преподавания уроков истории, а также всех отраслей науки. В статье рассматриваются вопросы использования и результаты применения современных интерактивных методов на уроках истории. Ключевые слова: интерактивный, метод, история, мозговой штурм, образовательные платформы, мультимедийные ресурсы, анимация, видеоурок. Tarix ta'limi talabalarga nafaqat o`tmishni o`rganish, balki jamiyat va insoniyat tarixidagi muhim voqealarni tahlil qilish, ularning ahamiyatini anglashni ham ta'minlaydi. Bugungi kunda ta'lim tizimi ozgarishlarga yuz tutayotgan bolib, ta'limda interfaol metodlarning qo`llanilishi zamonaviy pedagogika sohasida muhim o`rin egallamoqda. Tarix darslarini oqitishda interfaol metodlar talabalarning faolligini oshiradi, ularni tarixi voqealar bilan boglashga va o`z fikrlarini ifoda etishga undaydi. Zamonaviy ta’lim tizimining asosiy maqsadi, talabalarga nafaqat bilim berish, balki ularning yaratuvchilik va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Buning uchun dars jarayonida zamonaviy pedagogik metodlarni qo‘llash juda muhim ahamiyatga ega. Bu metodlar talabalarni faollashtirish, ularning o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Ushbu maqolada zamonaviy metodlarning darslarda qo‘llanilishi va ularning samaradorligi haqida so‘z yuritamiz. Interfaol metodlar – bu talabaning talaba bilan bevosita aloqada bolib, ularni o`qish jarayonida faol ishtirok etishga undovchi metodlardir. Bu metodlar talabalarga o`z bilimlarini mustahkamlash, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, jamoada ishlash va muloqot qilish konikmalarini 87 Yanvar, 2025-Yil oshirish imkoniyatini yaratadi. Interfaol metodlar oz ichiga turli usullarni oladi: muhokama qilish, guruhlarda ishlash, rolli o`yinlar, testlar, qisqacha chiqishlar va boshqa metodlardan iborat. Tarix darslarida interfaol metodlar o`qitish jarayonining samaradorligini oshiradi va talabalarga quyidagi afzalliklarni taqdim etadi: Avvalombor talabalarning faolligini oshiradi. Tarixni faqat bir tomonlama o`qitishdan ko`ra, interfaol metodlar o`quvchilarni o`z fikrlarini aytishga undaydi, savollar berishga imkon yaratadi va shaxsiy nuqtai nazarlarini rivojlantiradi. Bu, oz navbatida, darsga qiziqishni oshiradi.Tarixiy voqealarni chuqurroq tushunishga yordam beradi. Talabalarga interfaol metodlarni qo`llash orqali tarixiy voqealarni faqat faktlar darajasida emas, balki ularning sabab va oqibatlarini, shuningdek, turli shaxslarning nuqtai nazarlarini o`rganishga ham imkon yaratadi. Tarix darslarida interfaol metodlar yordamida talabalar tarixiy voqealarga o`z nuqtai nazaridan baho berishni o`rganadilar. Bu metodlar ular uchun tarixni yodlashdan ko`ra, tarixiy tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi.Shu bilan birgalikda Jamoada ishlashni o`rgatadi. Tarix darslarida guruhlarda ishlash, munozaralar o`tkazish orqali talabalar bir-biriga fikr bildirishni, o`zaro fikr almashishni va guruhning umumiy fikrini shakllantirishni o`rganadilar. Bu esa, kelajakda ularga jamiyatda muvaffaqiyatli ishlashda yordam beradi. Interfaol metodlarning qo`llanilish usullari. Interfaol metodlar – bu o‘quvchilarni dars jarayonida faol ishtirok etishga undaydigan usullardir. O‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin ifoda etishlari, guruhlarda ishlashlari, turli rollarni bajarishlari orqali o‘rganishadi. Misol uchun, brainstorming (miya hujumi), muloqotli darslar va guruhda ishlash metodlari bu turga kiradi. Brainstorming usuli o‘quvchilarga yangi fikrlar ishlab chiqishda yordam beradi. Ushbu metodni qo‘llash orqali darsda faqat o‘qituvchi emas, balki talabalar ham yangi bilimlarni yaratishga va ularga erkin fikr bildirishga imkon topadilar. Muloqotli darslar orqali talabalar o‘zaro muloqotda bo‘lishadi, bu esa nafaqat bilimlarni mustahkamlash, balki jamoaviy fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi. Guruhda ishlash metodida talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, muayyan masalalarni hal qilishadi. Bu usulda talabalarning bir-biriga yordam berish va muammolarni birgalikda hal qilish ko‘nikmalari rivojlanadi. Texnologiyalarni qo‘llash. Zamonaviy ta’limda texnologiyalardan foydalanish nafaqat o‘qituvchilarga, balki talabalarga ham ta’lim jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilish imkonini beradi. Interaktiv ta’lim platformalari, multimediya resurslari, onlayn testlar va ilovalar yordamida darslarni yanada jozibali va talabalarga mos qilish mumkin. 88 Yanvar, 2025-Yil Interaktiv ta’lim platformalari (masalan, Google Classroom, Moodle) talabalarga dars materiallarini o‘rganishda, topshiriqlarni bajarishda va o‘z bilimlarini mustahkamlashda yordam beradi. O‘qituvchilar ham bu platformalar orqali darslarni boshqarish, talabalarning yutuqlarini kuzatish va tahlil qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Multimediya resurslari (video, audio, animatsiyalar) darsni yanada qiziqarli qilish va talabaning tasavvurlarini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Masalan, tabiiy fanlar darslarida 3D a

Доказательный фрагмент

«В связи с проводимыми в нашей стране реформами возрастает необходимость эффективного преподавания уроков истории, а также всех отраслей науки.»

Образец извлечения

Демо-превью

В связи с проводимыми в нашей стране реформами возрастает необходимость эффективного преподавания уроков истории, а также всех отраслей науки. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
интерактивный, метод, история, мозговой штурм, ta’lim platformalar, multimediya resurslari, interaktiv, tarix, metod, video darslik., Brainstorming, annimatsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники