К содержанию
РецензированоUZ2025

RAQAMLI BANK TIZIMIDA BULUTLI TEXNOLOGIYALARNI SHAKLLANTIRISH TAMOYILLARI VA ULARNING XIZMATLARIDAN FOYDALANISH YOʻLLARI

Rasuleva Roziya Dilshod qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Bugungi kunda bank xizmatlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish jadal sur'atlarda rivojlanmoqda. Ayniqsa, bulutli texnologiyalarni qoʻllash orqali bank operasiyalarining samaradorligini oshirish, xavfsizlikni ta'minlash va xizmatlarni mijozlar uchun qulay shaklda taqdim etish imkoniyati sezilarli darajada oʻsdi. Ushbu maqolada raqamli bank tizimida bulutli texnologiyalarning joriy etish tamoyillari, ularning foydalanish yoʻllari va iqtisodiy samaradorlikka ta'siri tahlil qilinadi. Shuningdek, bulutli texnologiyalar orqali mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash hamda xavfsizlik choralarini kuchaytirish boʻyicha amaliy takliflar keltiriladi. Kalit soʻzlar: Bulutli texnologiyalar, raqamli bank, iqtisodiy samaradorlik, xavfsizlik, raqamli toʻlovlar, bank infratuzilmasi, personallashtirilgan xizmatlar. Kirish. Bank tizimida raqamli transformasiya jarayoni axborot texnologiyalarining tezkor rivojlanishi bilan uzviy bogʻliqdir. Raqamli bank xizmatlari nafaqat resurslarni tejash, balki mijozlarga xizmat koʻrsatishni individuallashtirish imkonini beradi. Bulutli texnologiyalar bu jarayonda muhim rol oʻynaydi. Ular orqali bank muassasalari ma'lumotlarni saqlash va ishlov berishni optimallashtirish, xavfsizlikni ta'minlash va tezkorlikni oshirish imkoniga ega boʻladi. Ayrim mamlakatlarda bank sektorlarida bulutli texnologiyalarni joriy etish hozirda strategik ustuvorlikka ega. Masalan, Evropa Ittifoqidagi yirik bank muassasalari ma'lumotlarni saqlash uchun xususiy bulut tizimlarini yaratishga alohida e'tibor qaratmoqda [2][5]. Ushbu texnologiyalar orqali mijozlarning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish va xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, Amerika Qoʻshma Shtatlarida bulutli texnologiyalardan foydalanish orqali raqamli toʻlov tizimlari tezkorligi va moslashuvchanligi ta'minlanmoqda. Metodologiya. Metodologik asos sifatida quyidagi qadamlar amalga oshirildi: 1. Iqtisodiy koʻrsatkichlarni tahlil qilish. Bulutli texnologiyalarni joriy etish orqali bank xizmatlarining iqtisodiy samaradorligi chuqur tahlil qilindi. Ushbu tahlil jarayonida ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash xarajatlarining pasayishi aniqlandi. Masalan, Evropa banklari umumiy infratuzilmadan foydalanish natijasida sarf-xarajatlarni 30% ga qisqartirishga muvaffaq boʻldi [1]. Bulutli xizmatlar joriy etilishi faoliyat samaradorligini oshirish va xizmat sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Shunga qoʻshimcha, yangi raqamli xizmatlarni yaratish jarayonidagi xarajatlar ham sezilarli darajada kamayishi mumkin. Tahlil natijalari mijozlar tomonidan xizmatlarni tezkor qabul qilish imkoniyatlarini ham oshirganini koʻrsatdi. Bu esa bankning mijozlar bazasini kengaytirishga yordam beradi. Bank tizimida bulutli texnologiyalarni joriy etish orqali samaradorlikni oshirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Jumladan, ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash xarajatlarining kamayishi, yangi xizmatlarni yaratish xarajatlari va 416 RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK 2025 -Yil YONDASHUVLAR 13-Fevral Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi ularning mijozlarga ta'siri oʻrganildi. Evropadagi banklar misolida umumiy infratuzilma qoʻllanilishi natijasida sarf-xarajatlar 30% ga qisqargani kuzatildi [1]. 2. Keys-tahlil. Evropaning yirik banklari va AQShdagi "Chase" bankining bulutli texnologiyalardan foydalanish tajribasi misol sifatida oʻrganildi. "Chase" banki virtual yordamchi yaratib, mijozlarga 24/7 xizmat koʻrsatishni ta'minladi [4]. Bu tajriba koʻrsatdiki, bulutli texnologiyalar xizmat koʻrsatishni individuallashtirish va avtomatlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, Evropa banklari ma'lumotlarni saqlashda GDPR talablariga mos keluvchi xavfsizlik choralarini qoʻllash orqali mijoz ma'lumotlarini himoyalashga muvaffaq boʻldi [5]. AQSh banklari esa bulutli hisoblash orqali tezkor va moslashuvchan toʻlov tizimlarini yoʻlga qoʻygan. Buning natijasida mijozlar soni va ularning qoniqish darajasi ortgan. Evropaning yirik banklari va AQShdagi "Chase" bankining bulutli texnologiyalardan foydalanish amaliyoti tahlil qilindi. Misol tariqasida, "Chase" banki mijozlarga xizmat koʻrsatishni avtomatlashtirish uchun virtual yordamchi yaratib, bulutli texnologiyalardan samarali foydalangan [4]. Shuningdek, GDPR talablariga muvofiq ma'lumotlarni himoya qilish usullari oʻrganildi [5]. 3. Ilmiy manbalar tahlili. Scopus, Web of Science va Google Scholar kabi ma'lumot bazalaridan olingan maqolalar asosida tahlil oʻtkazildi. Bank sohasida raqamli texnologiyalar va bulutli hisoblashning iqtisodiy samaradorlikka ta'siri chuqur oʻrganildi. Masalan, tadqiqotlardan ma'lum boʻldiki, bulutli texnologiyalar nafaqat xarajatlarni kamaytiradi, balki yangi xizmatlarni tezkor yaratish va ularni mijozlarga etkazishda katta samaradorlik beradi. Ilmiy ishlarning natijalarida raqamli transformasiya jarayonining bank sektoridagi raqobatbardoshlikni oshirishdagi ahamiyati ham tasdiqlandi. Bundan tashqari, texnologiyalarning ekologik jihatlari va energiya te

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda bank xizmatlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish jadal sur'atlarda rivojlanmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda bank xizmatlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish jadal sur'atlarda rivojlanmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bulutli hisoblash, Boshqaruv nazorati, bulutli hisob-kitoblarga asoslangan bank, raqamlashtirish.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники